Dibazol
Dibazol chiqarilish shakllari





Dibazol haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Arterial gipertenziya, gipertonik kriz. Ichki a'zolar silliq mushaklari spazmlari (sh.j. oshqozon, ichak). Poliomielit qoldiq ko'rinishlari, yuz nervi periferik falaji.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Bendazolga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
- 1 ml eritma saqlaydi: faol modda - bendazol gidroxloridi - 10 mg; yordamchi moddalar: glitserol, etanol 96%. xlorid kislotasi 0,1 M eritma ko‘rinishida, in'ektsiya uchun suv. 1 tab. bendazol 20 mg 1 tab. faol modda: bendazol 20 mg
Farmakodinamikasi
Спазмолитик, қон томир кенгайтирувчи, гипотензив восита. Бевосита қон томирлар ва ички аъзоларнинг силлиқ мушакларига бўшашгтирувчи таъсир кўрсатадиган миотроп спазмолитик ҳисобланади. Периферик қон томирларни кенгайтириши ҳисобига гипотензив таъсирга эга. Препаратнинг гипотензив таъсири ўртача ва қисқа муддатли бўлиб (2-3 соат), мушак ичига юборилгандан кейин 30-60 минутдан кейин ва вена ичига юборилгандан кейин 15-20 минутдан кейин ривожланади. Орқа мияда синаптик узатилишни енгиллаштиради, периферик нервлар функцияларини тикланишига ёрдам беради.
Ўртача иммунитентни рағбатлантирувчи фаолликни намоён килиб, у иммун ҳужайраларда цГМФ даражаси ошиши билан ўзаро боғлик, бу етилган Т- ва В-лимфоцитлар пролиферациясини, улар томонидан бошқариш омиллари секрециясини, кооператив реакцияни ва ҳужайраларнинг эффектор функциялари фаоллашишини кучайтиради.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganda preparat tezda tizimli qon oqimiga kiradi. Qondagi maksimal kontsentratsiya kiritilgan paytdan boshlab 15-30 daqiqadan so'ng kuzatiladi. Ta'sir davomiyligi – 2-3 soat. Jigarda metabollanadi.
Dibazolning biotransformatsiya mahsulotlari dibazol imidazol halqasining iminoguruhini metillash va karboetoksillash natijasida hosil bo'lgan ikkita kon'yugatdir: 1-metil-2-benzilbenzimidazol va 1-karboetoksi-2-benzilbenzimidazol.
Metabolizm mahsulotlari asosan siydik bilan ekskretsiya qilinadi.
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar. Uzoq muddat qo'llanilganda: yurakdan otilib chiqish hajmining kamayishi munosabati bilan EKG ko'rsatkichlarining yomonlashishi. Yuqori dozalarda qo'llanilganda: issiqlik hissi, ko'p terlash, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i.
Bolalar uchun qo'llanilishi
18 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida dibazolning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Dozirovkasi
- 0,02 g 1% 10 mg/ml
Dozani oshirib yuborilishi
Симптомлари: гипотензия, кўп терлаш. иссиқлик ҳисси, бош айланиши, кўнгил айниши, енгил бош оғриғи.
Даволаш: препаратни бекор қилиш керак. Ифодаланган гипотензияда бемор оёқлари кўтарилиб “ётган” ҳолатда артериал босими назорат қилингаи ҳолда трансфузион даволаш, қон томирни торайтирувчи воситалари буюрилади, симптоматик даволаш ўтказилади.
Dori shaklining ta'rifi
- o'ziga xos hidli tiniq rangsiz suyuqlik Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma Tabletkalar oq rangli tabletkalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Keksa yoshdagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Arterial gipertenziyani uzoq muddatli davolash uchun, ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Muayyan preparatni qo'llash usuli va dozalash rejimi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash rejimini shifokor belgilaydi. Qo'llanilayotgan preparatning dori shakli foydalanish ko'rsatmalariga va dozalash rejimiga qat'iy mos kelishiga rioya qilish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)















