DIBAZOL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10

Antigipertenziv vosita.
DIBAZOL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 o'xshash dorilari




DIBAZOL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 qo'llanmasi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
faol modda: bendazol gidroxlorid - 10,0 g; yordamchi moddalar: 96% li etil spirti, xlorid kislotasi, glitserin, in’eksiya uchun suv 1000 ml gacha.
yordamchi moddalar: 96% li etil spirti, xlorid kislotasi, glitserin, in’eksiya uchun suv
1000 ml gacha.
Chiqarilish shakliIn’eksiya uchun 1 % li eritma.
1 ml, 2 ml yoki 5 ml rangsiz shisha yoki polipropilenli ampulalarda.
10 ampulalar ko‘llanilishiga doir yo‘riknomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
5 yoki 10 ampulalar kontur uyali o‘ramga joylanadi.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Spazmolitik, qon tomir kengaytiruvchi, gipotenziv vosita. Bevosita qon tomirlar va ichki a’zolarning silliq mushaklariga bo‘shashgtiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan miotrop spazmolitik hisoblanadi. Periferik qon tomirlarni kengaytirishi hisobiga gipotenziv ta’sirga ega. Preparatning gipotenziv ta’siri o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘lib (2-3 soat), mushak ichiga yuborilgandan keyin 30-60 minutdan keyin va vena ichiga yuborilgandan keyin 15-20 minutdan keyin rivojlanadi. Orqa miyada sinaptik uzatilishni yengillashtiradi, periferik nervlar funksiyalarini tiklanishiga yordam beradi. O‘rtacha immunitentni rag‘batlantiruvchi faollikni namoyon kilib, u immun hujayralarda sGMF darajasi oshishi bilan o‘zaro bog‘lik, bu yetilgan T- va V-limfotsitlar proliferatsiyasini, ular tomonidan boshqarish omillari sekretsiyasini, kooperativ reaksiyani va hujayralarning effektor funksiyalari faollashishini kuchaytiradi.
Preparat mushak ichiga yuborilgandan keyin tizimli qon oqimiga tez o‘tadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Ikkita kon’yugat: 1-metil-2-benzilbenzimidazol va 1- karboetoksi-2-benzilbenzimidazol hosil kilib bendazolning imidazol halqasi aminoguruhlarini metil guruxi va karboksietil guruhi ko‘shilish orqali biotransformatsiya bo‘ladi. Metabolizm maxsulotlari ko‘proq siydik bilan chikariladi.
Antigipertenziv vosita.
In’eksiya uchun 1 % li eritma.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, yurak sohasidagi og‘rik, uzoq vaqt qo‘llanganda yurakdan otilib chiqayotgan xajmini pasayishi tufayli EKG ko‘rsatkichlari yomonlashishi; arterial bosim pasayishi. Nafas tizimi tomonidan: quruq yo‘tal, tumov, nafas qiyinlashishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, tomoqda achitish. Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, qichishish, giperemiya, toshma, eshakemi. Umumiy reaksiyalar: issiqlik hissi, ko‘p terlash, yuz qizarishi. Yuborilgan joyidagi reaksiyalar: mahalliy og‘riq.
Qon tomirlar spazmalari (gipertonik krizlar, arterial gipertenziya rivojlanishi) va ichki a’zolar silliq mushaklari spazmalari (me’da privratnik, ichaklar spazmalari); nerv tizimi kasalliklari (polimiyelitning koldiq holatlari, yuz nervi periferik falajligi, polinevrit)da qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llaniladi.
Preparatiing komponentlarga yuqori sezuvchanlik. Mushak tonusi pasayishi, tirishish sindromi bilan birga kechadigan kasalliklar. Og‘ir yurak yetishmovchiligi. Arterial gipotenziya. Shishi va azot ajratuvchi buyraklar funksiyasi buzilishi bilan surunkali nefrit. Qon ketish bilan birga kechadigan me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi. Qandli diabetda qo‘llash mumkin emas.
Papaverin bilan bir vaqtda qo‘llanganda dori vositalarining o‘zaro spazmolitik ta’siri kuchayishi kuzatiladi. Fentolamin, klonidin, rezerpin va diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda ularning gipotenziv ta’siri kuchayishi kuzatiladi. p-adrenoblokatorlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qon tomirlarning periferik qarshiligi oshishi oldini oladi.
Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Gipertonik krizda vena ichiga va mushak ichiga 30-50 mg (3-5 ml 1% li eritma) yuboriladi. Arterial gipertenziya rivojlanishida preparat mushak ichiga 20-30 mg (2-3 ml 1% li eritma) dozada yuboriladi. Davolash kursi 8-14 kun. Silliq mushaklar spazmalarida preparat mushak ichiga 10-20 mg (1-2 ml 1%- eritma) dozada yuboriladi. Nerv tizimi kasalliklarini davolashda sutkada bir marta yoki kunora 5-10 kun davomida mushak ichiga 5 mg dan qo‘llanadi. Davolash kursi 3-4 haftadan keyin takrorlanadi. Kelgusi kurslar har 1-2 oyda o‘tkaziladi. Bolalar 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak Keksa yosh (yurakdan otilib chiqayotgan xajmini pasayishi).
Simptomlari: gipotenziya, ko‘p terlash. issiqlik hissi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, yengil bosh og‘rig‘i. Davolash: preparatni bekor qilish kerak. Ifodalangan gipotenziyada bemor oyoqlari ko‘tarilib “yotgan” holatda arterial bosimi nazorat qilingai holda transfuzion davolash, qon tomirni toraytiruvchi vositalari buyuriladi, simptomatik davolash o‘tkaziladi.
18 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida dibazolning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktatsiya Homiladorlik va laktatsiya davrida dibazol ko‘llanishini samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Pediatriyada qo‘llanishi 18 yoshgacha bolalarda samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Gerontologiyada kullanshii 70 yoshdan katta shaxslarii davolashda, ularda yurakdan otilib chikayotgan qon xajmini pasayishi va EKG ko‘rsatkichlari yomonlashishi ehtimoli tufayli ehtiyotkorlikka rioya kilish va Dibazolning qisqa kurslaridan foydalanish kerak. Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Davolash vaqtida transport vositalarni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, bosh aylanish holatlarda diqqatni yuqori jamlash va psiximotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat potensial xavfli turlaridan saqlanish kerak. Arterial gipertenziyani davolashda boshqa gipotenziv preparatlari bilan birga ko‘llash tavsiya qilinadi. Arterial gipertenziyani ayniqsa keksa yoshli patsiyentlarda uzoq muddat davolash uchun qo‘lpash tavsiya qilinmaydi.
DIBAZOL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 boshqa chiqarish shakllari

DIBAZOL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 analoglari












