KAPSIKAM maz 30g

KAPSIKAM maz 30g o'xshash dorilari



KAPSIKAM maz 30g qo'llanmasi
Maz yaqin atrofdagi to'qimalarga tez so'riladi. Tizimli qon oqimiga so'rilishi arzimas darajada.
Sirtqi qo'llash uchun majmuaviy preparat. Og'riq qoldiruvchi va qizdiruvchi malham, sezgir nerv oxirlariga tomir kengaytiruvchi va ta'sirlovchi ta'sirga ega moddalarni saqlaydi, buning natijasida mahalliy ta'sirlovchi va analgetik ta'sir ko'rsatadi, giperemiyani chaqiradi. Terining mahalliy ta'sirlanishi qon ta'minotining o'zgarishiga va orqa miyaning shu segmentlari tomonidan innervatsiya qilinadigan ichki a'zolar trofikasining tanlab kamayishiga sabab bo'ladi. Orqa miyaning tegishli segmentida qo'shimcha ta'sirlanish antinotsitseptiv tizimning qo'shimcha faollashuvini chaqiradi, bu og'riq impulslarining bosh miya po'stlog'iga o'tishiga to'sqinlik qiladi va og'riqqa chidamlilikni yaxshilaydi.
Teri harorati 2-3 soat davomida 1-2°C ga oshadi. Og'riq qoldiruvchi ta'sir 30-40 daqiqadan so'ng boshlanadi va 3-6 soatgacha davom etadi. Takroriy qo'llanilganda malham ta'sirini 10-14 kun davomida saqlab qoladi.
Allergik reaksiyalar: qichishish, shish yoki eshakemi bo‘lishi mumkin. Bunday reaksiyalar rivojlanganda bemor mazni qo‘llashni to‘xtatishi va shifokorga murojaat qilishi kerak. Simptomlar mazni qo‘llash to‘xtatilgandan keyin 8-12 soatdan so‘ng yo‘qoladi.
Mazni ochiq jarohatlarga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Nojo'ya ta'sirlarni oldini olish uchun preparatga sezgirlikni aniqlash maqsadida oz miqdordagi mazni teriga oldindan surtib ko'rish tavsiya etiladi.
Har bir protseduradan so'ng qo'llarni sovun bilan salqin suvda yuvish kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va texnik qurilmalar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- yaralar va teri kasalliklari;
- homiladorlik;
- emizish davri;
- bolalar yoshi.
Kapsikam® preparatining dori vositalari bilan o'zaro ta'siri qayd etilmagan.
Sirtqi qo'llaniladi.
Mushak va bo'g'im og'riqlarida - 1-3 g maz applikator yordamida og'riqli soha yuzasiga surtiladi va kuniga 2-3 marta teriga yengil ishqalanadi.
Sportchilarda isituvchi vosita sifatida qo'llanilganda massaj sohasiga applikator yordamida oz miqdordagi maz (taxminan 2-3 g) surtiladi va teri biroz qizarguncha massaj harakatlari bilan ishqalanadi. Mashg'ulotdan keyin mazni teridan iliq suv bilan yuvib tashlash kerak.
Davolash kursi davomiyligi kasallikning xarakteri va og'irligiga bog'liq, ammo shifokor maslahatisiz preparatni 10 kundan ortiq qo'llash mumkin emas.
Agar bemor preparatni qo'llashni unutgan bo'lsa, mazni iloji boricha tezroq surtish va qo'llashni odatdagidek davom ettirish kerak. Agar preparatni oldingi qo'llash vaqti o'tkazib yuborilgan bo'lsa, ikki baravar dozani qo'llamaslik kerak.
Agar preparatning ta'siri juda kuchli yoki kuchsiz bo'lsa, bemor shifokorga yoki provizorga murojaat qilishi kerak.





