×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Метформин
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Нанолек ООО
ATX kodi:
- A10BA02
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

INSUPRID tabletkalari 2mg N30 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
43 100 s`om dan
SIOFOR 1000 tabletkalari 1000mg N60 Laboratory Guidotti S.p.A., Италия произведено: Menarini von Heyden GmbH Germaniya
SIOFOR 1000 tabletkalari 1000mg N60 Laboratory Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Dragenopharm Apotheker Puschl GmbH Germaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GLYUKOFAJ®

GLUCOPHAGE®

Preparatning savdo nomi: Glyukofaj®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metformin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

yadrosi:

faol modda: metformin gidroxloridi – 500 mg;

yordamchi moddalar: 20 mg povidon, 5,0 mg magniy stearati;

plyonka qobig‘i: 4,0 mg gipromelloza.

Ta‘rifi: oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ko‘ndalang kesimida – bir xil oq massa ko‘rinadi.

Farmakoterapevtik guruhi: peroral qo‘llash uchun biguanidlar guruhi gipoglikemik vosita.

ATX kodi: A10VA02.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Metformin antigiperglikemik samaraga ega bo‘lgan biguanid hisoblanib, plazmada glyukozaning ham bazal va ham postprandial darajasini kamaytiradi: Metformin insulin sekresiyasini rag‘batlantirmaydi va shuning uchun gipoglikemiya chaqirmaydi. Metformin 3 mexanizm yo‘li bilan ta‘sir qilishi mumkin:

  • jigarda glyukozani ishlab chiqarilishini glyukoneogenez va glikogenoliz jarayonlarini ingibisiya qilish yo‘li bilan kamaytiradi;
  • mushaklarda reseptorlarni insulinga bo‘lgan sezuvchanligini oshirib periferik glyukozani qamrab olinishi va utilizasiya qilinishini yaxshilaydi;
  • ichakda glyukozani so‘rilishini kechiktiradi;
  • metformin glikogensintatazaga ta‘sir qilish yo‘li bilan glikogenni hujayra ichidagi sintezini rag‘batlantiradi. Metformin bugungi kunda ma‘lum bo‘lgan glyukozani tashuvchilarni (GLUTs) turlarini tashish qobiliyatini oshiradi.

Bolalar

1 yil davomida davolangan bolalarni va 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni cheklangan soni ichida o‘tkazilgan nazoratli tadqiqotlar kattalarda glyukozani qondagi o‘xshash nazoratiga o‘xshash nazoratini namoyish qilgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Metformin gidroxloridi tabletkalarini ichga qabul qilingandan keyin, plazmada maksimal konsentrasiyasiga (Smax) taxminan 2,5 soat (Tmax) davomida erishiladi. 500 mg yoki 850 mg metformin gidroxloridi tabletkalarini mutloq biokiraolishligi sog‘lom odamlarda taxminan 50-60% ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilingandan keyin ahlatda 20-30% so‘rilmagan fraksiyalar aniqlangan. Ichga qabul qilingandan keyin metforminni so‘rilishi to‘yinuvchan va noto‘liq hisoblanadi. Metforminni so‘rilish farmakokinetikasi to‘g‘ri proporsional emas deb taxmin qilinadi.

Metforminni tavsiya qilingan dozalarda va dozalash sxemasida qabul qilingan hollarda plazmadagi turg‘un konsentrasiyasiga, 24-48 soat davomida erishiladi va odatda u
1 mikrogramm/ml dan kamni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish metforminni so‘rilish darajasini pasaytiradi va so‘rilishini kechiktiradi. 850 mg tabletkani peroral qabul qilingandan keyin plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasini 40% ga pasayishi, AUS (egri chiziq ostidagi maydoni) ni 25% ga pasayishi, shuningdek plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga erishish uchun kerak vaqtni 35 minutga uzayishi kuzatilgan.

Taqsimlanishi

Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish ahamiyatsiz metformin eritrositlarga kiradi. Qondagi Smax plazmadagi xuddi shunday ko‘rsatkichidan kam, lekin taxminan huddi shunday vaqt davomida erishiladi. Eritrositlar, ehtimoli ikkinchi taqsimlanish kamerasini ifodalaydi. O‘rtacha taqsimlanish hajmi (Vd) 63-276 l diapazonida o‘zgarib turadi.

Metabolizmi

Metformin siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Odatda metabolitlari aniqlanmagan.

Chiqarilishi

Metforminning buyrak klirensi >400 ml/min dan ortiqni tashkil qiladi, bu metforminni kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi hisobiga chiqarilishini ko‘rsatadi. Peroral qabul qilingandan keyin yarim chiqarilish davri taxminan 6,5 soatni tashkil qiladi.

Buyrak faoliyatini buzilishida metforminning klirensi kreatinin klirensiga proporsional pasayadi, muvofiq tarzda yarim chiqarilish davri uzayadi, bu plazmada metforminning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Maxsus pasientlar guruhlariga xarakteristika

Buyrak faoliyatini buzilishi

Shunday qilib, dozalarni tanlanganda klinik samaradorlik/o‘zlashtiraolinishi nisbatini baholash lozim (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

Bolalar

Bir martalik dozani qabul qilish yuzasidan tadqiqotlar:

Metformin gidroxloridini 500 mg bir martalik dozasini qabul qilingandan keyin pasient bolalarda sog‘lom kattalardagiga o‘xshash farmakokinetik profil aniqlangan.

 

Qo‘llanilishi

Qandli diabetning 2 tipi, ayniqsa semizlik bilan xastalangan pasientlarda, parhez bilan davolash va jismoniy yuklamalar samarasiz bo‘lganida:

  • kattalarda monoterapiya sifatida yoki boshqa peroral gipoglikemik vositalari bilan birga yoki insulin bilan birga$
  • bolalarda 10 yoshdan boshlab, monoterapiya sifatida yoki insulin bilan birga qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar

Monoterapiya va boshqa gipoglikemik vositalari bilan majmuaviy terapiya

Odatdagi boshlang‘ich doza ovqatdan keyin yoki ovqat vaqtida sutkada 2-3 marta 500 mg yoki 850 mg ni tashkil qiladi. 10-15 kundan keyin dozaga, glyukozaning qondagi darajasiga ko‘ra, tuzatish kiritish lozim. Dozani sekin oshirish me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya samaralarni kamayishiga yordam beradi. Metformin gidroxloridining maksimal tavsiya qilingan dozasi 3 marta qabul qilishga bo‘lingan holda sutkada 3 g ni tashkil qiladi. Boshqa gipoglikemik preparatlardan o‘tishni rejalashtirishda, boshqa preparatlarni qabul qilishni to‘xtatish va metforminni yuqorida ko‘rsatilgan dozada qabul qilishni boshlash kerak.

Insulin bilan majmuada qo‘llash

Qondagi glyukozani yaxshi nazorat qilishga erishish uchun metformin va insulinni majmuaviy davolash ko‘rinishida qo‘llash mumkin. Metformin gidroxloridining odatdagi boshlang‘ich dozasi sutkada 2-3 marta 500 mg va 850 mg ni tashkil qiladi, ayni paytda insulinning dozasi qonda glyukozaning konsentrasiyasiga asoslanib tanlanadi.

Keksa yoshli pasientlar

Keksa yoshli pasientlarda buyrak faoliyatini pasayishi mumkinligi tufayli, metfor-

minning dozasini buyrak faoliyati ko‘rsatkichlarini hisobga olib tanlash kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Metforminni o‘rtacha buyrak yetishmovchiligining 3a bosqichidagi pasientlarga (kreatinin klirensi [CrCl] 45-59 ml/min yoki kalavalar filtrasiyasining tezligiga [rSKF] 45-59 ml/min/1,73m2 asosan) faqat laktoasidozni rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar bo‘lmagan hollarda, quyidagi dozalarga rioya qilgan holda buyurish mumkin: boshlang‘ich doza kuniga bir marta 500 mg yoki 850 mg metformin gidroxloridini tashkil qiladi,. Maksimal doza 2 marta qabulga bo‘lingan holda kuniga 1000 mg ni tashkil qiladi. Buyrak faoliyatini sinchkov nazoratini (har 3-6 oyda) amalga oshirish kerak. Agar kreatinin klirensi (CrCl) yoki kalavalar filtrasiyasi tezligi (rSKF-KFT) muvofiq ravishda minutiga 45 ml dan pastga tushsa yoki
< 45 ml/min/1,73 m2 bo‘lsa, darhol metforminni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Bolalar va o‘smirlar

Monoterapiya insulin bilan va majmuada qo‘llash

  • Glyukofajni bolalarda 10 yoshdan boshlab buyurish mumkin.
  • Odatdagi boshlang‘ich doza 500 mg yoki 850 mg metformin gidroxloridini tashkil qiladi, sutkada 1 marta ovqat qabul qilish vaqtida yoki undan keyin qabul qilinadi.

10-15 kundan keyin qonda glyukozaning konsentrasiyasiga asoslanib, dozaga tuzatish kiritish kerak. Metformin gidroxloridining maksimal sutkalik dozasi 2-3 marta qabul qilishga bo‘lingan holda sutkada 2 g ni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Davolashni eng boshida eng ko‘p tarqalgan nojo‘ya reaksiyalar ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq va ishtahani yo‘qolishi bo‘lib, ular ko‘p hollarda mustaqil o‘tib ketadi. Ularni bartaraf qilish uchun metforminning sutkalik dozasini 2 yoki 3 marta qabulda qo‘llash va dozani asta-sekin oshirib borish tavsiya qilinadi.

Metformin bilan davolashda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar yuz berishi mumkin. Preparatning nojo‘ya samaralarining tez-tezligi quyidagicha baholanadi: juda tez-tez: (³1/10); tez-tez: (³1/100, <1/10); tez-tez emas: (³1/1000, <1/100); kam hollarda: (³1/10000, <1/1000); juda kam hollarda: (<1/10000).

Nojo‘ya ta‘sirlar, ularning ahamiyatini pasayishi tartibida keltirilgan.

Modda almashinuvi va ularni o‘zlashtirilishi tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda:

  • Laktoasidoz (shuningdek “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang)
  • Metformin uzoq muddat qo‘llanganida V12 vitaminini so‘rilishini sekinlashishi va zardobdagi darajasini pasayishi. Agar pasientda megaloblast anemiya belgilari kuzatilsa, ushbu etiologiyali holatlarni ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez:

  • Ta‘m sezishni buzilishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Juda tez-tez:

  • Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq va ishtahani yo‘qolishi kabi me‘da-ichak buzilishlari. Bunday noxush samaralar ko‘proq davolashni boshlang‘ich davrida paydo bo‘ladi va ko‘pchilik hollarda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Ularni oldini olish uchun metforminning sutkalik dozasini ovqat qabul qilish vaqtida yoki undan keyin 2 yoki 3 marta qabulda qabul qilish tavsiya etiladi. Dozani asta-sekin oshirish ham me‘da-ichakda dorini o‘zlashtirilishini yaxshilashi mumkin.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda:

  • Jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini buzilishi va gepatit to‘g‘risida alohida xabarlar

olingan bo‘lib, ular metformin bekor qilinganidan bartaraf bo‘ladi.

 

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda:

  • Eritema, qichishish, toshma kabi teri reaksiyalari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Metforminga yoki yordamchi moddalarning birontasiga yuqori sezuvchanlik;
  • Diabetik ketoasidoz, diabetik prekoma;
  • Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 45 ml dan yoki kalavalar filtrasiyasi 45 ml/min/1,73m2 dan kam) yoki o‘rtacha (3b darajali) va og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi;
  • Buyrak faoliyatini buzilishini rivojlanish xavfi bilan kechuvchi o‘tkir holatlar: degidratasiya (diareyadagi, qusishdagi), og‘ir infeksion kasalliklar, shok;
  • Dekompensasiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi, nafas yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti kabi to‘qima gipoksiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar (o‘tkir yoki surunkali kasalliklarning klinik yaqqol namoyon bo‘lgan ko‘rinishlari);
  • Jigar yetishmovchiligi, o‘tkir alkogolli intoksikasiya, alkogolizm.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tavsiya qilinmagan majmualar

Alkogol

O‘tkir alkogolli intoksikasiyada, ayniqsa oziqlanish yetarli bo‘lmagan hollarda, past kaloriyali parhezga amal qilinganda, shuningdek jigar yetishmovchiligida laktoasidozni rivojlanish xavfi oshadi. Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni va etanolni saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.

Yod saqlovchi kontrast moddalar

Yod saqlovchi kontrast moddalarni qon tomir ichiga yuborish buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, natijada metformin to‘planadi va laktoasidozni rivojlanish xavfi oshadi. Kalavalar filtrasiyasi tezligi >60 ml/min/1,73 m2 bo‘lgan pasientlarda metformin reaksiya paydo bo‘lgan hollarda yoki undan oldin to‘xtatilishi kerak. Preparatni bundan keyin kamida 48 soatdan keyin yuborish mumkin emas. Preparatni qabul qilish faqat buyrak faoliyatini tekshiruvi o‘tkazilgandan keyin va faqat asoratlar bo‘lmaganida amalga oshiriladi. O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (rSKF 45 va 60 ml/min/1,73 m2) bo‘lgan pasientlarda metforminni qabul qilishni yod saqlovchi kontrast moddalarni yuborishdan 48 soat oldin to‘xtatish kerak. Preparatni bundan keyin kamida 48 soat davomida yubormaslik kerak. Preparatni qabul qilish faqat buyrak faoliyatini tekshiruvi o‘tkazilgandan keyin va faqat asoratlar bo‘lmaganida amalga oshiriladi.

Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi lozim bo‘lgan majmualar

Giperglikemik faollikka xos xususiyatga ega dori preparatlar (masalan, glyukokortikoidlar, tizimli va mahalliy yuborish) va simpatomimetiklar)

Qonda glyukoza darajasini, ayniqsa davolashni boshida tez-tez nazorati talab qilinadi. Zarurat bo‘lganida metforminning dozasini yondosh dori vositalari bilan davolash vaqtida, shuningdek uni qo‘llash to‘xtatilgan vaqtda yo‘lga solish kerak.

Diuretiklar, ayniqsa halqali diuretiklar

Ular buyrak faoliyatni kamaytirish qobiliyati sababli, laktoasidoz xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Laktoasidoz

Laktoasidoz metforminni kumulyasiyasi tufayli paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan kam uchraydigan, lekin jiddiy (shoshilinch davolash o‘tkazilmaganda o‘lim ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi) asoratidir. Metformin qabul qilinganda laktoasidoz holatlari asosan yaqqol buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak faoliyatini o‘tkir buzilishi bo‘lgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda yuz bergan.

Buyrak faoliyatini buzilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda, masalan, suvsizlanish hollarida (diareyaning og‘ir shakllariva qusish), yoki antigipertenziv davolashda yoki diuretikalar bilan davolashda yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) bilan davolash buyurilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Yuqorida sanab o‘tilgan og‘ir holatlarda metforminni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilishi mumkin. Laktoasidozdan saqlanish uchun yomon nazorat qilinadigan qandli diabet, ketoasidoz, uzoq muddat ochlik, alkolgolni haddan ziyod ist‘emol qilish, jigar yetishmovchiligi va gipoksiya bilan bog‘liq har qanday holatlarni (masalan, dekompensasiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti) kabi yondosh omillarni hisobga olish lozim, boshqa yondosh omillarni (shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang) ko‘rib chiqish lozim.

Laktoasidoz xavfi mushak tirishishlari, hamda qorinda og‘riq va og‘ir asteniya kabi ovqat hazm bo‘lishini buzilishlarining nospesifik belgilari paydo bo‘lgan hollarda ko‘rib chiqilishi lozim. Pasientlar, bunday belgilar, xususan agar pasientlar ilgari metforminni yaxshi o‘zlashtiraolishligi kuzatilgan bo‘lsa, shifokorlarni darhol xabardor qilish kerakligi maqsadida yo‘l-yo‘riq olgan bo‘lishlari kerak. Metforminni qabul qilish, hech bo‘lmaganda vaziyat oydinlashguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatilishi kerak. Metforminni qayta buyurish foyda/xavf nisbatini hisobga olgan holda, shuningdek buyrak faoliyatini hisobga olgan holda shaxsiy tartibda amalga oshirilishi kerak.

Tashxis:

Laktoasidoz simptomlari asidotik hansirash, qorinda og‘riq va gipotermiya, keyinchalik koma holati ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Laborator tekshirishlarda: qon rN ko‘rsatkichini pasayishi, plazmada laktat miqdorini 5 mmol/l dan yuqori oshishi, shuningdek anion oraliqni va laktat/piruvat nisbatini oshishi aniqlanadi. Laktoasidoz holatida pasient darhol gospitilizasiya qilinishi kerak (“Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limiga qarang). Shifokorlar pasientlarni  laktoasidoz xavfi va simptomlari to‘g‘risida ogohlantirishlari kerak.

Buyrak faoliyati

Metformin buyrak orqali chiqarilishi tufayli, kreatinin klirensi (qon zardobida kreatininni darajasini Kokroft-Golt formulasini ishlatib hisobga olgan holda hisoblash mumkin) yoki KFT (rSKF) keyinchalik davolashni boshlashdan oldin va muntazam ravishda aniqlanadi:

  • buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda hech bo‘lmaganda yiliga kamida bir marta,
  • kreatinin klirensi normaning pastki chegarasida bo‘lgan pasientlarda va keksa pasientlarda yiliga hech bo‘lmaganda 2-4 marta aniqlanadi.

Agar kreatinin klirensi <45 ml/min (KFT <45 ml/min/1,73 m2) bo‘lgan hollarda metforminni qo‘llash mumkin emas (shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Keksa pasientlarda buyraklar faoliyatini pasayishi tez uchraydigan holat va u simptomsiz kechadi. Alohida ehtiyotkorlikni buyrak faoliyatini buzilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda, masalan, suvsizlaniishda, yoki antigipertenziv preparatlar yoki  diuretiklar bilan  davolash ta‘sirida kuchayganda, shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) bilan davolashni boshida namoyon etish lozim. Bunday hollarda, metformin bilan  davolashni boshlashdan  oldin buyrak faoliyatini tekshirish tavsiya qilinadi.

Yurak faoliyati

Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar orasida gipoksiya va buyrak yetishmovchiligining ancha yuqori xavfi kuzatiladi. Chidamli surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun metforminni, yurak va buyrak faoliyatining muntazam monitoringini o‘tkazgan holda buyurish mumkin.

O‘tkir va nostabil yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun metforminni qo‘llash mumkin emas (shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

 

Yod saqlovchi rentgenkontrast vositalarni buyurish

Radiologik tekshirishlarda yod saqlovchi rentgenkontrast vositalarni qon tomir ichiga yuborish buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Bu metforminni to‘planishini va laktoasidoz xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

Kalavalar filtrasiyasi tezligi (rSKF) >60 ml/min/1,73 m2 bo‘lgan pasientlarda metforminni qabul qilish reaksiya namoyon bo‘lishidan oldin yoki namoyon bo‘lishi vaqtida to‘xtatilishi kerak. Preparatni, bundan kamida 48 soatdan keyin yuborish mumkin emas. Preparatni qabul qilish, faqat buyrak faoliyatini tekshiruvi o‘tkazilgandan keyin, va faqat asoratlar bo‘lmaganidagina amalga oshiriladi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (KFT 45 va 60 ml/min/1,73 m2 orasida bo‘lganida) bo‘lgan pasientlarda metforminni qabul qilishni yod saqlovchi kontrast moddalarni yuborishdan 48 soat oldin to‘xtatish kerak. Preparatni bundan keyin kamida 48 soat davomida qo‘llash mumkin emas. Preparatni qabul qilish, faqat buyrak faoliyatini  tekshiruvi o‘tkazilgandan keyin va faqat asoratlar bo‘lmaganidagina amalga oshiriladi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Jarrohlik operasiyalari

Metforminni qo‘llashni, umumiy spinal yoki epidural anesteziya ostida bajariladigan rejali jarrohlik operasiyalarni o‘tkazishdan 48 soat oldin  to‘xtatish kerak. Davolash jarrohlik operasiyalaridan kamida 48 soatdan keyin va enteral oziqlantirish tiklangandan keyin, buyrak faoliyatini qayta tekshiruvidan keyin davom ettirilishi mumkin.

Bolalar va o‘smirlar

Metformin bilan davolash qandli diabetning 2 tipi tashhisi qo‘yilganidan keyin boshlanadi. Shu sababli bolalarni, xususan pubertat yoshidagi o‘smirlarni ushbu parametrlarga muvofiq davolashda metforminning ta‘sirini sinchkov kuzatuvini o‘tkazish tavsiya qilinadi.

10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar

10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerakligi tavsiya qilinadi.

Boshqa ehtiyotkorlik choralari

Pasientlarga kun davomida uglevodlarni bir tekis iste‘mol qilinishi bilan bog‘liq parhezga amal qilishni davom ettirishlari tavsiya qilinadi. Tana vazni ortiqcha bo‘lgan pasientlarga gipokaloriyali parhezga amal qilishni davom ettirish tavsiya qilinadi.

Qandli diabetni nazorat qilish uchun standart laborator tahlillarni muntazam o‘tkazish tavsiya qilinadi. Metformin preparati bilan monoterapiya gipoglikemiyani chaqirmaydi, biroq uni insulin yoki boshqa gipoglikemik preparatlar (shu jumladan sulfonilmochevina hosilalari, meglitinid) bilan majmuada qo‘llanganda ehtiyotkorlikni namoyon etish tavsiya qilinadi.

Fertillik, homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtidagi dekompensasiyalangan qandli diabet tug‘ma nuqsonlar va perinatal o‘limni yuz berishini yuqori xavfi bilan bog‘liq.

Homiladorlik rejalashtirilayotganida, shuningdek metforminni qabul qilish fonida homiladorlik boshlangan hollarda, preparat bekor qilinishi va homilada rivojlanish nuqsonlarini paydo bo‘lish xavfini pasaytirish uchun qon plazmasida glyukozaning miqdorini normaga eng yaqin bo‘lgan darajada tutib turish maqsadida insulin bilan davolashni buyurish kerak.

Laktasiya davri

Metformin ko‘krak suti bilan chiqariladi. Metforminni qabul qilish fonida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda/emizikli bolalarda nojo‘ya samaralari kuzatilmagan. Biroq ma‘lumotlar soni cheklanganligi tufayli, preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Emzishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror, emizishdan kutiladigan foyda va bola uchun nojo‘ya samaralarni yuz berishini potensial xavfini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.

Fertillik

Metformin sutkada 600 mg/kg dozada qo‘llanganda erkak va urg‘ochi kalamushlarning fertilligiga ta‘sir qilmagan, bu odamda tana yuzasining maydonidan kelib chiqib hisoblanib, tavsiya qilinadigan maksimal sutkalik dozadan deyarli 3 marta yuqoridir.

Bolalar

Chop etilgan va postmarketing ma‘lumotlardan, shuningdek 1 yil davomida davolangan 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardagi cheklangan nazoratli tadqiqotlardan xarakteri va og‘irlik darajasi bilan kattalardagiga o‘xshash nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida xabarlar olingan.

Transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Preparat bilan monoterapiya gipoglikemiya chaqirmaydi va shuning uchun transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilash ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi. Ammo metforminni gipoglikemiyani rivojlanish xavfi sababli, boshqa gipoglikemik preparatlar (sulfonilmochevina hosilalari, insulin, repaglinid) bilan birga ehtiyotkorlik bilan  qo‘llash lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Metformin 85 g gacha dozada gipoglikemiyani chaqirmagan, biroq bunday hollarda laktoasidozni rivojlanishi kuzatilgan. Dozani ancha oshirib yuborilishi yoki yondosh xavf omillari laktoasidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Laktoasidoz – bu shoshilinch holat bo‘lib, stasionar sharoitda davolanishi kerak. Gemodializ- organizmdan laktat va metforminni chiqarilishi bo‘yicha eng samarali chora bo‘lib hisoblanadi.

 

Chiqarilish shakli

20 tabletkadan PVX/alyumin folgali blisterda, 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60 dori vositasi Нанолек ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
INSUFOR tabletkalari 850mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метформин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
INSUFOR tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метформин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 32 500 so'mdan Batafsil
INSUFOR tabletkalari 1000mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метформин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 36 400 so'mdan Batafsil
METFORMIN tabletkalari 1000mg N60
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
METFORMIN tabletkalari 500mg N60
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
METFORMIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метформин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9