Ташкент
logo
SavatKirish

Tenoten

Tenoten chiqarish shakllari

5
1 отзывов
TENOTEN tabletkalari N40
Retseptsiz
TENOTEN tabletkalari N40
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
•136 ta dorixonada bor
Narxi
35 900 so'm dan
- Tenoten qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Tenotenning tarkibi
- Tenoten ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Tenoten narxi Toshkent dorixonalarida

Tenoten qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Nevrotik va nevrozsimon holatlar, psixosomatik kasalliklar; yuqori asabiy taranglik, ta'sirchanlik, xavotir va vegetativ reaktsiyalar bilan kechuvchi stressor buzilishlar. MNSning o'rtacha ifodalangan organik shikastlanishlari, shu jumladan travmatik va ditsirkulyator kelib chiqishli, hissiy fon beqarorligi, ta'sirchanlik, xotira pasayishi, vegetativ buzilishlar bilan kechuvchi holatlar
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar; bolalar va 18 yoshdan kichik shaxslarga Tenoten detskiy preparatini qo‘llash ko‘rsatilgan.
Tarkibi
  • miya spetsifik oqsil S-100 ga affin tozalangan antitanalar suv-spirtli aralashma ko‘rinishida (ta'sir etuvchi modda faol shaklining suv-spirtli aralashmasi ko‘rinishida) 3 mg* Yordamchi moddalar: laktoza, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati. * suv-spirtli aralashma 10-16 ng/g dan ko‘p bo‘lmagan faol moddani saqlaydi miya spetsifik oqsil S-100 ga affin tozalangan antitanalar: S12, S30 va S200 gomeopatik suyultirishlar aralashmasi. Yordamchi moddalar: laktoza, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati.
Farmakologik ta'siri
Preparat tinchlantiruvchi, xavotirga qarshi (anksiolitik) ta'sir ko'rsatadi, istalmagan gipnogen va miorelaksant samaralarni keltirib chiqarmaydi. Psixoemotsional yuklamalarga chidamlilikni yaxshilaydi. Stress-protektor, nootrop, antiamnestik, gipoksiyaga qarshi, neyroprotektiv, antiastenik, antidepressiv ta'sirga ega. Intoksikatsiya, gipoksiya sharoitida, bosh miya qon aylanishining o'tkir buzilishidan keyingi holatlarda neyroprotektiv ta'sir ko'rsatadi, shikastlanish zonasini cheklaydi, markaziy nerv sistemasida (MNS) o'qish va xotira jarayonlarini normallashtiradi. Lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonlarini ingibitsiya qiladi. Miyada sinaptik (axborot) va metabolik jarayonlarning bog'lanishini amalga oshiruvchi S-100 oqsilining funktsional faolligini modifikatsiya qiladi. GAMK-mimetik va neyrotrofik ta'sir ko'rsatib, stressni cheklovchi tizimlar faolligini oshiradi, neyronal plastiklik jarayonlarining tiklanishiga yordam beradi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Ko'rsatilgan ko'rsatmalar bo'yicha va ko'rsatilgan dozalarda qo'llanilganda nojo'ya ta'sir aniqlanmagan. Preparat tarkibiy qismlariga yuqori individual sezuvchanlik reaktsiyalari bo'lishi mumkin.
Dori shaklining ta'rifi
  • shimish uchun tabletkalar
Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat tarkibiga laktoza kiradi, shu munosabat bilan uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza malabsorbsiyasi sindromi yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tayinlash tavsiya etilmaydi.

Tenoten preparati ta'sirida faollashtiruvchi xususiyatlar mavjudligi sababli, oxirgi qabulni uyqudan kamida 2 soat oldin amalga oshirish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari hozirgi kungacha qayd etilmagan.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TENOTEN

TENOTEN

 

Preparatning savdo nomi: Tenoten

Dori shakli: shimish uchun gomeopatik tabletkalar

Tarkibi (1 tabletkaga):

Faol moddalar: miya spesifik S-100 oqsiliga affin tozalangan antitelalar – 0,003 g*.

Yordamchi moddalar: 0,267 g laktoza monogidrati, 0,03 g mikrokristall sellyuloza, 0,003 g magniy stearati.

*laktozaga ta‘sir qiluvchi moddaning faol shaklini 10-15 ng/g dan ko‘p bo‘lmagan miqdorini saqlovchi suvli-spirtla aralashma shaklida kiritiladi.

Ta‘rifi: Yassisilindrik shaklli, oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan faska va riskali tabletkalar. Riskali yassi tomoniga MATERIA MEDICA yozuvi, boshqa yassi tomoniga   TENOTEN yozuvi tushirilgan.

Farmakoterapevtik guruhi: anksiolitiklar, nootroplar.

ATX kodi: N05BX, N0BX

 

Farmakologik ta‘siri

Preparat noxush gipnogen va miorelaksant samaralarni chaqirmasdan, tinchlantiruvchi, xavotirlikka qarshi (anksiolitik) ta‘sir ko‘rsatadi. Psixoemosional yuklamalarga chidamlilikni yaxshilaydi. Stress-protektor, nootrop, antiamnestik, gipoksiyaga qarshi, neyroprotektor, antiastenik, antidepressiv ta‘sirga ega.

Intoksikasiya, gipoksiya sharoitlarida, miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlaridan keyingi holatlarda neyroprotektor ta‘sir ko‘rsatadi, shikastlanish sohasini cheklaydi, markaziy nerv tizimida (MNT) o‘qish jarayonlari va xotirani normallashtiradi.

Lipidlarning perekisli oksidlanish jarayonlarini susaytiradi.

Miyada sinaptik (informasion) va metabolik jarayonlarni birlashishini amalga oshiruvchi S-100 oqsilining funksional faolligini modifikasiyalaydi. GAMK-mimetik va neyrotrofik ta‘sir ko‘rsatib, stressni cheklovchi tizimlarning faolligini oshiradi, neyronal plastiklik jarayonlarini tiklanishiga yordam beradi.

 

Qo‘llanilishi

Nevrotik va nevrozsimon holatlar, psixosomatik kasalliklar; kuchli asabiylashish, ta‘sirchanlik, xavotir va vegetativ reaksiyalar bilan kechuvchi stressli buzilishlar.

Markaziy nerv tizimini, shu jumladan jarohatlar va dissirkulyator holatlar oqibatidagi, emosional fonni beqarorligi, jizzakilik, xotirani pasayishi, vegetativ buzilishlar bilan kechuvchi o‘rtacha namoyon bo‘lgan shikastlanishlari.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilinadi. Bir qabulga – 1 yoki 2 tabletka (og‘izda to‘liq erib ketgunicha tutib turish kerak). Kuniga 2 marta, zarurati bo‘lganida – sutkada 4 qabulgacha qabul qilinadi.

Davolash kursi 1-3 oy. Zarurati bo‘lganida davolash kursini 6 oygacha uzaytirish yoki 1-2 oydan keyin takrorlash mumkin.

Davolash boshlanganidan so‘ng 3-4 hafta davomida pasientning umumiy holatini yaxshilanishi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar va ko‘rsatilgan dozalarda ishlatilganida nojo‘ya ta‘siri aniqlanmagan.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Bolalarga va 18 yoshdan kichik shaxslarga Tenoten detskiy preparati qo‘llanadi.

 

Dorilarlarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari qayd qilinmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun uni tug‘ma galaktozemiyasi, glyukozani yoki galaktozani kam so‘rilish sindromi, yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurish tavsiya qilinmaydi.

Tenoten preparatining ta‘sirida faollashtiruvchi xususiyatlari bo‘lganligi tufayli, uni uyqudan 2 soat oldin qabul qilish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik va laktasiya davrida Tevotenni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Qabul qilish zarurat bo‘lganida xavf/foyda nisbatini hisobga olish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.

 

Chiqarilish shakli

Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid parda va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.

Preparatni qo‘llash davri davomida ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘zda tutilgan kontur uyali o‘ram karton kutida saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Nojo'ya samaralari

Ko'rsatilgan ko'rsatmalar bo'yicha va ko'rsatilgan dozalarda qo'llanganda nojo'ya ta'sir aniqlanmagan.

Preparat komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo'lishi mumkin

Tenoten narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Tenoten barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Tenoten haqida savollar

Tenoten haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.9, 12 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil