ERGOFERON tabletkalari N40

ERGOFERON tabletkalari N40 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi Ergoferon preparatining faol komponentlari miqdorini biologik suyuqliklar, organlar va to'qimalarda baholashga imkon bermaydi, bu esa farmakokinetikani o'rganishni texnik jihatdan imkonsiz qiladi.
Farmakologik ta'siri
Ergoferonning farmakologik faollik doirasi viruslarga qarshi, immunomodulyatsion, antigistamin, yallig'lanishga qarshi ta'sirni o'z ichiga oladi.
Ergoferon tarkibiy qismlarini virusli infektsion kasalliklarda qo'llash samaradorligi eksperimental va klinik jihatdan isbotlangan: A grippi va B grippi, o'tkir respirator virusli infektsiyalar (paragripp viruslari, adenoviruslar, respirator-sinsitial viruslar, koronaviruslar chaqirgan), gerpesvirusli infektsiyalar (labial gerpes, oftalmogerpes, genital gerpes, o'rab oluvchi gerpes, suvchechak, infektsion mononukleoz), virusli etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalari (kalitsiviruslar, koronaviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar chaqirgan), enterovirusli va meningokokkli meningitlar, buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitma, kana ensefaliti.
Preparat bakterial infektsiyalarni (soxta sil, ko'kyo'tal, iersinioz, turli etiologiyali pnevmoniya, shu jumladan atipik qo'zg'atuvchilar (Mycoplasma pneumoniae, Chlamydia pneumoniae, Legionella spp.)) majmuaviy davolashda qo'llaniladi, virusli infektsiyalarning bakterial asoratlari profilaktikasi uchun ishlatiladi, superinfektsiyalar rivojlanishini oldini oladi. Preparatni vaktsinatsiyadan oldingi va keyingi davrda qo'llash vaktsinatsiya samaradorligini oshiradi, vaktsinatsiyadan keyingi immunitet shakllanishi vaqtida O'RVI va grippning nospetsifik profilaktikasini ta'minlaydi. Ergoferon gripp bo'lmagan etiologiyali O'RVI ga nisbatan profilaktik samaradorlikka ega, vaktsinatsiyadan keyingi davrda interkurrent kasalliklar rivojlanishini oldini oladi.
Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlar CD4 retseptori, gamma interferon (IFN γ) retseptorlari va gistamin retseptorlarining funktsional faolligini oshirish ko'rinishidagi yagona ta'sir mexanizmiga ega, bu yaqqol immunotrop ta'sir bilan birga kechadi.
Eksperimental jihatdan isbotlanganki, gamma interferonga antitanalar IFN γ, IFN α/β, shuningdek ular bilan bog'liq interleykinlar (IL-2, IL-4, IL-10 va boshqalar) ekspressiyasini oshiradi, IFN ning ligand-retseptor o'zaro ta'sirini yaxshilaydi, sitokin maqomini tiklaydi; organizmning tabiiy viruslarga qarshi tolerantligining muhim omili bo'lgan IFN γ ga tabiiy antitanalar kontsentratsiyasi va funktsional faolligini me'yorlashtiradi; interferonga bog'liq biologik jarayonlarni rag'batlantiradi (I, II turdagi asosiy gistomutanosiblik kompleksi antijenlari va Fc-retseptorlari ekspressiyasini induksiyalash, monotsitlarni faollashtirish, NK-hujayralar funktsional faolligini rag'batlantirish, immunoglobulinlar sintezini tartibga solish, aralash Th1 va Th2 immun javobni faollashtirish).
СD4 ga antitanalar, ehtimol ushbu retseptorning allosterik modulyatorlari bo'lib, CD4 retseptorining funktsional faolligini tartibga soladi, bu CD4 limfotsitlar funktsional faolligining oshishiga, CD4/CD8 immunoregutlyator indeksining, shuningdek immunokompetent hujayralar (CD3, CD4, CD8, CD16, CD20) subpopulyatsion tarkibining me'yorlashishiga olib keladi.
Gistaminga antitanalar periferik va markaziy H1-retseptorlarning gistaminga bog'liq faollashuvini o'zgartiradi va shu tariqa bronxlar silliq mushaklari tonusini pasaytiradi, kapillarlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi, bu rinoreya, burun shilliq qavati shishi, yo'tal va aksirish davomiyligi va yaqqolligining qisqarishiga, shuningdek semiz hujayralar va bazofillardan gistamin ajralib chiqishini, leykotrienlar ishlab chiqarilishini, adgeziya molekulalari sintezini, eozinofillar xemotaksisini va allergen bilan aloqada reaktsiyalarda trombositlar agregatsiyasini bostirish hisobiga infektsion jarayon bilan birga kechuvchi allergik reaktsiyalar yaqqolligining kamayishiga olib keladi.
Majmuaviy preparat komponentlarini birgalikda qo'llash uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning viruslarga qarshi faolligining kuchayishi bilan birga kechadi.
Nojo'ya samaralari
Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik reaksiyalari bo'lishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shu munosabat bilan uni tug'ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza malabsorbsiyasi sindromi yoki tug'ma laktaza yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga tayinlash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ergoferon transport vositalarini va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari qayd etilmagan.
Dozirovkasi
Preparat ichga, ovqatlanish vaqtida emas qabul qilinadi. Tabletkani yutmasdan, to‘liq eriguncha og‘izda ushlab turish kerak.
Preparat kichik yoshdagi bolalarga (6 oylikdan 3 yoshgacha) tayinlanganda tabletkani oz miqdorda (1 osh qoshiq) xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritish tavsiya etiladi.
Davolashning 1-kuni 8 tab. quyidagi sxema bo‘yicha qabul qilinadi: 1 tab. dan har 30 daqiqada dastlabki 2 soatda (jami 2 soatda 5 tab.), keyin shu kun davomida yana 1 tab. dan 3 marta teng vaqt oraliqlarida qabul qilinadi. 2-kuni va keyinchalik to‘liq sog‘ayguncha 1 tab. dan sutkasiga 3 marta qabul qilinadi.
Virusli infeksion kasalliklar profilaktikasi uchun - sutkasiga 1-2 tabletkadan. Tavsiya etilgan profilaktik kurs davomiyligi individual belgilanadi va 1-6 oyni tashkil qilishi mumkin.
Zarurat bo‘lganda preparatni boshqa virusga qarshi va simptomatik vositalar bilan birga qo‘llash mumkin.
ERGOFERON tabletkalari N40 o'xshash dorilari




Ergoferon boshqa chiqarish shakllari

ERGOFERON tabletkalari N40 analoglari

{
"data": {
"id": 56347,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "ergoferon-tabletki",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "ERGOFERON tabletkalari N40",
"brand_name": "ERGOFERON",
"image": "uploads/iblock/dda/dda7f76eefd6971f6d1bbac026781098.webp",
"atx_code": "L03",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»",
"representative": {
"id": 218135,
"slug": "materia-medika-kholding",
"name": "Materia Medica Holding"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 504,
"slug": "immunomodulyatory",
"name": "Immunomodulyatorlar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 6988,
"slug": "ergoferon",
"name": "Ergoferon"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6353,
"slug": "antitela-k-cd4-affinno-ochishchennye",
"name": "Antitela k CD4 affinno ochishennie"
},
{
"id": 6355,
"slug": "antitela-k-gamma-interferonu-cheloveka-affinno-ochishchennye",
"name": "Antitela k gamma interferonu cheloveka affinno ochishennie"
},
{
"id": 6357,
"slug": "antitela-k-gistaminu-affinno-ochishchennye",
"name": "Antitela k gistaminu affinno ochishennie"
}
],
"tags": []
}
}


