Apteka.uz
SavatKirish

Kaliy xlorid

Kaliy xlorid chiqarilish shakllari

KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N10
Retseptli
KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
•119 ta dorixonada bor
Narxi
4 600 so'm dan
MER KALIYA XLORID eritma 10 ml 4% N10
MER KALIYA XLORID eritma 10 ml 4% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
- Kaliy xlorid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Kaliy xloridning tarkibi
- Kaliy xlorid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Kaliy xlorid narxi Toshkent dorixonalarida

Kaliy xlorid haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KALIYA XLORID POTASSIUM CHLORIDE

 

Preparatning savdo nomi: Kaliya xlorid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kaliy xlorid

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

Tarkibi:

faol modda: 400 mg kaliy xloridi;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: mineral preparat, mikroelement

ATX kodi: B05XA01

Farmakologik xususiyatlari

Kaliy xlorid eritmasi – bu kaliy tanqisligining o‘rnini qoplash maqsadida vena ichiga infuziyalar uchun mo‘ljallangan (faqat tegishli ravishda suyultirilgandan keyin) konsentrasiyalangan eritma; metabolik jarayonlarni, shu jumladan suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtiradi, hujayra ichidagi osmotik bosimni tutib turadi.

Farmakokinetikasi

Kaliy asosan xujayra ichki kationidir (xujayra ichki suyuqligidagi uning konsentrasiyasi 160 mekv/l ni tashkil qiladi). Uglevodlarning utilizasiyasida va oqsil sintezida, shuningdek nerv o‘tkazuvchanligida va mushaklar, yurak mushaklarini qisqarishida ishtirok qiladi.

Xlorid asosiy =ujayra tashqi anionidir, natriyning metabolizmi bilan uzviy bog‘liq, xloridlarning konsentrasiyasini o‘zgarishi kislota-ishqor muvozanatida aks etadi. Kaliyning taxminan 80-90% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi, izlari ahlatda aniqlanadi va ozgina miqdori – terda aniqlanadi. Kaliy buyraklar orqali nisbatan tez chiqariladi, shuning uchun ochlikda yoki kaliyning miqdori kam bo‘lgan parhezda uni tugashi tez yuz beradi. Kaliy yoki xloridlarning yetishmovchiligi ularning o‘zaro tanqisligiga olib keladi.

Qo‘llanilishi

  • Turli genezli gipokaliemiya, shu jumladan qusish, diareya va hokazolar bilan bog‘liq;
  • Yurak ritmini buzilishi, yurak glikozidlari va diuretiklar yuborilganidan keyingi intoksikasiyalarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llashdan oldin kaliy xloridi eritmasi katta miqdordagi suyuqlik bilan, ayniqsa agar yumshoq konteynerlar yoki sumka turidagi konteynerlar ishlatilayotgan bo‘lsa, erituvchi bilan to‘liq aralashguncha suyultirilishi kerak.

Doza va yuborish tezligi alohida pasientning holatiga bog‘liq. Agar qon plazmasidagi kaliyning darajasi 2,5 mekv/l dan ortiq bo‘lsa, unda 40 mekv/l konsentrasiyaga erishguncha kaliyni soatiga 10 mekv tezlikda yuborish mumkin. Sutkalik doza 200 mekv dan oshmasligi kerak.

Shoshilinch holatlarda (qon plazmasida kaliyning darajasi 2,0 mekv/l dan kam bo‘lganida va EKG dagi o‘zgarishlarda yoki yurak mushagining falajida) kaliy xloridi yuborilishi mumkin, lekin juda ehtiyotkorlik bilan, soatiga 40 mekv tezlikda, albatta EKG ni monitoringi sharoitida. Bunday hollarda sutkalik doza 400 mekv/l ni tashkil qilishi mumkin. Kritik holatlarda kaliy xloridi dekstroza saqlovchi eritmalarga qaraganda ko‘proq tuzli eritmalarda (agar bunga qarshi ko‘rsatma bo‘lmasa) buyurilishi mumkin, chunki oxirgisi qon plazmasida kaliyning darajasini kamaytirishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish a‘zolari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya. Me‘da va ingichka ichakning, ba‘zida qon ketishi, perforasiya bilan kechuvchi, keyinchalik strikturalarni shakllanishi bilan yarali shikastlanishlari to‘g‘risida xabarlar bor.

Nerv tizimi tomonidan: kaliyli intoksikasiya belgilari – qo‘l va oyoqlarda paresteziyalar, arefleksiya, ongni chalkashishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, aritmiyalar, yurak blokadasi, elektrokardiografik buzilishlar, yurakni to‘xtashi.

Boshqalar: mushak va umumiy holsizlik, yuborish joyida mahalliy reaksiyalar.

Nojo‘ya samarasi paydo bo‘lganda infuziyani to‘xtatish, bemorning holatini baholash, tegishli terapevtik qarshi choralarni ko‘rish va qolgan eritmani keyinchalik ekspertiza uchun saqlab qo‘yish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Buyraklarning chiqarish funksiyaini buzilishi, yurakning to‘liq blokadasi;
  • Turli etiologiyali giperkaliemiyada qo‘llash mumkin emas.

Kaliy xloridini homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlik vaqtida qo‘llashning zarurati tug‘ilganida, ona uchun kutilayotgan foydani va homila uchun potensial xavfni baholash kerak; laktasiya davrida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish kerak.

Kaliy xloridini bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kaliy xloridi kaliy tejovchi diuretiklar va AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkaliemiyani rivojlanish xavfi oshadi (plazmada kaliyning darajasini nazorat qilish kerak). Kaliy preparatlarining ta‘siri ostida yurak glikozidlarining nojo‘ya ta‘siri kamayadi, yurakka xinidinning ta‘siri, shuningdek yurak-qon tomir tizimiga dizopiramidning noxush ta‘siri kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kaliy xloridi bilan davomli parenteral davolashda bemorning holatini klinik baholash va laborator ko‘rsatkichlar nazoratini vaqti-vaqti bilan o‘tkazish kerak.

Suyuqlik balansi, elektrolitlarning konsentrasiyasi, kislota-ishqor muvozanatining o‘zgarishini monitoringi kerak. Normal konsentrasiyalarni ahamiyatli siljishi, qo‘shimcha elektrolit qo‘shimchalarni ishlatishni yoki elektrolitlardan holi bo‘lgan dekstroza eritmasini qo‘llashni talab qilishi mumkin, unga zarurati bo‘lganida elektrolitlar qo‘shilishi mumkin.

Kaliy preparatlari bilan davolashda, davolash boshlangunicha, ayniqsa angishvonagul preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarda elektrokardiogrammalarning seriyalarini ko‘rsatkichlariga amal qilish kerak. Kaliy xlorid eritmasini yurak kasalliklari bo‘lgan, ayniqsa buyrak kasalliklari bilan birga bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, bunday hollarda yurakni monitoringi kerak.

Dekstroza saqlovchi eritmalar qandli diabetning klinik va subklinik ko‘rinishlari va glyukozaga buzilgan tolerantligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri to‘g‘risida xabar berilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Parenteral davolash vaqtida doza oshirib yuborilgan hollarda infuziyani darhol to‘xtatish va bemorning holatini baholash, qon plazmasida kaliyning darajasini kamaytirish uchun tegishli terapevtik muvofiqlashtirish choralarni ko‘rish kerak.

Davolash: Vena ichiga 10% li yoki 20% li dekstroza eritmasini, har 20 g dekstrozaga 10 birlik insulin bilan soatiga 300 dan 500 ml gacha yuboriladi.

Ichga qo‘llash yo‘li bilan yoki natriy yoki ammoniyning kation-almashuvchi qatroni bilan ho‘qna ko‘rinishida kaliyni so‘rilishini va o‘rnini bosishni ta‘minlash kerak.

Gemodializ yoki peritoneal dializni o‘tkazish. Kaliy saqlovchi mahsulotlar yoki dorilarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq, digitalizasiya hollarida qon plazmasida kaliyning konsentrasiyasini tez kamayishi angishvonagulning zaharli samaralarini chaqirishi mumkin.

Chiqarilish shakli

10 ml dan ampulalarda.

10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylaniladi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Suyultirilgan eritma 24 soat davomida ishlatilishi kerak.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Gipokaliemiya (shu jumladan qandli diabet, uzoq muddatli diareya va/yoki qusish, gipotenziv preparatlar, ba'zi diuretiklar, glyukokortikosteroidlar bilan terapiya fonida), glikozid intoksikatsiyasini davolash va oldini olish, paroksizmal taxikardiya, miokard infarkti bo'lgan bemorlarda (o'tkir davrda) ektopik aritmiyalarni davolash va oldini olish.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Giperkaliemiya, to‘liq atrioventrikulyar blokada, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, kaliy tejovchi diuretiklar bilan yo‘ldosh terapiya, metabolik buzilishlar (atsidoz, giponatriemiya bilan gipovolemiya), 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).

Tarkibi

  • 1 ml kaliy xloridi 40 mg Yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha. Kaliy xlorid - 40mg; Yordamchi moddalar: dekstroza monogidrati dekstrozaga qayta hisoblanganda 334 mg, xlorid kislotasi er-si PH 3,0-4,0 gacha , in'ektsiya uchun suv 1ml gacha. kaliy xlorid 75 mg Yordamchi moddalar: xlorid kislotasi 0.1M pH 3-4 gacha, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha. Kaliy xlorid 40mg; Yordamchi moddalar: dekstroza, xlorid kislotasi er-si, suv kaliy xloridi 40 mg dekstroza (yoki glyukoza) quruq moddaga qayta hisoblanganda 334 mg xlorid kislotasi eritmasi 0,1 M pH 3,0-4,0 gacha in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha

Farmakodinamikasi

Kaliy hujayra ichi bo'shlig'idagi muhim kation hisoblanadi, organizmdagi mavjud kaliyning umumiy miqdorini taxminan 98% hujayra ichidagi suyuqlikda bo'ladi. Kaliy hujayraning elektrokimyoviy jarayonlarida, shuningdek uglevod va oqsil almashinuvida ishtirok etadi. Glikogen va oqsil sintezi vaqtida kaliy hujayralar tomonidan iste'mol qilinadi, bu substratlarni parchalanish jarayonida kaliy ajralib chiqadi (taxminan 1 g glikogenga 0,4-1 mmol' kaliy va taxminan 1 g chiqariladigan azot 2-3 mmol' kaliy).

Terapevtik samarasi

Peroral qabul qilish (yoki enteral yuborish) mumkin bo'lmagan yoki yetarli bo'lmaganda kaliy tanqisligini oldini olish yoki davolash vena ichiga yuborish uchun kaliy xloridi eritmalarining terapevtik samaralari bo'lib hisoblanadi. Kaliyga bo'lgan sutkalik ehtiyoj kg tana vazniga taxminan 1-1,5 mmol' ni tashkil qiladi. Kaliy tanqisligi buyrak orqali chiqarilishini oshishi, me'da-ichak yo'llari orqali yo'qotilishini oshishi, masalan qusish, diareya yoki oqma yaralar orqali, hujayra ichida iste'mol qilinishini oshishi, masalan atsidozni davolash yoki dekstroza va insulinni yuborishda, shuningdek kaliyni yetarli darajada iste'mol qilinmaganligida chiqarilishi mumkin. Gipokaliemiya mushak xolsizligi, me'da-ichak yo'llarining silliq mushaklarini atoniyasi (qabziyatdan ichak tutilishigacha), buyrakning siydikni kontsentratsiyalash qobiliyatini yo'qotilishi, EKG dagi o'zgarishlar va yurak aritmiyalari bilan kechadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Dori preparati vena ichiga yuborilishi sababli, uning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi: Kaliy va xlor ionlari organizmning umumiy ionlar puliga qo‘shiladi. Qon plazmasidagi kaliy konsentratsiyasi va kislota-asos holati o‘zaro chambarchas bog‘liq. Alkaloz ko‘pincha gipokaliemiya bilan, atsidoz esa - giperkaliemiya bilan kechadi. Atsidozda qon plazmasidagi kaliy konsentratsiyasining norma chegarasida bo‘lishi kaliy tanqisligini ko‘rsatadi. Hujayra ichidagi kaliy konsentratsiyasi taxminan 140 - 150 mmol/l ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi kaliy konsentratsiyasi norma chegarasida 3,5 dan 5 mmol/l gachani tashkil qiladi. Biotransformatsiya: Qo‘llanilmaydi. Chiqarilishi: Kaliy asosan siydik bilan chiqariladi (taxminan 90%), taxminan 10% organizmdan me'da-ichak trakti orqali chiqariladi. Hatto kaliy tanqisligi sharoitida ham sutkasiga 10-50 mmol kaliy buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Ta'sir mexanizmi Kaliy hujayra ichi bo'shlig'ining eng muhim kationi hisoblanadi, organizmdagi umumiy kaliy miqdorining taxminan 98% i hujayra ichi suyuqligida bo'ladi. Kaliy hujayraning elektrokimyoviy jarayonlarida, shuningdek uglevod va oqsil almashinuvida ishtirok etadi. Glikogen va oqsillar sintezi vaqtida kaliy hujayralar tomonidan iste'mol qilinadi, ushbu substratlar parchalanishi jarayonida esa kaliy ajralib chiqadi (taxminan 0,4 - 1 mmol kaliy/g glikogen va taxminan 2-3 mmol kaliy/g chiqariladigan azot). Terapevtik samara Tomir ichiga yuborish uchun kaliy xlorid eritmalarining terapevtik samarasi peroral qabul qilish (yoki enteral yuborish) imkonsiz yoki etarli bo'lmaganda kaliy tanqisligining oldini olish yoki davolashdan iborat. Kaliyga bo'lgan sutkalik ehtiyoj taxminan 1-1,5 mmol/kg tana vaznini tashkil qiladi. Kaliy tanqisligi buyrak ekskretsiyasining oshishi, oshqozon-ichak trakti orqali yo'qotishlarning ko'payishi, masalan, qusish, diareya yoki oqmalar orqali, hujayra ichi iste'molining oshishi, masalan, atsidozni davolashda yoki dekstroza va insulin yuborilganda, shuningdek kaliyni etarli darajada iste'mol qilmaslik tufayli yuzaga kelishi mumkin. Gipokaliemiya mushaklar kuchsizligi, oshqozon-ichak trakti silliq mushaklari atoniyasi (qabziyatdan ichak tutilishigacha), buyraklarning siydikni kontsentratsiyalash qobiliyatini yo'qotishi, EKG o'zgarishlari va yurak aritmiyasi bilan birga kechadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Noxush nojo'ya reaktsiyalar giperkaliemiya simptomlari ko'rinishida faqat mutlaq yoki nisbiy doza oshirib yuborilganda va/yoki infuziya tezligi juda yuqori bo'lganda rivojlanishi mumkin. Noxush nojo'ya reaktsiyalarning rivojlanish tez-tezligi dozaga bog'liq. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: allergik reaktsiyalar. Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: atsidoz, giperxloremiya, giperkaliemiya. Asab tizimi tomonidan buzilishlar: tez charchash, mushak kuchsizligi, ongning chalkashishi, oyoq-qo'llarda og'irlik, mushak tirishishlari, paresteziyalar, ko'tariluvchi falaj. Yurak tomonidan buzilishlar: bradikardiya, AV blokada, qorinchalar fibrillyatsiyasi, yurak to'xtashi. Infuziya tezligi juda yuqori bo'lganda yurak aritmiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Tomirlar tomonidan buzilishlar: arterial qon bosimining pasayishi, qon aylanishining markazlashuvi. Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: ko'ngil aynishi. Dozani oshirib yuborish Simptomlari: ekskretor mexanizmning buzilishi yoki vena ichiga juda tez yuborish fatal giperkaliemiyaga (qon zardobida kaliy ionlari miqdorining 5,5 mekv/l dan oshishi) olib kelishi mumkin, uning ko'rinishlari quyidagilardir: mushak gipotonusi, oyoq-qo'llar paresteziyasi, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikning sekinlashishi, aritmiyalar, yurak to'xtashi. Elektrokardiogrammaning erta o'zgarishlari - V2-V4 ko'krak ulanishlarida eng ko'p ifodalangan, o'tkir uchli va tor asosli yuqori T tishi qon zardobida kaliy ionlari kontsentratsiyasi 5,5-6,5 mekv/l gacha oshganda namoyon bo'ladi. O'rtacha giperkaliemiyada (qon zardobida kaliy ionlari miqdori 6,5-8,0 mekv/l) elektrokardiografik belgilar quyidagilardir: P tishi amplitudasining kamayishi, QT intervalining uzayishi, QRS kompleksining kengayishi, R tishi amplitudasining pasayishi, qorinchalar ekstrasistoliyasi. Giperkaliemiyaning og'irroq simptomlari - mushaklar falaji va yurak to'xtashi (elektrokardiogrammadagi o'zgarish - sekin yoki tezlashgan idioventrikulyar ritm, qorinchalar fibrillyatsiyasi, asistoliya) qon zardobida kaliy ionlari miqdori 9-14 mekv/l bo'lganda rivojlanadi. Davolash: Kaliy xlorid infuziyasini to'xtatish. Ichga yoki vena ichiga - natriy xlorid eritmasi; vena ichiga 300-500 ml 5 % dekstroza eritmasi (1 l ga 10-20 TB qisqa ta'sirli insulin bilan); atsidozni (mavjud bo'lsa) vena ichiga natriy gidrokarbonat yuborish yordamida to'g'rilash; zarurat bo'lganda - gemodializ va peritoneal dializ. Aritmiya yoki qon zardobida kaliy kontsentratsiyasi 6,5 mmol/l dan yuqori bo'lsa, 1-5 daqiqa davomida 10-20 ml 10 % kaltsiy glyukonat eritmasini vena ichiga yuborish yordamida zudlik bilan davolashni talab qiladi. Yurak glikozidlari bilan davolanayotgan bemorlarda giperkaliemiyani davolashda qon zardobida kaliy kontsentratsiyasining tez pasayishi digitalis intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin. Doza oshirib yuborilganda davolashda uzluksiz EKG-monitoring o'tkazish, vaqti-vaqti bilan qon plazmasida mochevina, elektrolitlar va kreatininni aniqlash, kaliy kontsentratsiyasini nazorat qilish (zarurat bo'lganda, har 2-3 soatda), simptomsiz bemorlarni 6 soat davomida kuzatish kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homilador ayollarga preparatni buyurishda ehtiyot bo'lish kerak. Preparatni qo'llash uchun aniq ko'rsatmalar mavjud bo'lganda, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, qo'llanilishi kerak (agar iloji bo'lsa, kaliy preparatlari og'iz orqali yuborish uchun buyuriladi).

Kaliy ona suti bilan chiqariladi. Preparatni emizikli ayollarga buyurishda ehtiyot bo'lish kerak (agar iloji bo'lsa, og'iz orqali yuborish uchun kaliy preparatlarini buyuring).

Dozirovkasi

  • 40 mg/ml 40mg/ml 75 mg/ml

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish Belgilari: ekskretor mexanizmning buzilishi yoki vena ichiga juda tez yuborish fatal giperkaliemiyaga (qon zardobida kaliy ionlari miqdorining 5,5 mekv/l dan yuqori bo‘lishi) olib kelishi mumkin, uning ko‘rinishlari: mushaklar gipotonusi, oyoq-qo‘llar paresteziyasi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning sekinlashishi, aritmiyalar, yurak to‘xtashi. Elektrokardiogrammaning erta o‘zgarishlari - uchli cho‘qqili va tor asosli yuqori T tishi, V2-V4 ko‘krak ulanmalarida eng yaqqol namoyon bo‘ladi, qon zardobida kaliy ionlari konsentratsiyasi 5,5-6,5 mekv/l gacha oshganda paydo bo‘ladi. O‘rtacha giperkaliemiyada (qon zardobida kaliy ionlari miqdori 6,5-8,0 mekv/l) elektrokardiografik belgilar: P tishi amplitudasining kamayishi, QT intervalining uzayishi, QRS kompleksining kengayishi, R tishi amplitudasining pasayishi, qorinchalar ekstrasistoliyasi. Giperkaliemiyaning og‘irroq belgilari - mushaklar falaji va yurak to‘xtashi (elektrokardiogrammada o‘zgarish - sekin yoki tezlashgan idioventrikulyar ritm).

Dori shaklining ta'rifi

  • Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat tiniq, rangsiz tiniq rangsiz suyuqlik. Tiniq rangsiz yoki biroz sarg'ish suyuqlik. Inyeksiya uchun eritma 4%

Maxsus ko‘rsatmalari

Davolash davrida dori vositasini yuborish vaqtida qon zardobida kaliy kontsentratsiyasini monitoring qilish va dozaga o'z vaqtida tuzatish kiritish kerak. Bundan tashqari (ayniqsa, yurak, buyrak kasalliklari yoki atsidoz bo'lganida), kislota-ishqor muvozanatini, zardob elektrolitlarini, EKG va bemorni klinik ahvolini nazorat qilish tavsiya etiladi. Giperkaliemiya tez rivojlanadi va simptomsiz kechadi, hamda potentsial ichki yurak o'tkazuvchanligini blokadasiga va o'lim holatiga olib kelishi mumkin. Giperkaliemiyaning erta alomatlari – gipotonus va qo'l-oyoqlarni paresteziyasidan iborat. Giperkaliemiyani davolash og'ir giperkaliemiyaga yo'l qo'ymaslik maqsadida kaliy tuzlari va kaliy tejovchi diuretiklarni bir vaqtda yuborish bilan amalga oshirilmasligi kerak. Yurak blokadalari bilan birga kechadigan kasalliklarda kaliy preparatlari bilan davolash o'tkazilmasligi kerak, chunki bu blokada darajasini oshirishi mumkin.

Kislota-ishqor xolatini o'zgarishi qon plamasida kaliy kontsentratsiyasiga ta'sir ko'rsatadi. Qandli diabeti bo'lgan patsientlarda ketoatsidozni kompensatsiyasida, shuningdek dekstroza/qisqa ta'sirli insulinni yuborganda kaliyga bo'lgan extiyoj oshadi.

Davolashning dastlabki bosqichida glyukoza bilan bir vaqtda yuborilishdan saqlanish kerak, chunki bu kaliy kontsentratsiyasining keyingi pasayishiga sabab bo'lishi mumkin. Preparatni faqat vena ichiga yuborilishini ta'minlash kerak, chunki vena atrofiga yuborish to'qimalarni nekrozini chiqarilishi mumkin. Kichik diametrli venaga kaliy xloridi yuborilganda dori vositasi yuborilgan joyda og'riq bilan kechishi mumkin. Eritmani faqat agar u tiniq va ampula shikastlanmagan bo'lsa qo'llash kerak.

Preparatni faqat infuziya uchun mutanosib eritma bilan suyultirilgan holda qo'llanishi kerak.

Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qili qobiliyati

Preparat bilan davolash davrida transportni vositalarini boshqarishda va yuqori diqqat kontsentratsiyasini va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya etish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llanilmasin.

Preparatni bevosita ampula ochilgandan so'ng suyultirish kerak. Dori vositasini suyultirilganda aseptika qoidalariga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Mikrobiologik xavfsizlik nuqtai - nazaridan suyultirilgan, dori vositasi zudlik bilan ishlatilishi kerak. Ampula faqat bir marta qo'llash uchun mo'ljallangan. Preparatning ishlatilmay qolgan qismi yo'q qilinishi kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kaliy tejovchi diuretiklar (shu jumladan triamteren, spironolakton, amilorid) bilan bir vaqtda yuborish kaliy ionlarining buyrak ekskretsiyasi pasayishi hisobiga og‘ir giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. AAF ingibitorlari — giperkaliemiya rivojlanish xavfi, chunki AAF ingibitorlari aldosteron sekretsiyasini kamaytiradi, bu organizmda kaliy tutilishiga olib keladi. Beta-adrenoblokatorlar shoshilinch ravishda kaliyning yuklama dozasini vena ichiga yuborgan bemorlarda qon zardobida kaliyning maksimal konsentratsiyasini ham, uning dastlabki darajaga qaytishi uchun zarur bo‘lgan vaqtni ham oshirgan. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar — buyraklarda prostaglandinlar sintezi ingibitsiya qilingandan so‘ng ikkilamchi giperaldosteronizm rivojlanishi oqibatida giperkaliemiya rivojlanish xavfi. Geparin aldosteron sintezini kamaytiradi, bu giperkaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa mavjud bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi yoki organizmdan kaliy ekskretsiyasini yomonlashtiruvchi boshqa holatlarda. Kaliy preparatlarini yuborish bir vaqtning o‘zida yurak glikozidlarini qo‘llayotgan og‘ir va to‘liq yurak blokadasi bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Bunday bemorlarda gipokaliemiyani to‘g‘irlash uchun kaliy preparatlari qo‘llanilgan taqdirda, sinchkovlik bilan monitoring talab etiladi. Insulin, natriy gidrokarbonat bilan bir vaqtda qo‘llash qon zardobida kaliy miqdorini kamaytiradi. Kaliy saqlovchi yoki giperkaliemiya rivojlanishiga moyillik yaratuvchi quyidagi dori vositalari kaliy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda kaliy kumulyatsiyasiga olib kelishi mumkin: aliskiren, angiotenzin II reseptorlari antagonistlari, siklosporin, takrolimus. Vena ichiga yuborish uchun quyidagi eritmalar bilan farmatsevtik jihatdan mutanosib: inyeksiyalar uchun glyukoza (dekstroza) bilan kombinatsiyada Ringer eritmasi, inyeksiyalar uchun glyukoza (dekstroza) bilan kombinatsiyada Ringer laktat eritmasi, inyeksiyalar uchun Ringer laktat eritmasida 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasi, natriy xlorid bilan kombinatsiyada glyukoza (dekstroza) eritmasi, 0,9% li natriy xlorid eritmasida 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasi, inyeksiyalar uchun suvda 2,5%, 5%, 10%, 20% li glyukoza (dekstroza) eritmalari, inyeksiyalar uchun Ringer eritmasi, inyeksiyalar uchun Ringer laktat eritmasi, 0,45%, 0,9%, 3% li natriy xlorid eritmalari. Quyidagilarni saqlovchi eritmalar bilan suyultirilganda farmatsevtik jihatdan mos kelmaydi: amikatsin sulfat, amfoteritsin V, amoksitsillin natriy, benzilpenitsillin, diazepam, dobutamin gidroxlorid, ergotamip tartrat, sisplantin va mannitol bilan etopozid, metilprednizolon natriy suksinat, fenitoin natriy, prometazin gidroxlorid, natriy nitroprussid, streptomitsin sulfat, mannitol, soya moyi va letsitin saqlovchi steril yog‘ emulsiyasi (ushbu ro‘yxat to‘liq emas).

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Oqim bilan yuborish mumkin emas!

Preparatni vena ichiga tomchilab, faqat kontsentratni izotonik eritma olingunga qadar (kaliy xloridni eritmasi 0,4% dan ko'p emas) suyultirilgandan keyin tomchilab yuboriladi.

Vena ichiga tomchilab yuborish uchun natriy xloridni 500 ml 0,9% li izotonik eritmasida yoki 5% li dekstroza eritmasida kaliy xloridi 2,5 g gacha bo'lgan hisobdagi eritmani tayyorlash mumkin.

Gipokaliemiyani davolashni boshida dekstroza eritmasi qo'llanmaydi, chunki u qonda kaliyni kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Bir vaqtda bir infuziyada 100 ml dan ko'p bo'lmagan tayyorlangan eritmani yuboriladi.

Zarur bo'lsa eritmani takroran quyish mumkin, lekin umumiy sutkalik dozadan tayyorlab qo'yilgan kaliy xloridni 0,4% kontsentratsiyali eritmasi 300-500 ml dan oshib ketmasligi kerak. Vena ichiga tomchilab (minutiga 20-30 tomchidan) yuboriladi.

Dozalari:

Kattalarda:

Maksimal yuboriladigan kaliyning kontsentratsiyasi 40 mmol'/l ni (3 g kaliy xloridni) tashkil qiladi.

Maksimal yuborish tezligi:

·               soatiga kaliyni 20 mmol' gacha (soatiga 1,5 g kaliy xloridni);

·               agar qon plazmasida kaliyni kontsentratsiyasi 2 mmol' kaliy/l dan kam bo'lsa, infuziya tezligi soatiga 40 mmol' (3 g kaliy xlorid) yetishi mumkin.

Maksimal sutkalik doza: kg tana vazniga 2-3 mmol' kaliygacha (kg tana vazniga 0,15-0,22 g kaliy xloridi).

Bolalar:

·               yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 10 yoshgacha bo'lgan bolalar: kg/tana vazniga 0,5-1 mmol' (kaliy xloridi kg tana vazniga 0,037-0,075 g), sutkalik maksimal doza: sutkada 30 mmol' kaliy (2,25 g kaliy xloridi);

·               10 yoshdan oshgan bolalar: yuboriladigan kaliyning maksimal kontsentratsiyasi 10-20 mmol'/l ni tashkil etadi, maksimal sutkalik doza sutkada 40 mmol' (3 g kaliy xloridi).

Maksimal yuborish tezligi:

·               yangi tug'ilgan chaqaloqlar: soatiga 0,5-1 mmol' kaliy/kg (soatiga 0,037-0,075 g kaliy/kg);

·               bolalar: soatiga 0,3-0,5 mmol' kaliy/kg; (soatiga 0,022-0,037 g kaliy/kg).

Kaliy tanqisligini davolash uchun doza qon plazmasida elektrolitlarning amaldagi kontsentratsiyasiga va kislota-asos holati ko'rsatkichlariga muvofiq tanlanishi kerak.

O'rtacha, simptomsiz kaliy tanqisligini davolash uchun doza va qonda kaliyni kontsentratsiyasini aniqlanganda tutib turuvchi terapiyadagi doza:

O'rtacha kaliy tanqisligini tuzatish uchun va tutib turuvchi davolashda kaliyningzaruriy miqdori quyidagi formula bo'yicha hisoblab chiqilishi mumkin:

Talab qilinadigan K+mmol' miqdori = (MT*[kg] x 0,2)** x 2 x (qon plazmasida K+maqsadli kontsentratsiya *** - qon plazmasidagi K+amaldagi kontsentratsiya [mmol'/l])

qaerda: *MT = tana vazni;

** Qiymat hujayra ichidagi suyuqlik hajmini ifodalaydi;

*** qon plazmasida K+maqsadli kontsentratsiyasi 4,5 mmol'/l.ga teng bo'lishi kerak.

Ektopik aritmiyani profilaktika qilish va davolash uchun qutblovchi aralashma qo'llanadi: dekstrozaning 500 ml 5%-10% li eritmasida 2-2,5 g kaliy xloridi bo'lgan eritmaga (3-4 g quruq dekstrozaga glyukozaga) 1 TV hisobida qisqa ta'sirli insulin qo'shiladi. Hosil bo'lgan eritma minutiga 20-30 tomchi tezlik bilan vena ichiga tomchilab yuboriladi. Eritmani yuborish tezligi soatiga 1,5 g dan oshmasligi kerak. Og'ir gipokaliemiya yoki ketoatsidozda eritmani yuqoriroq tezlik bilan yuborish kerak bo'lishi mumkin bo'lib, bu majburiy EKG-monitoring o'tkazilishi bilan birga olib borilishi kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Kaliy xlorid preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Kaliy xlorid narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
+5
Shayxontoxur tumani, Botimiy ko'ch., 1a uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-20:00
10 000 so'm

Kaliy xlorid haqida savollar

Kaliy xlorid haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 6 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil