Ташкент
logo
SavatKirish

Immunomodulin

Immunomodulin chiqarish shakllari

IMMUNOMODULIN inyeksiya uchun eritma 1ml 0,01% N10
Retseptli
IMMUNOMODULIN inyeksiya uchun eritma 1ml 0,01% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO Immunomed
•3 ta dorixonada bor
Narxi
80 000 so'm dan
- Immunomodulin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Immunomodulinning tarkibi
- Immunomodulin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Immunomodulin narxi Toshkent dorixonalarida

Immunomodulin qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatga va preparatning komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik;

- homiladorlik;

- laktasiya davri.

Tarkibi

faol modda: immunomodulin - 0,1 g;

yordamchi moddalar: natriy xloridi 9 g, in'ektsiya uchun suv 1 litrgacha.

Farmakodinamikasi

Preparat timusning tabiiy yuqori tozalangan 1-6 kda molekulyar og'irlikka ega peptidlari majmuasidan tashkil topgan. Odamda va hayvonlarda immun tizimining buzilgan faoliyatini tuzatadi. Immun tanqisligi va autoimmun jarayonlarida u qonda T-limfositlar, T-supressorlar, T-xelperlar, fagositlar miqdorini tiklaydi va xususiy a'zo va to'qimalarga qarshi yo'naltirilgan hujayraviy immun reaktsiyalari jadalligini pasaytiradi, infektsion agentlarga (viruslar, bakteriyalar, zamburug'lar, parazitlar) qarshi immun javobini, monooksigenazlarni rag'batlantirishi orqali jigardagi detoksikasiyani, xamda organizm to'qimalarining regenerasiyasini rag'batlantiradi. Bolalar va kattalarda vaktsinasiya samaradorligini oshiradi. Virusli gepatiti bo'lgan bemorlar qonidan HBs antigenini chiqaradi. Biorag'batlantiruvchi va gemorag'batlantiruvchi xususiyatlariga ega. Immunomodulinning klinik samaradorligi holatni yaxshilanishida, kasallikning asosiy belgilari: og'riq, dispeptik xolatlar, intoksikasiyani tezda yo'qolishi va sog'ayishi muddatlarini keskin qisqarishida va kasallik qaytallanishlari sonining kamayishida namoyon bo'ladi.

Dozirovkasi

Preparatni bolalar va kattalarga asosiy davolash fonida 5-7 in'ektsiya kurslari, har kuni bir in'ektsiyadan yoki 1-3 kunda (9-28 kun), yaxshisi kechqurun 1,0-1,5 mkg/kg tana vazniga sutkalik dozada teri ostiga yoki mushak ichiga buyurish tavsiya qilinadi. Surunkali kasalliklarda qo'shimcha tutib turuvchi kurslar bir in'ektsiyadan 2-7 kun oralig'ida 2-16 hafta davomida o'tkaziladi.

Preparat bolalarga tana vazni hisobidan: 10 kg gacha - 0,1 ml; 10-30 kg - 0,3 ml; 30-50 kg - 0,5 ml; 50 kg va undan yuqoriga - 1,0 ml dan yuboriladi.

Yuborishga bo'lgan reaktsiya

Preparatni yuborishga bo'lgan reaktsiya kuzatilmagan.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi xususida ma'lumotlar kelib tushmagan. Doza oshirib yuborilgan xollarda simptomatik davolash buyuriladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Transport vositalarini boshqarish va boshqarish mexanizmlariga ta'sir ko'rsatish

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmadi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antibiotiklar va boshqa asosiy davolash preparatlari bilan mutanosib.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IMMUNOMODULIN

IMMUNOMODULIN

Preparatning savdo nomi: Immunomodulin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

faol modda: immunomodulin – 0,1 g;

yordamchi moddalar: natriy xloridi 9 g, in‘eksiya uchun suv 1 litrgacha.

Ta‘rifi: tiniq, yashil-sariq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Immunomodulyasiyalovchi vosita.

ATX kodi: L03

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat timusning tabiiy yuqori tozalangan 1-6 kDa molekulyar og‘irlikka ega peptidlari majmuasidan tashkil topgan. Odamda va hayvonlarda immun tizimining buzilgan faoliyatini tuzatadi. Immun tanqisligi va autoimmun jarayonlarida u qonda T-limfositlar, T-supressorlar, T-xelperlar, fagositlar miqdorini tiklaydi va xususiy a‘zo va to‘qimalarga qarshi yo‘naltirilgan hujayraviy immun reaksiyalari jadalligini pasaytiradi, infeksion agentlarga (viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, parazitlar) qarshi immun javobini, monooksigenazlarni rag‘batlantirishi orqali jigardagi detoksikasiyani, xamda organizm to‘qimalarining regenerasiyasini rag‘batlantiradi. Bolalar va kattalarda vaksinasiya samaradorligini oshiradi. Virusli gepatiti bo‘lgan bemorlar qonidan HBs antigenini chiqaradi. Biorag‘batlantiruvchi va gemorag‘batlantiruvchi xususiyatlariga ega. Immunomodulinning klinik samaradorligi holatni yaxshilanishida, kasallikning asosiy belgilari: og‘riq, dispeptik xolatlar, intoksikasiyani tezda yo‘qolishi va sog‘ayishi muddatlarini keskin qisqarishida va kasallik qaytallanishlari sonining kamayishida namoyon bo‘ladi.

Farmakokinetikasi

Tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ma‘lumotlar yo‘q.

Qo‘llanilishi

Immuntanqis kasalliklar va xolatlarida, shu jumladan gripp, virusli gepatitlar, kollagenozlar (revmatizm, revmatoid artrit, tizimli sklerodermiya), yiringli-septik kasalliklar (destruktiv pnevmoniya, osteomielit, saramas yallig‘lanishi), surunkali bronxit va pnevmoniya, pielonefrit, prostatit, qandli diabet, gastroduodenit, o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, teri va tanosil kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, o‘smalarni kimyo va nur davosida, homiladorlikda, vaksinasiya qilinganlarda, xamda ekologik noqulay sharoitlarda yashovchi va ishlovchilarda immun tizimining buzilishlarini oldini olish, tuzatish va rag‘batlantirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni bolalar va kattalarga asosiy davolash fonida 5-7 in‘eksiya kurslari, har kuni bir in‘eksiyadan yoki 1-3 kunda (9-28 kun), yaxshisi kechqurun 1,0-1,5 mkg/kg tana vazniga sutkalik dozada teri ostiga yoki mushak ichiga buyurish tavsiya qilinadi. Surunkali kasalliklarda qo‘shimcha tutib turuvchi kurslar bir in‘eksiyadan 2-7 kun oralig‘ida 2-16 hafta davomida o‘tkaziladi.

Preparat bolalarga tana vazni hisobidan: 10 kg gacha – 0,1 ml; 10-30 kg – 0,3 ml; 30-50 kg – 0,5 ml; 50 kg va undan yuqoriga – 1,0 ml dan yuboriladi.

Yuborishga bo‘lgan reaksiya

Preparatni yuborishga bo‘lgan reaksiya kuzatilmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kuzatilmagan. Allergik reaksiyalar yuz berishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Aniqlanmagan.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antibiotiklar va boshqa asosiy davolash preparatlari bilan mutanosib.

Mahsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi xususida ma‘lumotlar kelib tushmagan. Doza oshirib yuborilgan xollarda simptomatik davolash buyuriladi.

Chiqarilish shakli

0,01% in‘eksiya uchun eritma, 1 ml dan (100 mkg) ampulalarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, xona haroratida saqlansin.

Transportirovka Dav.Stan. 17768-90 Ye ga muvofik amalga oshiriladi.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

0,01% in'ektsiya uchun eritma, 1 ml dan (100 mkg) tibbiy shishadan tayyorlangan ampulalarda.

0,01% in'ektsiya uchun eritma, 1 ml dan (100 mkg) polipropilen yoki polietilen tibbiy ampulalarda.

Qo'llanilishi

Immuntanqis kasalliklar va xolatlarida, shu jumladan gripp, virusli gepatitlar, kollagenozlar (revmatizm, revmatoid artrit, tizimli sklerodermiya), yiringli-septik kasalliklar (destruktiv pnevmoniya, osteomielit, saramas yallig'lanishi), surunkali bronxit va pnevmoniya, pielonefrit, prostatit, qandli diabet, gastroduodenit, o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi, teri va tanosil kasalliklari bo'lgan bemorlarda, o'smalarni kimyo va nur davosida, homiladorlikda, vaktsinasiya qilinganlarda, xamda ekologik noqulay sharoitlarda yashovchi va ishlovchilarda immun tizimining buzilishlarini oldini olish, tuzatish va rag'batlantirish uchun qo'llanadi.

Immunomodulin narxlari

Immunomodulin barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Immunomodulin savollari

Immunomodulin fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida
Fotima
21.04.2021 11:21
5
Judayam yaxshi tushintirilgan raxmat

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil