Apteka.uz
SavatKirish

ERGOFERON tabletkalari N20

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Virusga qarshi
Ishlab chiqaruvchi:OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
Teglar:Grippdan
ATX kodi:J05АХ
Barcha Ergoferon dorilari
136 ta dorixonada bor
Narxi 50 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 136 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ERGOFERON tabletkalari N20 qo'llanmasi

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali kontur uyali o'ramda.

1, 2 yoki 5 kontur uyali o'ramlar davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Farmakodinamikasi

Ergoferonning farmakologik faolligi doirasi viruslarga qarshi, immunomodulyatorlik, gistaminga qarshi, yallig'lanishga qarshi xususiyatlari bilan ifodalanadi.

Virusli infektsion kasalliklarda: A grippi va V grippi, o'tkir respirator virusli infektsiyalar (paragripp, adenoviruslar, respirator-sintsitial viruslar, koronaviruslar chaqirgan), gerpes virusli infektsiyalar (labial gerpes, oftalmogerpes, genital gerpes, o'rab oluvchi gerpes, suvchechak, infektsion mononukleoz), virusli etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalari (kalisiviruslar, koronaviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar chaqirgan), enterovirusli va meningokokkli meningitlar, buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitma, kana entsefalitida Ergoferon komponentlarini qo'llashning samaradorligi eksperimental va klinik jihatdan tasdiqlangan.

Preparat bakterial infektsiyalarni (soxta tuberkulyoz, ko'kyo'tal, iersinioz, turli etiologiyali pnevmoniya, shu jumladan atipik qo'zg'atuvchilar (M.pneumoniae, C.Pneumoniae, Legionella spp)) majmuaviy davolashda qo'llaniladi, virusli infektsiyalarning bakterial asoratlarini oldini olishda foydalaniladi, superinfektsiyalarni rivojlanishini oldini oladi. Preparat vaktsinasiyadan oldin va vaktsinadan keyingi davrda qo'llanganida vaktsinasiyani samaradorligi ortadi, vaktsinadan keyingi immunitetni paydo bo'lishi vaqtida O'RVI va grippni nospesifik profilaktikasini ta'minlaydi. Ergoferon etiologiyasi gripp bilan bog'liq bo'lmagan O'rviga nisbatan profilaktik samaradorlikka ega, vaktsinasiyadan keyingi davrda interkurrent kasalliklarni rivojlanishini oldini oladi. Preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlar CD4 reseptori, gamma interferon (ifn-γ) reseptori va gistamin reseptorlarining funktsional faolligini oshishi shaklida yakka ta'sir mexanizmiga ega, bu muvofiq tarzda yaqqol immunotrop ta'siri bilan birga kechadi.

Gamma interferonga antitelalar:

Ifn-γ, Ifn α/β, shuningdek ular bog'liq kechadigan interleykinlarni (il-2, il-4, il-10 va b.) ekspressiyasini oshiradi, ifn ning ligand-reseptor bilan o'zaro ta'sirini yaxshilaydi; tsitokinli holatni tiklaydi; organizmning tabiiy viruslarga qarshi chidamliligining asosiy omili hisoblangan ifn- γ ga tabiiy antitelalarning kontsentrasiyasi va funktsional faolligini normallashtiradi; interferonga bog'liq bo'lgan biologik jarayonlar: gistomutanosiblikning I, II turlari va Fc-reseptorlarini asosiy kompleksining antigenlarini ekspressiyasini induktsiyasi, monositlarni faollashtirish, NK-hujayralarni funktsional faolligini rag'batlantirish, aralash Th1 va Th2 immun javobni faollashtirib, immunoglobulinlar sintezini boshqarishni rag'batlantirishi eksperimental isbotlangan.

CD4 ga nisbatan antitelalar, ehtimol ushbu reseptorning allosterik modulyatori hisoblanib, CD4 reseptorini funktsional faolligini boshqaradi, bu CD4 limfositlarni funktsional faolligini oshishiga, CD4/CD8 immunoregulyatorlik indeksini, shuningdek immunokompetent hujayralarni (CD3, CD4, CD8, CD16, CD20) subpopulyasion tarkibini normallashishiga olib keladi.

Gistaminga antitelalar periferik va Markaziy N1-reseptorlarni gistaminga bog'liq faolligini modifikasiya qiladi va shu tarzda bronxlarni silliq mushaklarining tonusini kamaytiradi, kapillyarlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi bu rinoreyani, burun shilliq qavati shishi, yo'tal va aksirish davomiyligini va yaqqolligini qisqarishiga olib keladi, shuningdek allergen bilan kontakt reaktsiyasida semiz hujayralar va bazofillardan gistamin ajralib chiqishini, leykotrienlar ishlab chiqilishi, adgeziya molekulalari sintezini, eozinofilliar xemotaksisini va trombositlar agregasiyasini kamayishi hisobiga infektsion jarayonlar bilan birga kechuvchi allergik reaktsiyalarning yaqqolligini kamaytiradi.

Majmuaviy preparatning komponentlarini birga qo'llash uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning viruslarga qarshi faolligini kuchayishi bilan birga kechadi.

Farmakokinetikasi

Tahlilning zamonaviy fizik-kimyoviy usullarining sezgirligi (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) biologik suyuqliklarda, a'zo va to'qimalardagi Ergoferon preparatining faol komponentlarining miqdorini baholashga yo'l qo'ymaydi, bu farmakokinetikani texnik jihatdan o'rganishni iloji yo'qligini ko'rsatadi.

Nojo'ya samaralari

Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik reaksiyalari bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shu sababli uni tug'ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktozani malabsorbtsiya sindromi bo'lgan yoki tug'ma laktaza etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga buyurish tavsiya etilmaydi. 

Homiladorlik va laktasiya davri

Ergoferonni homiladorlik va laktasiya davrida qo'llashning xavfsizligi o'rganilmagan. Preparatni buyurishni zarurati bo'lganida, xavf/foyda nisbatini hisobga olish lozim.

Ergoferon transport vositalarini yoki boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.


 

Qo'llanilishi

A va V grippini oldini olish va davolashda qo'llanadi.

Paragripp, adenovirus, respirator-sintsitial virusi, koronavirus tomonidan chaqirilgan o'tkir respirator virusli infektsiyalarni oldini olish va davolashda qo'llanadi.

Gerpes viruslari infektsiyalarini (labial gerpes, oftalmogerpes, genital gerpes, suvchechak, o'rab oluvchi gerpes, infektsion mononukleoz) oldini olish va davolashda qo'llanadi. Virus etiologiyali (kalisivirus, adenovirus, koronavirus, rotavirus, enteroviruslar chaqirgan) o'tkir ichak infektsiyalarini oldini olish va davolashda qo'llanadi.

Enterovirusli va meningokokkli meningitni, buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitma, kana entsefalitini oldini olish va davolashda qo'llanadi.

Bakterial infektsiyalarni (soxta tuberkulyoz, ko'kyo'tal, iersinioz, turli etiologiyali pnevmoniya, shu jumladan atipik qo'zg'atuvchilar (M.pneumoniae, C.Pneumoniae, Legionella spp. chaqirgan)) majmuaviy davolashda qo'llaniladi; virusli infektsiyalarning bakterial asoratlarini oldini olish, superinfektsiyalarni oldini olishda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari qayd etilmagan.

Ta'rifi

Yassi tsilindrik shaklli riskali va faskali, oqdan deyarli oq rangligacha bo'lgan tabletkalar. Yassi tomoni riskali, MATERIA MEDICA yozuvi tushirilgan, boshqa yassi tomonida esa ERGOFERON yozuvi tushirilgan.

Dozirovkasi

Ovqat qabul qilishdan tashqari vaqtda ichga buyuriladi. Tabletkani yutmasdan, to to'liq erigunigacha og'izda tutib turish lozim.

6 oylikdan boshlab bolalarga. Kichik yoshdagi bolalarga (6 oylikdan 3 yoshgacha) preparatni buyurganda, tabletkani oz miqdordagi (1 osh qoshiq) xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritish lozim.

Davolashning birinchi kuni 8 tabletka quyidagi sxema bo'yicha qabul qilinadi: birinchi 2 soatda preparatni har 30 minutda qo'llanadi (xammasi bo'lib 2 soatda 5 tabletka), so'ngra shu kun davomida vaqtning teng oralig'ida 3 marta qabul qilinadi. Ikkinchi kundan va keyin 1 tabletkadan kuniga 3 marta to'liq sog'aygunga qadar qo'llanadi.

Virusli infektsion kasalliklarni oldini olish uchun – kuniga 1-2 tabletkadan buyuriladi. Profilaktik kursining tavsiya etilgan davomiyligi individual ravishda belgilanadi va 1-6 oyni tashkil qilishi mumkin.

Zarurati bo'lganida, preparatni boshqa viruslarga qarshi va simptomatik vositalar bilan birga qo'llash mumkin.


Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ERGOFERON tabletkalari N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ERGOFERON tabletkalari N20 o'xshash dorilari

OKSOLINOVAYA maz 10g 0,25%
Retseptsiz
OKSOLINOVAYA maz 10g 0,25%
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•14 ta dorixonada bor
Narxi
5 500 so'm dan
AVISIKLO tabletkalari 1000mg N10
Retseptli
AVISIKLO tabletkalari 1000mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Origin Formuleyshens Pvt. Ltd.
•25 ta dorixonada bor
Narxi
207 900 so'm dan
LAVOMAKS tabletkalari 125mg N6
LAVOMAKS tabletkalari 125mg N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
VIROLEKS tabletkalari 200mg N20
Retseptli
VIROLEKS tabletkalari 200mg N20
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.

ERGOFERON tabletkalari N20 xususiyatlari

ERGOFERON tabletkalari N20 haqida savollar

ERGOFERON tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil