IMMUNOMODULIN inyeksiya uchun eritma 1ml 0,01% N10

IMMUNOMODULIN inyeksiya uchun eritma 1ml 0,01% N10 o'xshash dorilari




IMMUNOMODULIN inyeksiya uchun eritma 1ml 0,01% N10 qo'llanmasi
faol modda: immunomodulin - 0,1 g;
yordamchi moddalar: natriy xloridi 9 g, in'ektsiya uchun suv 1 litrgacha.
0,01% in'ektsiya uchun eritma, 1 ml dan (100 mkg) tibbiy shishadan tayyorlangan ampulalarda.
0,01% in'ektsiya uchun eritma, 1 ml dan (100 mkg) polipropilen yoki polietilen tibbiy ampulalarda.
Preparat timusning tabiiy yuqori tozalangan 1-6 kda molekulyar og'irlikka ega peptidlari majmuasidan tashkil topgan. Odamda va hayvonlarda immun tizimining buzilgan faoliyatini tuzatadi. Immun tanqisligi va autoimmun jarayonlarida u qonda T-limfositlar, T-supressorlar, T-xelperlar, fagositlar miqdorini tiklaydi va xususiy a'zo va to'qimalarga qarshi yo'naltirilgan hujayraviy immun reaktsiyalari jadalligini pasaytiradi, infektsion agentlarga (viruslar, bakteriyalar, zamburug'lar, parazitlar) qarshi immun javobini, monooksigenazlarni rag'batlantirishi orqali jigardagi detoksikasiyani, xamda organizm to'qimalarining regenerasiyasini rag'batlantiradi. Bolalar va kattalarda vaktsinasiya samaradorligini oshiradi. Virusli gepatiti bo'lgan bemorlar qonidan HBs antigenini chiqaradi. Biorag'batlantiruvchi va gemorag'batlantiruvchi xususiyatlariga ega. Immunomodulinning klinik samaradorligi holatni yaxshilanishida, kasallikning asosiy belgilari: og'riq, dispeptik xolatlar, intoksikasiyani tezda yo'qolishi va sog'ayishi muddatlarini keskin qisqarishida va kasallik qaytallanishlari sonining kamayishida namoyon bo'ladi.
Transport vositalarini boshqarish va boshqarish mexanizmlariga ta'sir ko'rsatish
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmadi.
Immuntanqis kasalliklar va xolatlarida, shu jumladan gripp, virusli gepatitlar, kollagenozlar (revmatizm, revmatoid artrit, tizimli sklerodermiya), yiringli-septik kasalliklar (destruktiv pnevmoniya, osteomielit, saramas yallig'lanishi), surunkali bronxit va pnevmoniya, pielonefrit, prostatit, qandli diabet, gastroduodenit, o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi, teri va tanosil kasalliklari bo'lgan bemorlarda, o'smalarni kimyo va nur davosida, homiladorlikda, vaktsinasiya qilinganlarda, xamda ekologik noqulay sharoitlarda yashovchi va ishlovchilarda immun tizimining buzilishlarini oldini olish, tuzatish va rag'batlantirish uchun qo'llanadi.
- preparatga va preparatning komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik;
- laktasiya davri.
Antibiotiklar va boshqa asosiy davolash preparatlari bilan mutanosib.
Preparatni bolalar va kattalarga asosiy davolash fonida 5-7 in'ektsiya kurslari, har kuni bir in'ektsiyadan yoki 1-3 kunda (9-28 kun), yaxshisi kechqurun 1,0-1,5 mkg/kg tana vazniga sutkalik dozada teri ostiga yoki mushak ichiga buyurish tavsiya qilinadi. Surunkali kasalliklarda qo'shimcha tutib turuvchi kurslar bir in'ektsiyadan 2-7 kun oralig'ida 2-16 hafta davomida o'tkaziladi.
Preparat bolalarga tana vazni hisobidan: 10 kg gacha - 0,1 ml; 10-30 kg - 0,3 ml; 30-50 kg - 0,5 ml; 50 kg va undan yuqoriga - 1,0 ml dan yuboriladi.
Yuborishga bo'lgan reaktsiya
Preparatni yuborishga bo'lgan reaktsiya kuzatilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi xususida ma'lumotlar kelib tushmagan. Doza oshirib yuborilgan xollarda simptomatik davolash buyuriladi.



