DEFLYU SILVER BURUN sprey 15ml

DEFLYU SILVER BURUN sprey 15ml haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
Asl oʻramida 5°C dan 25°C gacha haroratda, quruq, quyoshning toʻgʻridan-toʻgʻri nurlaridan himoyalangan va bolalar qoʻli yetmaydigan joyda saqlang.
Sovutkichda saqlamang.
Tibbiy buyumni ochgach, undan 3 oy davomida foydalanish mumkin.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: 44-55 mg/l kumushning kolloid eritmasi.
yordamchi moddalar: D-pantenol, glitserin, natriy gialuronat, kaliy sorbat.
Oʻrami:
10 ml jigarrang shisha flakonda, polietilen qalpoqchali tomizgich va birinchi ochilishni nazorat qilish uchun himoya tasmasi bilan jihozlangan.
Bitta flakon o’zbek va rus tillaridagi qoʻllanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Qo'llanilishi
Tibbiy buyum. U adenit, rinit, rinosinusit bilan birga kechadigan tumovda yordamchi vosita sifatida qoʻllaniladi. Burun shilliq qavatiga farmakologik, immunologik va metabolik vositalar yordamisiz, lekin ularning faolligini ragʻbatlantirish imkoniyati bilan asosiy prognoz qilinadigan taʼsiri hisobiga tumovning kechishini davolash va yengillashtirishga yordam beradi.
1 yoshdan oshgan bolalar va kattalarda qoʻllaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- 1 yoshgacha boʻlgan bolalar;
- komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ta'rifi
Shaffof rangsiz suyuqlik, sargʻish tusda boʻlishi mumkin.
Dozirovkasi
Faqat mahalliy (burun) foydalanish uchun.
Qoʻllash oldidan flakonni yaxshilab silkiting.
Dastlabki 2 kun ichida kuniga 5-6-marta 1-2 tomchidan foydalaning. Uchinchi kundan boshlab kuniga 3-4-marta 1-2 tomchidan foydalaning.
Umumiy foydalanish kursi 5-10 kunni tashkil etadi.
Ehtiyot choralari
- flakon shikastlanganda yoki yaroqlilik muddati oʻtgandan keyin DEFLYU SILVER BURUN TOMCHILARIdan foydalanmang;
- Tibbiy buyumning komponentlariga yuqori sezuvchanligi boʻlgan bemorlarda allergik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin;
- koʻzga tasodifan tushganda, koʻp miqdordagi toza suv bilan yuvib tashlang.
Xususiyatlari
Kolloid kumush antibakterial, viruslar va zamburugʻlarga qarshi keng spektrli taʼsirga ega, shuning uchun burun shilliq qavatidagi koʻplab patogenlarni bartaraf etishga yordam beradi. Staphylococcus aureus da in vitro bakteritsid faolligi 45-50 mg / l kolloid kumush nanozarrachalari konsentratsiyasida kuzatiladi.
Mahalliy (burunga) foydalanishda kumushning kolloid eritmasi burun shilliq qavatidagi viruslar, bakteriyalar, zamburugʻlarga qarshi vaqtinchalik prognozli taʼsir koʻrsatadi, ammo organizm organlari va tizimlarining funksiyalariga taʼsir qilmaydi.
Kolloid kumush gripp virusi va boshqa viruslarga qarshi virulitsid samara namoyon etishi mumkin, shuningdek, biriktiruvchi taʼsirga ega.
Hajm/og'irlik
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
DEFLYU SILVER BURUN sprey 15ml o'xshash dorilari




