Apteka.uz
SavatKirish

DIMEKSID JFF eritma 50ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Ukraina
Faol modda:Dimetilsulfoksid
Ishlab chiqaruvchi:DKP-JFF OOO
ATX kodi:M02AX03
Barcha Dimeksid dorilari
114 ta dorixonada bor
Narxi 14 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 114 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DIMEKSID JFF eritma 50ml qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Dimeksid eritmasi (90 %) teriga applikatsiya qilinganda u 5 daqiqadan so'ng qonda paydo bo'ladi, 4-6 soatdan keyin maksimal konsentratsiyaga erishadi va deyarli o'zgarmagan darajada 1,5-3 sutka davomida saqlanib turadi. Dimetilsulfoksid siydik va axlat bilan ham o'zgarmagan holda, ham dimetilsulfon ko'rinishida ajralib chiqadi.

Farmakologik ta'siri

Dimetilsulfoksid biologik membranalar, shu jumladan teri to'siqlari orqali o'tish xususiyatiga ega bo'lib, shu tariqa o'ziga xos ta'sirlarini, jumladan yallig'lanishga qarshi, antipiretik, analgetik, antiseptik, o'rtacha fibrinolitik samaralarni amalga oshiradi. Preparat dori vositalarining shikastlanmagan teri va shilliq qavatlar orqali o'tishini kuchaytiradi (tashish qobiliyati).

Nojo'ya samaralari

Dimetilsulfoksid odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin ba'zi bemorlarda quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan dermatitlar, teri toshmasi, angionevrotik shish, qichishish, achishish, teri giperemiyasi, eritema, terining quruqligi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, adinamiya.
Nafas olish a'zolari tomonidan: bronxospazm.

Maxsus saqlash sharoitlari

Shikastlangan teriga va allergiya ko'rinishlari bo'lgan teriga surtilmasin. Yuz terisiga surtilmasin.
Dimeksidni qo'llashdan oldin sezgirlikka sinama o'tkazish zarur. Buning uchun Dimeksid®
Dimeksid bilan namlangan paxta tamponi yordamida teriga surtiladi.
Dimeksid surtilgandan so'ng terining o'tkir qizarishi va qichishishi preparatga individual yuqori sezuvchanlikdan dalolat beradi.
Keksa yoshdagi bemorlar preparatni shifokor bilan oldindan maslahatlashgandan so'ng qo'llashlari kerak.
Preparatni shilliq qavatlarga va ko'zga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Preparat ko'zga tasodifan tushganda ularni darhol oqar suv bilan yuvish kerak.
18 °C va undan past haroratda dimetilsulfoksidning kristallanishi mumkin, bu preparat sifatiga ta'sir qilmaydi. Kristallarni eritish uchun preparatli flakonni suv hammomida (suv harorati taxminan 60 °C) ehtiyotkorlik bilan isitish kerak.
Dori vositasini qo'llash qoidalarini buzmaslik kerak, bu sog'liqqa zarar yetkazishi mumkin.
Markaziy asab tizimiga ta'sirini, xususan bosh aylanishi yuzaga kelishi ehtimolini hisobga olib ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi, yaqqol ateroskleroz, stenokardiya, buyrak yoki jigar funksiyasining buzilishi, insult, miokard infarkti, komatoz holatlar, glaukoma, katarakta.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Dimetilsulfoksid etanol (alkogol preparatning chiqarilishini sekinlashtiradi) va insulin, atsetilsalitsil kislotasi, butadion; digitalis preparatlari, xinidin, nitroglitserin, antibiotiklar (streptomitsin, monomitsin), xloramfenikol, rifampitsin, grizeofulvin ta'sirini kuchaytiradi, organizmni narkoz uchun vositalarga sezgirligini oshiradi. Preparat dori vositalarining ham o'ziga xos faolligini, ham toksikligini kuchaytirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Deformatsiyalovchi osteoartroz va revmatoid artritning majmuaviy terapiyasida nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar bilan birga; mahalliy ta'sirga ega mikroblarga qarshi vositalar (sintomitsin linimenti) bilan birgalikda – streptodermiyani davolash uchun qo'llash mumkin.

Dozirovkasi

Kompresslar, tamponlar uchun suvli eritmalar (30-50% konsentratsiya) ko'rinishida qo'llash kerak.

Dimeksid eritmasi bilan namlangan doka salfetkalar zararlangan joylarga, yondosh sog'lom teri sohalarini qamrab olgan holda, kuniga 1 marta 20-30 daqiqa davomida qo'yiladi. Salfetka ustidan polietilen plyonka va paxta yoki zig'ir mato qo'yiladi.

Diffuz streptodermiyalarda Dimeksid® preparatining 40-90 % li eritmasi bilan kompresslar tavsiya etiladi.

Terining yiringli kasalliklarida 40 % li eritma qo'llaniladi.

Teri-plastik jarrohlikda ko'chirib o'tkazilgan teri auto- va gomotransplantatlariga bevosita operatsiyadan keyin va operatsiyadan keyingi davrning keyingi kunlarida transplantat barqaror bitib ketguncha preparatning 10-20 % li eritmasi bilan bog'lamlar ishlatiladi.

Teri gomotransplantatlarini saqlash uchun konservant vosita sifatida Ringer eritmasidagi 5 % li dimeksid eritmasi qo'llaniladi.

Ko'rsatilgan konsentratsiyalardagi preparatning suvli eritmalarini tayyorlash bo'yicha tavsiyalar:








































Eritma konsentratsiyasi, %

Preparat miqdori, hajmiy qismlarda

Suv miqdori, hajmiy qismlarda

10

1

9

20

1

4

30

3

7

40

2

3

50

1

1

90

9

1


Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. DIMEKSID JFF eritma 50ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

DIMEKSID JFF eritma 50ml o'xshash dorilari

VOLTAREN EMUL gel 20g 1%
VOLTAREN EMUL gel 20g 1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•93 ta dorixonada bor
Narxi
32 000 so'm dan
KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•111 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «VTF», 601125, Rossiya
Narxi
205 900 so'm dan
TERAFLEKS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
408 000 so'm dan
Analoglar DIMEKSID JFF eritma 50ml
Analoglari yo'q

DIMEKSID JFF eritma 50ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Target Farm №1
Mirzo Ulug'bek tumani, Yuzrabot ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
21 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
21 000 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
21 100 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
21 100 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
22 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
23 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
23 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №5
Mirobod tumani, Oltinko'l ko'ch., 10 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
25 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
25 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
25 000 so'm
Bron qilish

DIMEKSID JFF eritma 50ml haqida savollar

DIMEKSID JFF eritma 50ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil