GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N60

GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N60 o'xshash dorilari
GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N60 qo'llanmasi
Absorbtsiya va taqsimlanishi
Ichga qabul qilingandan so‘ng metformin me’da-ichak yo‘lidan yetarlicha to‘liq so‘riladi. Absolyut biokiraolishligi 50-60% ni tashkil qiladi. Plazmada maksimal konsentratsiya (Cmax) (taxminan 2 mkg/ml yoki 15 mkmol) 2,5 soatdan keyin erishiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganda metforminning so‘rilishi kamayadi va kechikadi.
Metformin to‘qimalarda tez taqsimlanadi, plazma oqsillari bilan deyarli bog‘lanmaydi.
Metabolizm va chiqarilishi
Metabolizmga juda kuchsiz darajada uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi. Sog‘lom subyektlarda metformin klirensi 400 ml/daqiqa ni tashkil qiladi (kreatinin klirensidan 4 baravar ko‘p), bu faol kanalcha sekretsiyasi mavjudligidan dalolat beradi. Yarim chiqarilish davri taxminan 6,5 soatni tashkil qiladi. Buyrak yetishmovchiligida u ortadi, preparat kumulyatsiyasi xavfi paydo bo‘ladi.
Preparatning nojo‘ya ta'sirlari tez-tezligi quyidagicha baholanadi:
Juda tez-tez: ≥ 1/10
Tez-tez: ≥ 1/100, < 1/10
Tez-tez emas: ≥ 1/1000, < 1/100
Kam hollarda: ≥ 1/10 000, < 1/1000
Juda kam hollarda: < 1/10 000
Nojo‘ya ta'sirlar ahamiyatini kamayish tartibida taqdim etilgan.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: laktat-atsidoz ("Maxsus ko‘rsatmalar"ga qarang).
Metformin uzoq vaqt qabul qilinganda V12 vitamini so‘rilishining pasayishi kuzatilishi mumkin. Megaloblast anemiya aniqlanganda bunday etiologiya ehtimolini hisobga olish kerak.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: ta'm bilishning buzilishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Juda tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq va ishtahaning yo‘qolishi.
Ular eng ko‘p davolashning boshlang‘ich davrida yuzaga keladi va ko‘pchilik hollarda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Simptomlarning oldini olish uchun metforminni kuniga 2 yoki 3 marta ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Dozani sekin-asta oshirish me'da-ichakning o‘zlashtira olishini yaxshilashi mumkin.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: eritema, qichishish, toshma kabi teri reaksiyalari.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlarining buzilishi va gepatit; metformin bekor qilingandan keyin ushbu noxush holatlar butunlay yo‘qoladi.
Nashr etilgan ma'lumotlar, postmarketing ma'lumotlar, shuningdek, 10-16 yosh guruhidagi cheklangan bolalar populyatsiyasida nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar bolalardagi nojo‘ya ta'sirlar xarakteri va og‘irligi bo‘yicha kattalardagi shunday holatlarga o‘xshashligini ko‘rsatadi.
Laktoatsidoz
Laktoatsidoz kam uchraydigan, ammo jiddiy (kechiktirib bo'lmaydigan davolash bo'lmaganda o'lim xavfi yuqori) asorat hisoblanadi, u metformin kumulyatsiyasi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Metformin qabul qilishda laktoatsidoz holatlari asosan yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo'lgan qandli diabeti bor bemorlarda yuzaga kelgan.
Boshqa bog'liq xavf omillarini ham hisobga olish kerak, masalan, dekompensatsiyalangan qandli diabet, ketoz, uzoq muddatli ochlik, alkogolizm, jigar yetishmovchiligi va yaqqol gipoksiya bilan bog'liq har qanday holat. Bu laktoatsidoz yuzaga kelishi chastotasini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Mushak tirishishlari kabi nospetsifik belgilar paydo bo'lganda, dispeptik buzilishlar, qorinda og'riq va yaqqol asteniya bilan kechganda laktoatsidoz rivojlanishi xavfini hisobga olish kerak.
Laktoatsidoz atsidotik hansirash, qorinda og'riq va gipotermiya, keyinchalik koma bilan xarakterlanadi. Diagnostik laboratoriya ko'rsatkichlari qon pH pasayishi (7,25 dan kam), qon plazmasida laktat miqdori 5 mmol/l dan yuqori, anion oraliq va laktat/piruvat nisbatining oshishi hisoblanadi. Metabolik atsidozga shubha qilinganda preparat qabul qilishni to'xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Jarrohlik operatsiyalari
Metforminni qo'llash rejali jarrohlik operatsiyalari o'tkazilishidan 48 soat oldin to'xtatilishi va tekshiruv davomida buyrak funksiyasi normal deb topilgan taqdirda, operatsiyadan keyin 48 soat o'tgachgina davom ettirilishi mumkin.
Buyrak funksiyasi
Metformin buyraklar orqali chiqarilishi sababli, davolash boshlanishidan oldin va keyinchalik muntazam ravishda kreatinin klirensini aniqlash zarur:
- buyrak funksiyasi normal bo'lgan bemorlarda yiliga kamida bir marta;
- keksa bemorlarda, shuningdek kreatinin klirensi normaning quyi chegarasida bo'lgan bemorlarda yiliga kamida 2-4 marta.
Kreatinin klirensi 45 ml/daq dan kam bo'lganda preparatni qo'llash mumkin emas.
Keksa bemorlarda buyrak funksiyalari buzilishi ehtimolida, gipotenziv dori vositalari, diuretiklar yoki nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bir vaqtda qo'llanilganda alohida ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak.
Yurak yetishmovchiligi
Yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda gipoksiya va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi yuqori.
Surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda metformin qabul qilish vaqtida yurak funksiyasi va buyrak funksiyasi monitoringini muntazam o'tkazish kerak.
Gemodinamika ko'rsatkichlari beqaror bo'lgan yurak yetishmovchiligida metformin qabul qilish mumkin emas.
Bolalar va o'smirlar
2-toifa qandli diabet tashxisi metformin bilan davolash boshlanishidan oldin tasdiqlangan bo'lishi kerak.
1 yil davom etgan klinik tadqiqotlar davomida metformin o'sish va jinsiy yetilishga ta'sir qilmasligi ko'rsatilgan. Biroq uzoq muddatli ma'lumotlar yo'qligi sababli, bolalarda, ayniqsa jinsiy yetilish davrida metforminning ushbu parametrlarga keyingi ta'sirini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
Eng sinchkov nazorat 10-12 yoshdagi bolalarga zarur.
Boshqa ehtiyotkorlik choralari:
- Bemorlarga kun davomida uglevodlarni bir tekis iste'mol qilish bilan parhezga rioya qilishni davom ettirish tavsiya etiladi. Ortiqcha tana vazni bo'lgan bemorlarga gipokaloriyali parhezga (lekin kamida 1000 kkal/sut) rioya qilishni davom ettirish tavsiya etiladi.
- Qandli diabetni nazorat qilish uchun standart laboratoriya tahlillarini muntazam o'tkazish tavsiya etiladi.
- Metformin monoterapiyada gipoglikemiyani chaqirmaydi, biroq uni insulin yoki boshqa gipoglikemik vositalar (masalan, sulfonilmochevina hosilalari, repaglinid va boshq.) bilan kombinatsiyada qo'llashda ehtiyotkorlik namoyon qilish tavsiya etiladi.
Glukofaj® preparatini qo'llash prediabeti bo'lgan va yaqqol 2-toifa qandli diabet rivojlanishining quyidagi qo'shimcha xavf omillari bo'lgan shaxslarga 2-toifa qandli diabet profilaktikasi uchun tavsiya etiladi:
- yoshi 60 dan kichik;
- tana vazni indeksi (TVI) >35 kg/m2;
- anamnezda gestatsion qandli diabet;
- birinchi darajali qarindoshlarda qandli diabet oilaviy anamnezi;
- triglitseridlar konsentratsiyasining yuqoriligi;
- YuZLP xolesterini konsentratsiyasining pasayganligi;
- arterial gipertenziya.
Transport vos. va mex. boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Glukofaj® preparati bilan monoterapiya gipoglikemiyani chaqirmaydi, shuning uchun transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Shunga qaramay bemorlarni metformin boshqa gipoglikemik preparatlar (sulfonilmochevina hosilalari, insulin, repaglinid va boshq.) bilan birga qo'llanilganda gipoglikemiya xavfi haqida ogohlantirish kerak.
- Metforminga yoki har qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik;
- diabetik ketoatsidoz, diabetik prekoma, koma;
- buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak funksiyasining buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 45 ml dan kam);
- buyrak funksiyasining buzilishi rivojlanish xavfi bilan kechuvchi o'tkir holatlar: degidratatsiya (diareya, qusishda), og'ir infeksion kasalliklar, shok;
- to'qima gipoksiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan o'tkir yoki surunkali kasalliklarning klinik jihatdan yaqqol namoyon bo'lishi (shu jumladan, o'tkir yurak yetishmovchiligi, gemodinamika ko'rsatkichlari beqaror bo'lgan surunkali yurak yetishmovchiligi, nafas yetishmovchiligi, o'tkir miokard infarkti);
- insulinoterapiya ko'rsatilgan keng ko'lamli jarrohlik operatsiyalari va jarohatlar ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang);
- jigar yetishmovchiligi, jigar funksiyasining buzilishi;
- surunkali alkogolizm, alkogoldan o'tkir zaharlanish;
- homiladorlik;
- laktoatsidoz (shu jumladan anamnezda);
- yod saqlagan kontrast moddani yuborish bilan radioizotop yoki rentgenologik tekshiruvlarni o'tkazishdan 48 soat oldin va 48 soat o'tgach qo'llash ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);
- gipokaloriyali dietaga rioya qilish (sutkada 1000 kkal dan kam).
Ehtiyotkorlik bilan:
- 60 yoshdan oshgan, og'ir jismoniy ish bajaradigan shaxslarda, bu ularda laktoatsidoz rivojlanish xavfining oshishi bilan bog'liq;
- buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 45-59 ml/min);
- emizish davrida.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlik davrida dekompensatsiyalangan qandli diabet tug'ma nuqsonlar va perinatal o'lim xavfining oshishi bilan bog'liq. Cheklangan miqdordagi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, homilador ayollarda metforminni qabul qilish bolalarda tug'ma nuqsonlar rivojlanish xavfini oshirmaydi.
Homiladorlikni rejalashtirishda, shuningdek prediabet va 2-turdagi qandli diabetda metforminni qabul qilish fonida homiladorlik yuzaga kelgan taqdirda, preparatni bekor qilish kerak va 2-turdagi qandli diabet bo'lsa, insulinoterapiya tayinlanishi kerak. Homila rivojlanishida nuqsonlar paydo bo'lish xavfini kamaytirish uchun qon plazmasidagi glyukoza miqdorini me'yorga eng yaqin darajada ushlab turish kerak.
Metformin ko'krak sutiga o'tadi. Metforminni qabul qilish fonida emizishda yangi tug'ilgan chaqaloqlarda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan. Biroq, cheklangan miqdordagi ma'lumotlar tufayli preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi. Emizishni to'xtatish to'g'risidagi qaror emizishning foydasi va bolada nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishining potensial xavfini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
Qarshi ko'rsatilgan kombinatsiyalar
Yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar: qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda buyrak funktsional yetishmovchiligi fonida yod saqlovchi rentgenokontrast vositalarni qo'llash bilan o'tkaziladigan radiologik tekshiruv laktoatsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Glyukofaj® preparati bilan davolashni buyrak funktsiyasiga qarab, yod saqlovchi rentgenokontrast vositalarni qo'llash bilan o'tkaziladigan rentgenologik tekshiruvdan 48 soat oldin yoki tekshiruv vaqtida to'xtatish va tekshiruv davomida buyrak funktsiyasi normal deb topilgan taqdirda, 48 soatdan keyin qayta tiklash kerak.
Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar
Alkogol: o'tkir alkogolli intoksikatsiyada laktoatsidoz rivojlanish xavfi ortadi, ayniqsa quyidagi hollarda:
- yetarli ovqatlanmaslik, past kaloriyali dietaga rioya qilish;
- jigar yetishmovchiligi.
Preparatni qabul qilish vaqtida alkogol va etanol saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.
Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar
Danazol: danazolning giperglikemik ta'siridan qochish uchun uni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Danazol bilan davolash zarurati bo'lganda va u to'xtatilgandan so'ng, qondagi glyukoza kontsentratsiyasi nazorati ostida Glyukofaj® preparatining dozasini to'g'irlash talab etiladi.
Xlorpromazin: katta dozalarda (kuniga 100 mg) qabul qilinganda qondagi glyukoza kontsentratsiyasini oshiradi, insulin ajralishini kamaytiradi. Neyroleptiklar bilan davolashda va ular to'xtatilgandan so'ng, qondagi glyukoza kontsentratsiyasi nazorati ostida preparat dozasini to'g'irlash talab etiladi.
Tizimli va mahalliy ta'sirga ega glyukokortikosteroidlar (GKS) glyukozaga tolerantlikni pasaytiradi, qondagi glyukoza kontsentratsiyasini oshiradi, ba'zan ketozni keltirib chiqaradi. GKS bilan davolashda va ular to'xtatilgandan so'ng, qondagi glyukoza kontsentratsiyasi nazorati ostida Glyukofaj® preparatining dozasini to'g'irlash talab etiladi.
Diuretiklar: "halqali" diuretiklarni bir vaqtda qabul qilish mumkin bo'lgan buyrak funktsional yetishmovchiligi tufayli laktoatsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Agar kreatinin klirensi 60 ml/daq dan past bo'lsa, Glyukofaj® preparatini buyurmaslik kerak.
In'ektsiya shaklida buyuriladigan beta2-adrenomimetiklar: beta2-adrenoreseptorlarni rag'batlantirish hisobiga qondagi glyukoza kontsentratsiyasini oshiradi. Bunday holda qondagi glyukoza kontsentratsiyasini nazorat qilish zarur. Zarurat tug'ilganda insulin buyurish tavsiya etiladi. Yuqorida sanab o'tilgan dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanilganda, ayniqsa davolash boshida, qondagi glyukoza miqdorini tez-tez nazorat qilish talab qilinishi mumkin. Zarurat tug'ilganda metformin dozasi davolash jarayonida va u to'xtatilgandan so'ng to'g'irlanishi mumkin.
Angiotenzin o'zgartiruvchi ferment ingibitorlaridan tashqari, gipotenziv dori vositalari qondagi glyukoza kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin. Zarurat tug'ilganda metformin dozasini to'g'irlash kerak.
Glyukofaj® preparati sulfonilmoчевина hosilalari, insulin, akarboza, salitsilatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
Nifedipin metforminning so'rilishini va Cmax ni oshiradi.
Buyrak naychalarida sekretsiya qilinadigan kationli dori vositalari (amilorid, digoksin, morfin, prokainamid, xinidin, xinin, ranitidin, triamteren, trimetoprim va vankomitsin) naychali transport tizimlari uchun metformin bilan raqobatlashadi va uning Cmax oshishiga olib kelishi mumkin.
Kattalar:
2-toifa qandli diabetda monoterapiya va boshqa peroral gipoglikemik vositalar bilan birgalikda kombinatsiyalangan terapiya
- Odatiy boshlang'ich doza 500 mg yoki 850 mg dan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin yoki ovqat vaqtida.
- Har 10-15 kunda qon plazmasidagi glukoza konsentratsiyasini o'lchash natijalari asosida dozani to'g'rilash tavsiya etiladi. Dozani sekin oshirish oshqozon-ichak trakti tomonidan nojo'ya ta'sirlarni kamaytirishga yordam beradi.
- Preparatning ushlab turuvchi dozasi odatda 1500- 2000 mg/sutkani tashkil qiladi. Oshqozon-ichak trakti tomonidan nojo'ya hodisalarni kamaytirish uchun sutkalik dozani 2-3 qabulga bo'lish kerak. Maksimal doza 3000 mg/sutkani tashkil qiladi, uch qabulga bo'lingan holda.
- 2000- 3000 mg/sut dozada metformin qabul qilayotgan bemorlar Glukofaj® 1000 mg preparatini qabul qilishga o'tkazilishi mumkin. Maksimal tavsiya etilgan doza 3000 mg/sutkani tashkil qiladi, 3 qabulga bo'lingan holda.
Boshqa gipoglikemik vositani qabul qilishdan o'tish rejalashtirilganda: boshqa vositani qabul qilishni to'xtatish va yuqorida ko'rsatilgan dozada Glukofaj® preparatini qabul qilishni boshlash kerak.
Insulin bilan kombinatsiya
Qondagi glukozani yaxshiroq nazorat qilishga erishish uchun metformin va insulinni 2-toifa qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda kombinatsiyalangan terapiya ko'rinishida qo'llash mumkin.
Glukofaj® preparatining odatiy boshlang'ich dozasi 500 mg yoki 850 mg dan kuniga 2-3 martani tashkil qiladi, insulin dozasini esa qondagi glukoza konsentratsiyasi asosida tanlanadi.
Bolalar va o'smirlar: 10 yoshdan boshlab bolalarda Glukofaj® preparati ham monoterapiyada, ham insulin bilan birgalikda qo'llanilishi mumkin. Odatiy boshlang'ich doza 500 mg yoki 850 mg dan kuniga 1 marta ovqatdan keyin yoki ovqat vaqtida. 10-15 kundan keyin dozani qon glukozasi konsentratsiyasi asosida to'g'rilash kerak. Maksimal sutkalik doza 2000 mg ni tashkil qiladi, 2-3 qabulga bo'lingan holda.
Prediabetda monoterapiya
Odatiy doza kuniga 1000-1700 mg ni tashkil qiladi, ovqatdan keyin yoki ovqat vaqtida, 2 qabulga bo'lingan holda. Preparatni keyinchalik qo'llash zaruratini baholash uchun muntazam ravishda glikemik nazorat o'tkazish tavsiya etiladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar:
Metformin o'rtacha og'irlikdagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 45-59 ml/daq) bo'lgan bemorlarda faqat laktatsidoz rivojlanish xavfini oshirishi mumkin bo'lgan holatlar yo'q bo'lganda qo'llanilishi mumkin.
- Kreatinin klirensi 45-59 ml/daq bo'lgan bemorlar: boshlang'ich doza 500 mg yoki 850 mg dan kuniga bir marta. Maksimal doza kuniga 1000 mg ni tashkil qiladi, 2 qabulga bo'lingan holda.
Buyrak funksiyasi sinchkovlik bilan nazorat qilinishi kerak (har 3-6 oyda).
- Agar kreatinin klirensi 45 ml/daq dan past bo'lsa, preparatni qabul qilish darhol to'xtatilishi kerak.
Keksa yoshdagi bemorlar:
buyrak funksiyasining pasayishi mumkinligi sababli metformin dozasini buyrak funksiyasi ko'rsatkichlarini muntazam nazorat qilish ostida tanlash kerak (qon zardobidagi kreatinin konsentratsiyasini yiliga kamida 2-4 marta aniqlash).
Davolash davomiyligi
Glukofaj® preparatini har kuni, tanaffussiz qabul qilish kerak. Davolash to'xtatilgan taqdirda bemor bu haqda shifokorga xabar berishi kerak.Dozani oshirib yuborishMetforminni 85 g dozada (maksimal sutkalik dozadan 42,5 baravar yuqori) qo'llaganda gipoglikemiya rivojlanishi kuzatilmagan. Biroq, bu holda laktatsidoz rivojlanishi kuzatilgan. Dozani sezilarli darajada oshirib yuborish yoki xavf omillari laktatsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin ("Maxsus ko'rsatmalar" ga qarang).
Davolash: laktatsidoz belgilari paydo bo'lganda preparat bilan davolashni darhol to'xtatish, bemorni zudlik bilan kasalxonaga yotqizish va laktat konsentratsiyasini aniqlab, tashxisni aniqlashtirish kerak. Organizmda laktat va metforminni chiqarish bo'yicha eng samarali tadbir gemodializ hisoblanadi. Shuningdek, simptomatik davolash o'tkaziladi.
Xususiyatlar GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N60
Glyukofaj boshqa chiqarish shakllari



GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N60 analoglari














