Dimeksid
Dimeksid chiqarilish shakllari
Narxi
19 107 so'm dan
- Dimeksid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dimeksidning tarkibi
- Dimeksid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dimeksid narxi Toshkent dorixonalarida
Dimeksid haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Og'riq va yallig'lanish bilan kechuvchi tayanch-harakat apparati kasalliklari (revmatoid artrit, Bexterev kasalligi, deformatsiyalovchi osteoartroz, radikulit, artropatiyalar, lat yeyishlar, bog'lamlar cho'zilishi, travmatik infiltratlar va b.); terining yallig'lanish kasalliklari (tugunli eritema, tizimli sklerodermiya, furunkulez, saramas yallig'lanishi, akne va b.); yiringli yaralar (oddiy usullar bilan yomon yoki tozalanmaydigan), kuyishlar, trofik yaralar, turli joylashuvli flegmonalar, tromboflebitlar; teri-plastik jarrohligida — teri gomotransplantatlarini konservatsiyalash; stomatologiyada — jag'-yuz sohasi, so'lak bezlari yallig'lanish kasalliklari, parodontit, pulpit, periodontit, chakka-pastki jag' bo'g'imi artriti va artrozi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Dimeksidga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, jigar va buyraklarning og‘ir shikastlanishlari, stenokardiya, miokard infarkti, yaqqol ateroskleroz, insultning turli turlari, glaukoma, katarakta, koma, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Tarkibi
- 100 ml dimetilsulfoksid 99 g Ta'sir etuvchi modda: Dimeksid (dimetilsulfoksid) 50 ml Dimeksid (dimetilsulfoksid) 25,0 g Yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (nipagin) 0,050 g, propilparagidroksibenzoat (nipazol) 0,013 g, karmelloza natriy (natriy karboksimetiltsellyuloza) 2,0 g, tozalangan suv 100,0 g gacha. Dimetilsulfoksid /dimeksid/ 990MG/ML
Farmakokinetikasi
Preparat applikatsiya qilinganda dimetilsulfoksid qon zardobida 8-15 daqiqadan so‘ng aniqlanadi, bunda maksimal miqdor 2-8 soatdan keyin qayd etiladi. Odatda, 30-36 soatdan keyin dimetilsulfoksid qon zardobida aniqlanmaydi. Dimetilsulfoksid kumulyatsiya qilmaydi. Mahalliy qo‘llanilganda preparat bo‘g‘im bo‘shlig‘iga kiradi, qon va to‘qimalarda oqsillar bilan bog‘lanadi. Dimetilsulfoksid organizmdan buyraklar orqali o‘zgarmagan holda va oksidlanish mahsulotlari – dimetilsulfon va dimetilsulfat ko‘rinishida chiqariladi; shuningdek qaytarilgan mahsulot (dimetilsulfid) ko‘rinishida nafas bilan chiqariladigan havo orqali ajralib chiqadi.
Farmakologik ta'siri
Yallig'lanishga qarshi vosita, mahalliy og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. O'rtacha antiseptik va fibrinolitik samaraga ega. Dimetilsulfoksid to'qimalarning yallig'lanish infiltratsiyasini bostiradi. Bundan tashqari, dimetilsulfoksid fibrin hosil bo'lish jarayonlarini normallashtirishga yordam beradi. Dimetilsulfoksid eritrotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qilib, to'qimalarda mikrosirkulyatsiyani oshiradi, fagotsitlar faolligini oshiradi, neytrofillar xemotaksisini bostiradi va aylanib yuruvchi immun komplekslar miqdorini kamaytiradi. Teri, shilliq qavatlar, bakteriyalar hujayra devori (ularning antibiotiklarga sezgirligini oshiradi) va boshqa biologik membranalar orqali o'tadi, ularning dori vositalari uchun o'tkazuvchanligini oshiradi. Preparat kam zaharli.
Nojo'ya ta'sirlar
- Preparatni qo'llash jarayonida kontakt dermatit, nafasdan sarimsoq hidi kelishi, teri pigmentatsiyasining kuchayishi, allergik reaktsiyalar, eritematoz toshmalar, terining qurishi, yengil achishish kuzatilishi mumkin. Ba'zi bemorlar preparat hidini yomon qabul qiladilar (ko'ngil aynishi, qusishga qistov), yakka hollarda bronxospazm bo'lishi mumkin. Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Dozirovkasi
- - 99 %
Dori shaklining ta'rifi
- Rangsiz tiniq suyuqlik yoki rangsiz hidsiz yoki kuchsiz o'ziga xos hidli kristallar. Gigroskopik. sirtga qo'llash uchun gel Sirtga qo'llash uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat 99% Sirtga qo'llash uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat 99% 16 °C dan past haroratda kristallanadigan, kuchsiz o'ziga xos hidli rangsiz tiniq suyuqlik. Gigroskopik. Suvda va spirtda eriydi. Sirtga qo'llash uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat hidsiz yoki kuchsiz o'ziga xos hidli rangsiz tiniq gigroskopik suyuqlik yoki rangsiz kristallar ko'rinishida. Hidsiz yoki kuchsiz o'ziga xos hidli rangsiz tiniq suyuqlik yoki rangsiz kristallarni o'zida namoyon qiladi. Gigroskopik.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni individual ko'tara olmaslik ehtimolini hisobga olib, uni ko'tara olishga dori sinamasini o'tkazish tavsiya etiladi. Buning uchun gel yupqa qatlamda tirsak bukilmasi terisiga surtiladi. O'tkir qizarish va qichishishning paydo bo'lishi Dimeksidga yuqori sezuvchanlikdan dalolat beradi.
Preparat bilan davolash jarayonida allergik reaksiyalar yuzaga kelganda preparatni qo'llash to'xtatiladi, H1-gistamin reseptorlari blokatorlari tayinlanadi
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dimetilsulfoksidni geparin, antibiotiklar va NYQV bilan sirtga qo‘llash uchun dori shakllarida birga qo‘llash mumkin. Etanol, insulinning so‘rilishini oshiradi va ta’sirini kuchaytiradi. Mikroorganizmlarning aminoglikozid va beta-laktam antibiotiklarga, xloramfenikolga, rifampitsinga, grizeofulvinga sezgirligini oshiradi. Organizmni umumiy anesteziya vositalariga sensibilizatsiya qiladi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
DozalashSirtqi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga preparat zararlangan sohaga yupqa qatlam qilib kuniga 1-2 marta surtiladi. Davolash davomiyligi 10-14 kun. Takroriy kurslar kamida 10 kundan keyin o'tkazilishi mumkin.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Dimeksid preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
Dimeksid narxlari
Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Dorixona: CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
21 000 so'm
Bron qilishDorixona: Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
21 000 so'm
Bron qilishDorixona: D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
21 100 so'm
Bron qilishDorixona: D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
21 100 so'm
Bron qilishDimeksid haqida savollar
Dimeksid haqida fikr-mulohazalar
Reyting 5.0, 7 ta sharh asosida














