KALIYA XLORID 0,04/ML konsentrat 200ml N20

KALIYA XLORID 0,04/ML konsentrat 200ml N20 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Dori preparati vena ichiga yuborilganligi sababli, uning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Kaliy va xlor ionlari organizmning umumiy puliga qo'shiladi. Plazmadagi kaliy konsentratsiyasi va kislota-asos holati o'zaro chambarchas bog'liq. Alkaloz ko'pincha gipokaliemiya bilan, atsidoz esa giperkaliemiya bilan kechadi. Atsidozda qon plazmasidagi kaliy konsentratsiyasining me'yor chegarasida bo'lishi kaliy tanqisligini ko'rsatadi. Hujayra ichidagi kaliy konsentratsiyasi taxminan 140-150 mmol/l ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi kaliy konsentratsiyasi me'yorda 3,5 dan 5 mmol/l gachani tashkil qiladi.
Biotransformatsiyasi
Tadbiq etilmaydi.
Chiqarilishi
Kaliy asosan buyraklar orqali siydik bilan (taxminan 90%), taxminan 10% organizmdan me'da-ichak yo'li orqali chiqariladi. Hatto kaliy tanqisligi sharoitida ham sutkada 10-50 mmol kaliy buyraklar orqali chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Noxush nojo‘ya reaksiyalar giperkaliemiya simptomlari ko‘rinishida faqat mutlaq yoki nisbiy dozadan oshib ketish va/yoki infuziyaning juda yuqori tezligida rivojlanishi mumkin. Noxush nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanish tez-tezligi dozaga bog‘liq.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: allergik reaksiyalar.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: atdidoz, giperxloremiya, giperkaliemiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: toliqish, mushak zaifligi, ongning chalkashishi, oyoq-qo‘llarda og‘irlik, mushak tirishishlari, paresteziyalar, ko‘tariluvchi falaj.
Yurak tomonidan buzilishlar: bradikardiya, AV blokada, qorinchalar fibrillyatsiyasi, yurak to‘xtashi. Infuziyaning juda yuqori tezligi yurak aritmiyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Tomirlar tomonidan buzilishlar: qon bosimining pasayishi, qon aylanishining markazlashuvi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: ko‘ngil aynishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Davolash davrida yuborish vaqtida qon zardobidagi kaliy kontsentratsiyasini monitoring qilish va dozani o'z vaqtida to'g'irlash zarur. Bundan tashqari (ayniqsa yurak, buyrak kasalliklarida yoki atsidoz mavjud bo'lganda) kislota-ishqor muvozanati, zardob elektrolitlari, EKG va bemorning klinik holatini nazorat qilish tavsiya etiladi. Giperkaliemiya tez rivojlanadi va simptomsiz kechadi hamda potentsial ravishda yurak ichki o'tkazuvchanligi blokadasiga va o'limga olib kelishi mumkin. Giperkaliemiyaning erta belgilari - gipotonus va oyoq-qo'llar paresteziyasi. Gipokaliemiyani davolash og'ir giperkaliemiyani oldini olish uchun kaliy tuzlari va kaliyni tejovchi diuretiklarni bir vaqtda yuborish bilan o'tkazilmasligi kerak. Kaliy preparatlari bilan davolash yurak blokadalari bilan kechuvchi kasalliklarda o'tkazilmasligi kerak, chunki bu blokada darajasini oshirishi mumkin. Davolashning boshlang'ich bosqichida glyukoza bilan bir vaqtda yuborishdan saqlanish kerak, chunki bu kaliy kontsentratsiyasini yanada pasayishiga olib kelishi mumkin. Preparatni faqat vena ichiga yuborishni ta'minlash zarur, chunki vena atrofiga yuborish to'qimalar nekrozini chaqirishi mumkin. Kaliy xlorid kichik diametrli venalarga yuborilganda, yuborish joyida og'riq bilan kechishi mumkin. Eritmani faqat u tiniq bo'lsa va ampula shikastlanmagan bo'lsa ishlatish kerak. Preparatni faqat mos keluvchi infuziya uchun eritmada suyultirilgan holda qo'llash kerak. Preparatni bevosita ampula ochilgandan so'ng suyultirish kerak. Preparatni suyultirishda aseptika qoidalariga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Mikrobiologik xavfsizlik nuqtai nazaridan suyultirilgan preparat darhol ishlatilishi kerak. Ampula faqat bir marta ishlatish uchun mo'ljallangan. Ishlatilmay qolgan preparat hajmlari yo'q qilinishi kerak.
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga gipersezuvchanlik, har qanday etiologiyali giperkaliemiya yoki giperxloremiya, to'liq atrioventikulyar yoki qorinchalar ichki blokadasi, oliguriya yoki azotemiya bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi, qorinchalar fibrillatsiyasi, Addison kasalligi, adrenogenital sindrom bilan bog'liq giperadrenalizm, to'qimalarning ekstensiv parchalanishi (shu jumladan og'ir kuyishlarda), o'tkir degidratatsiya, issiqlik tirishishlari, kaliy yuborishga yuqori sezuvchanlik bilan kechuvchi holatlar (shu jumladan irsiy epizodik adinamiya yoki tug'ma paramiotoniya), kaliy tuzlari va kaliyni tejovchi diuretiklar bilan yondosh terapiya.
Ehtiyotkorlik bilan:
I-II darajali atrioventikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi, o'roqsimon hujayrali anemiya, kaliy ekskretsiyasining buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar va holatlar, shu jumladan surunkali buyrak yetishmovchiligi, buyrak usti bezi yetishmovchiligi. Yurak glikozidlari, aldosteron antagonistlari, AAF ingibitorlari, takrolimus, siklosporin, uzoq muddat ta'sir qiluvchi geparin, suksametoniy yoki potensial nefrotoksik dori preparatlarini (nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, periferik ta'sir qiluvchi analgetiklar) qabul qiluvchi bemorlarda.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homilador ayollarga preparatni tayinlashda ehtiyot bo'lish kerak. Preparat faqat uni qo'llash uchun aniq ko'rsatmalar mavjud bo'lganda, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo'lsa, qo'llanilishi kerak (iloji bo'lsa, ichga qabul qilish uchun kaliy preparatlari tayinlanadi). Kaliy ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Emizikli ayollarga preparatni tayinlashda ehtiyot bo'lish kerak (iloji bo'lsa, ichga qabul qilish uchun kaliy preparatlari tayinlanadi).
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Kaliy tejovchi diuretiklar (shu jumladan triamteren, spironolakton, amilorid) bilan bir vaqtda yuborish buyraklar orqali kaliy ionlari ekskretsiyasining kamayishi hisobiga og'ir giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. AO'F ingibitorlari - giperkaliemiya rivojlanish xavfi, chunki AO'F ingibitorlari aldosteron sekretsiyasini kamaytiradi, bu organizmda kaliy ushlanib qolishiga olib keladi. Beta-adrenoblokatorlar kaliyni shoshilinch ravishda tomir ichiga yuklama dozada yuborilgan bemorlarda qon zardobidagi kaliyning maksimal kontsentratsiyasini ham, uning dastlabki darajaga qaytishi uchun zarur bo'lgan vaqtni ham oshirgan. Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar - buyraklarda prostaglandinlar sintezi ingibirlangandan keyin ikkilamchi giperaldosteronizm rivojlanishi oqibatida giperkaliemiya rivojlanish xavfi. Geparin aldosteron sintezini kamaytiradi, bu giperkaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi mavjud bo'lganda yoki organizmdan kaliy ekskretsiyasini yomonlashtiradigan boshqa holatlarda. Yurakning og'ir va to'liq blokadasi bo'lgan, bir vaqtning o'zida yurak glikozidlarini qo'llayotgan bemorlarda kaliy preparatlarini yuborish tavsiya etilmaydi. Bunday bemorlarda gipokaliemiyani to'g'irlash uchun kaliy preparatlari qo'llanilganda, qat'iy monitoring talab etiladi. Insulin, natriy gidrokarbonat bilan bir vaqtda qo'llash qon zardobida kaliy miqdorini kamaytiradi. Kaliy saqlovchi yoki giperkaliemiya rivojlanishiga moyillik yaratuvchi quyidagi dori vositalari kaliy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda kaliy to'planishiga olib kelishi mumkin: aliskiren, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari, siklosporin, takrolimus. Vena ichiga yuborish uchun quyidagi eritmalar bilan farmatsevtik jihatdan mutanosib: in'ektsiya uchun glyukoza (dekstroza) bilan kombinatsiyada Ringer eritmasi, in'ektsiya uchun glyukoza (dekstroza) bilan kombinatsiyada Ringer laktat eritmasi, in'ektsiya uchun Ringer laktat eritmasida 5% glyukoza (dekstroza) eritmasi, natriy xlorid bilan kombinatsiyada glyukoza (dekstroza) eritmasi, 0,9% natriy xlorid eritmasida 5% glyukoza (dekstroza) eritmasi, in'ektsiya uchun suvda 2,5%, 5%, 10%, 20% glyukoza (dekstroza) eritmalari, in'ektsiya uchun Ringer eritmasi, in'ektsiya uchun Ringer laktat eritmasi, 0,45%, 0,9%, 3% natriy xlorid eritmalari. Suyultirilganda tarkibida quyidagilar bo'lgan eritmalar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib: amikatsin sulfat, amfoteritsin B, amoksitsillin natriy, benzilpenitsillin, diazepam, dobutamin gidroxlorid, ergotamin tartrat, etopozid tsisilantin va mannitol bilan, metilprednizolon natriy suktsinat, fenitoin natriy, prometazin gidroxlorid, natriy nitroprussid, streptomitsin sulfat, mannitol, soya yog'i va letsitin saqlovchi steril yog'li emulsiya (ushbu ro'yxat to'liq emas).
Dozirovkasi
Kaliy tanqisligini davolash uchun doza qon plazmasidagi elektrolitlarning haqiqiy konsentratsiyasi va kislota-asos holati ko'rsatkichlariga muvofiq tanlanishi kerak.
O'rtacha, simptomsiz kaliy tanqisligini davolash va ushlab turuvchi terapiyada doza:
O'rtacha kaliy tanqisligini to'g'rilash va ushlab turuvchi terapiyada zarur bo'lgan kaliy miqdori quyidagi formula bo'yicha hisoblanishi mumkin:
talab qilinadigan K+ miqdori mmol = (TV*[kg] x 0,2)** x 2 x (qon plazmasidagi K+ ning maqsadli konsentratsiyasi *** - qon plazmasidagi K+ ning haqiqiy konsentratsiyasi [mmol/l]
bu yerda:
*TV = tana vazni;
**Qiymat hujayradan tashqari suyuqlik hajmini ifodalaydi;
*** qon plazmasidagi K+ ning maqsadli konsentratsiyasi 4,5 mmol/l ga teng bo'lishi kerak.
Yurak ritmi buzilishlari bilan kechuvchi gipokaliyemiyada - 1-1,5 g dan kuniga 4-5 marta; yurak ritmi tiklangandan so'ng doza kamaytiriladi.
Paroksizmal taxikardiya xurujlarini bartaraf etish uchun birinchi kuni 8-12 g, keyinchalik 3-6 g gacha kamaytirish bilan.
Eritma vena ichiga tomchilab yuboriladi - 500 ml 0.9 % izotonik natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza eritmasiga 2,5 g gacha kaliy xlorid hisobidan.
Gipokaliyemiyani davolash boshida dekstroza eritmasi qo'llanilmaydi, chunki u qonda kaliy konsentratsiyasining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Miokard infarktida ektopik aritmiyalarning oldini olish va davolash uchun qutblovchi aralashma qo'llaniladi: 500 ml 5 %-10 % dekstroza eritmasida 2-2,5 g kaliy xlorid eritmasi (3-4 g quruq dekstrozaga 1 TB hisobidan qisqa ta'sir qiluvchi insulin qo'shiladi). Olingan eritma daqiqasiga 20-30 tomchi tezlikda vena ichiga tomchilab yuboriladi. Yuborish tezligi soatiga 1,5 g dan oshmasligi kerak. Og'ir gipokaliyemiya yoki ketoasidozda yuqoriroq yuborish tezligi talab qilinishi mumkin, bu majburiy EKG-monitoring bilan birga bo'lishi kerak.
Tana vazni 25 kg dan kam bo'lgan bolalar va yangi tug'ilgan chaqaloqlarga yuboriladigan sutkalik doza 0,225 g/kg tana vaznidan oshmasligi kerak. Tana vazni 25 kg dan ortiq bo'lgan bolalar uchun dozalar kattalarnikiga mos keladi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: chiqarish mexanizmining buzilishi yoki kaliyni juda tez vena ichiga yuborish fatal giperkaliemiyaga (mushak gipotonusi, oyoq-qo'llar paresteziyasi, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikning sekinlashishi, aritmiyalar, yurak to'xtashi) olib kelishi mumkin. Giperkaliemiyaning erta klinik belgilari odatda qon zardobida kaliy ionlari konsentratsiyasi 6 mekv/l dan oshganda paydo bo'ladi: T tishining o'tkirlashishi, P tishining yo'qolishi, ST segmentining pasayishi, QT intervalining uzayishi, QRS kompleksining kengayishi. Giperkaliemiyaning og'irroq simptomlari - mushaklar falaji va yurak to'xtashi - kaliy ionlari konsentratsiyasi 9-10 mekv/l bo'lganda rivojlanadi.
Davolash: Kaliy xlorid infuziyasini to'xtatish. Ichishga yoki vena ichiga - natriy xlorid eritmasi; vena ichiga 300-500 ml 5 % dekstroza eritmasi (1 l ga 10-20 TB qisqa ta'sir qiluvchi insulin bilan); asidozni (mavjud bo'lganda) vena ichiga natriy gidrokarbonat yuborish yordamida to'g'rilash zarurat bo'lganda - gemodializ va peritoneal dializ.
Aritmiya yoki 6,5 mmol/l dan yuqori zardob kaliy konsentratsiyasi 1-5 daqiqa davomida 10-20 ml 10 % kalsiy glyukonat eritmasini vena ichiga yuborish yordamida zudlik bilan davolashni talab qiladi. Yurak glikozidlari bilan davolanayotgan bemorlarda giperkaliemiyani davolashda qon zardobida kaliy konsentratsiyasining tez pasayishi digitalis intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin. Dozani oshirib yuborishni davolashda uzluksiz EKG-monitoring o'tkazish, qon plazmasida mochevina, elektrolitlar va kreatininni vaqti-vaqti bilan aniqlash, kaliy konsentratsiyasini nazorat qilish (zarurat bo'lganda, har 2-3 soatda), simptomsiz bemorlarni 6 soat davomida kuzatish kerak.
Hajm/og'irlik
KALIYA XLORID 0,04/ML konsentrat 200ml N20 o'xshash dorilari




KALIYA XLORID 0,04/ML konsentrat 200ml N20 xususiyatlari
Kaliy xlorid boshqa chiqarish shakllari






KALIYA XLORID 0,04/ML konsentrat 200ml N20 analoglari




{
"data": {
"id": 31710,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "kaliya-khlorid-0-04-ml-200ml-n20-flak-konts-d-r-ra-d-inf",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "KALIYA XLORID 0,04/ML konsentrat 200ml N20",
"brand_name": "KALIYA XLORID 0,04/ML",
"image": "uploads/iblock/766/76681f8fbafb02f149d876f488c94ed4.webp",
"atx_code": "B05XA01",
"drug_form_id": 8,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Groteks, OOO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 485,
"slug": "krov-i-krovoobrashchenie",
"name": "Qon va qon aylanishi",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 8036,
"slug": "kaliya-khlorid",
"name": "Kaliy xlorid"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7435,
"slug": "kaliya-khlorid",
"name": "Kaliya xlorid"
}
],
"tags": [
{
"id": 104,
"slug": "dlya-shchitovidnoy-zhelezy",
"name": "Qolqonsimon bez"
}
]
}
}





