DR. FLU tabletkalari 600mg N20

DR. FLU tabletkalari 600mg N20 haqida qo'llanma
Maqlash sharoitlari
quruq hona haroratida, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Chiqarilish shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Faol moddalari
Xitoy prutnyagi (Vitexnegundo) - 600 mg
Yordamchi moddalar:
Laktoza, kollidon K-30, jelatin, magniy stearati, makkajo‘xori kraxmali
Farmakologik ta'siri
Xitoy prutnyagi oziq-ovqatga qo‘shimcha va kastitsin, D-fruktoza, S vitamini, efir moylari (palmitin kislotasi), flavonoidlar, glikozidlar, yog‘da eruvchan flavonlar va o‘rnini bosa olmaydigan yog‘ kislotalari manbai hisoblanadi.
Ular yallig‘lanish protsesslarini boshlaydigan omillar - prostaglandinlarni biosintezini ingibitsiya qilishga, bronxial bezlarni sekretsiyasini yaxshilashga, ayollar jinsiy gormonlarini normal darajasini saqlashga qodir, me’da-ichak trakti funksiyasiga, diurezga ta’sir ko‘rsatadi.
Dori shakli
20 tabletka blisterda qutida davlat va rus tilida qo‘llanishi bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan.
Maxsus ko‘rsatmalari
BFQ dori vositasi emas.
Bioqo‘shimcha sog‘lom tarzda xayot kechirish doirasida qo‘llanishi va turli xil va balanslangan ovqatlanishni o‘rnini bosmasligi kerak.
Tavsiya etilgan sutkalik normani oshirib yubormang. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Qo'llanilishi
Dr.Flu ning faol komponentlari o‘zining foydali hususiyatlari va samaralari bilan birgalikda avvalambor nafas a’zolarini fiziologik funksiyalarini normal ta’minlanishiga tavsiya qilinishi mumkin: bronxlar, tomoq va burunhiqildoqni shilliq massalardan, ajralmalardan tozalanishini yengillashtirishi, nafas sistemasini gigiyenik holatini saqlashi, shilliq qavatlarda patogen mikroorganizmlarni rivojlanishini bostirilishi va nafasni yengillashtirishi.
Shuningdek, yurak va tomirlar tonusini faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va to‘qimalarni ozuqa moddalari va kislorod bilan to‘yintirishi va normal qon aylanishi uchun tavsiya qilinadi.
Dr.Flu faol komponentlari kompleksi mustahkam immunitetni va organizmni salbiy omillarga (juda sovib ketganda, shamollash, infeksiya) qarshiligini ta’minlash uchun foydali.
Dr.Flu bioqo‘shimchasini qo‘llaganda yuqori nafas yo‘llarini sog‘lomligini qo‘llab-quvvatlanishi organizmni umumiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Tarkibida ko‘rsatilgan moddalarga allergiya va BFQ ga individual o‘zlashtiraolmaslik bo‘lganda, homiladorlik va emizikli ayollarda, 12 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dozirovkasi
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta
Hajm/og'irlik
DR. FLU tabletkalari 600mg N20 o'xshash dorilari




