Rengalin
Rengalin chiqarilish shakllari



Rengalin haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RENGALIN
RENGALIN
Preparatning savdo nomi: Rengalin
Dori shakli: shimish uchun gomeopatik tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
bradikininga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*,
gistaminga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*,
morfinga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g*;
yordamchi moddalar: 0,506 g izomaltat, 0,0275 g mikrokristall sellyuloza, 0,0055 g magniy stearati, 0,005225 g suvsiz limon kislotasi, 0,00275 g kolloid kremniy dioksidi,
0,00275 g natriy siklamati, 0,000275 g natriy saxarini.
*muvofiq ravishda 10012, 10030, 10050 marta suyultirilgan substansiyaning suvli-spirtli faol aralashmalari ko‘rinishida izomaltatga surtiladi.
Ta‘rifi: yassi silindrik shaklli, faskali, yassi bir tomonida riskali, butun qirrali; oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.
Riskali yassi tomonidan MATERIA MEDICA, boshqa yassi tomonida RENGALIN yozuvi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi: yo‘talga qarshi boshqa preparatlar.
ATX kodi: R05DB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Preparatning komponentlari endogen regulyatorlarni tegishli reseptorlar bilan ligand-reseptor o‘zaro ta‘siri faolligini modifikasiya qilishi eksperimentlarda namoyish etilgan; morfinga antitelalar – opiat reseptorlar bilan; gistaminga antitelalar – N1 gistamin reseptorlari bilan; bradikininga antitelalar – bradikininning V1 reseptorlari bilan; bunda komponentlarni birga qo‘llash yo‘talga qarshi samarani kuchayishiga olib keladi.
Yo‘talga qarshi ta‘sirinidan tashqari, majmuaviy preparat uning tarkibiga kiruvchi komponentlar hisobiga yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, antiallergik, spazmolitik (gistaminga antitelalar, bradikininga antitelalar) va og‘riq qoldiruvchi (morfinga antitelalar) ta‘sir ko‘rsatadi.
Rengalin majmuaviy preparati gistaminga-bog‘liq N1-reseptorlar va bradikininga-bog‘liq V2-reseptorlarni modifikasiya qilish hisobiga uzunchoq miyadagi yo‘tal markazining qo‘zg‘aluvchanligini tanlab pasaytiradi, yo‘tal refleksining markaziy bo‘g‘inlarini tormozlaydi. Talamusdagi og‘riq sezuvchanligi markazlarini susaytirib, bosh miya po‘stlog‘iga og‘riq impulslarini o‘tkazilishini bloklaydi. To‘qima va plazmadagi algogenlar (gistamin, bradikinin, prostaglandin va boshqalar) ning ajralib chiqishini kamaytirish oqibatida periferiyadan og‘riq impulslarini oqimini ingibisiya qiladi. Narkotik analgetiklardan farq qilib, nafasni susayishi, doriga qaramlikni chaqirmaydi, narkogen va uxlatuvchi ta‘sirga ega emas.
Bronxospazmni yengillashtirib, o‘tkir faringit, laringit va bronxitni namoyon bo‘lishini yengillashtiradi. Semiz xujayralarda gistamin va bradikininni sintezini va ajralib chiqishiga ta‘siri orqali allergik reaksiyalarning tizimli va mahalliy simptomlarini bartaraf etadi.
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi Rengalin preparatining faol komponentlarini biologik suyuqliklarda, a‘zolar va to‘qimalarda aniqlash imkonini bermaydi, bu farmakokinetikasini texnik jihatdan o‘rganib bo‘lmasligini bildiradi.
Qo‘llanilishi
Yo‘tal va bronxospazm bilan kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari. Gripp va O‘RVI, o‘tkir faringit, laringotraxeit, o‘tkir obstruktiv laringit, surunkali bronxit va yuqori va quyi nafas yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish va allergik kasalliklarida balg‘amli va quruq yo‘talda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Bir qabul qilishga 1 tabletka (to‘liq erib ketguncha og‘izda ushlab turish kerak). 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi. Holatning og‘irlik darajasiga qarab birinchi uch kunda qo‘llash tez-tezligi sutkada 4-6 martagacha oshirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emasligi tufayli, Rengalinni 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari hozirgi vaqtgacha qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida Rengalinni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni qabul qilish zarurati bo‘lganida foyda/xavf nisbatini inobatga olish kerak.
Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatini transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Rengalin transport vositalari va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preperat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
To‘satdan dozani oshirib yuborganda preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq dispeptik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillalaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Yo'tal va bronxospazm bilan kechuvchi nafas yo'llarining o'tkir va surunkali kasalliklari. Gripp va O'RVI, o'tkir faringit, laringotraxeit, o'tkir obstruktiv laringit, surunkali bronxit va yuqori va quyi nafas yo'llarining boshqa infektsion-yallig'lanish va allergik kasalliklarida mahsuldor va nomahsuldor yo'tal
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik. Samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligi sababli Rengalin 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.
- Homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida qo‘llanilishi
- Homiladorlarda va ko‘krak suti bilan boqish davrida Rengalinni qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganda xavf/foyda nisbatini hisobga olish kerak.
- Qo‘llash usuli va dozalari
Tarkibi
- 100 ml
- bradikininga affin tozalangan antitanalar* 0.12 g
- gistaminga affin tozalangan antitanalar* 0.12 g
- morfinga affin tozalangan antitanalar* 0.12 g
- * substantsiyaning uchta faol suvli aralashmasi ko‘rinishida kiritiladi, mos ravishda 10012, 10030 10050 marta suyultirilgan.
- Yordamchi moddalar: maltitol - 27.5 g, glitserol - 5.5 g, kaliy sorbat - 0.165 g, suvsiz limon kislotasi - 0.055 g, tozalangan suv - 100 ml gacha.
Farmakodinamikasi
Preparatning komponentlari endogen regulyatorlarni tegishli reseptorlar bilan ligand-reseptor o'zaro ta'siri faolligini modifikasiya qilishi eksperimentlarda namoyish etilgan; morfinga antitelalar (preparatning komponenti) opiat reseptorlar bilan o'zaro ligand-reseptor endogen regulyator; gistaminga antitelalar – N1 gistamin reseptorlari bilan; bradikininga antitelalar – bradikininning reseptorlari bilan; bunda komponentlarni birga qo'llash yo'talga qarshi samarani kuchayishiga olib keladi.
Yo'talga qarshi ta'sirinidan tashqari, majmuaviy preparat uning tarkibiga kiruvchi komponentlar hisobiga yallig'lanishga qarshi, shishga qarshi, antiallergik, spazmolitik (gistaminga antitelalar, bradikininga antitelalar) va og'riq qoldiruvchi (morfinga antitelalar) ta'sir ko'rsatadi.
Rengalin majmuaviy preparati gistaminga-bog'liq N1-reseptorlar va bradikininga-bog'liq V1 va V2-reseptorlarni modifikasiya qilish hisobiga uzunchoq miyadagi yo'tal markazining qo'zg'aluvchanligini tanlab pasaytiradi, yo'tal refleksining Markaziy bo'g'inlarini tormozlaydi. Talamusdagi og'riq sezuvchanligi markazlarini susaytirib, bosh miya po'stlog'iga og'riq impulslarini o'tkazilishini bloklaydi. To'qima va plazmadagi algogenlar (gistamin, bradikinin, prostaglandin va boshqalar) ning ajralib chiqishini kamaytirish oqibatida periferiyadan og'riq impulslarini oqimini ingibitsiya qiladi. Narkotik analgetiklardan farq qilib, nafasni susayishi, doriga qaramlikni chaqirmaydi, narkogen va uxlatuvchi ta'sirga ega emas.
Bronxospazmni engillashtirib, o'tkir faringit, laringit va bronxitni namoyon bo'lishini engillashtiradi. Semiz xujayralarda gistamin va bradikininni sintezini va ajralib chiqishiga ta'siri orqali allergik reaktsiyalarning tizimli va mahalliy simptomlarini bartaraf etadi.
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi Rengalin preparatining faol komponentlarini biologik suyuqliklarda, a'zolar va to'qimalarda aniqlash imkonini bermaydi, bu farmakokinetikasini texnik jihatdan o'rganib bo'lmasligini bildiradi.
Nojo'ya ta'sirlar
- Preparat tarkibiy qismlariga yuqori individual sezuvchanlik reaktsiyalari bo'lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda preparatning tarkibiga kiruvchi to'ldiruvchilar (maltitol, glisero) bilan bog'liq dispeptik ko'rinishlar (ko'ngil aynishi, qusish, diareya) kuzatilishi mumkin.
Davolash – simptomatik.
Dori shaklining ta'rifi
- Ichish uchun eritma rangsiz yoki deyarli rangsiz, tiniq
Maxsus ko‘rsatmalari
Rengalin transport vositalarini va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
O'tkazilgan klinik tadqiqotlarda Rengalin preparatini yondosh davolash sifatida qabul qilinayotgan dori vositalari bilan o'zaro ta'siri haqida ma'lumotlar olinmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga buyuriladi. Bir qabul qilishga – 1-2 choy qoshiq (5-10 ml) - ovqatlanishdan tashqari. Preparatning maksimal samarasi uchun yurishdan oldin eritmani og'izda ushlab turish kerak.
1-2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta qabul qilinadi. Holatning og'irlik darajasiga qarab birinchi uch kunda qo'llash tez-tezligi sutkada 4-6 martagacha oshirilishi mumkin.
Davolash davomiyligi kasallik og'irligiga bog'liq va davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













