KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10

Mineral preparat
KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10 o'xshash dorilari




KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10 qo'llanmasi
Retsept bo'yicha.
1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: kaliy xloridi – 40 g; yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1000 ml gacha
Tarkibi:
1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: kaliy xloridi – 40 g;
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1000 ml gacha
Chiqarish shakli
5 ml va 10 ml ampulalarda infuzion eritma tayyorlash uchun 4% konsentrat tibbiy foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar bilan birga.
Kaliy hujayra ichi bo'shlig'idagi muhim kation hisoblanadi, organizmdagi mavjud kaliyning umumiy miqdorini taxminan 98% hujayra ichidagi suyuqlikda bo'ladi. Kaliy hujayraning elektrokimyoviy jarayonlarida, shuningdek uglevod va oqsil almashinuvida ishtirok etadi. Glikogen va oqsil sintezi vaqtida kaliy hujayralar tomonidan iste'mol qilinadi, bu substratlarni parchalanish jarayonida kaliy ajralib chiqadi (taxminan 1 g glikogenga 0,4-1 mmol' kaliy va taxminan 1 g chiqariladigan azot 2-3 mmol' kaliy).
Terapevtik samarasi
Peroral qabul qilish (yoki enteral yuborish) mumkin bo'lmagan yoki yetarli bo'lmaganda kaliy tanqisligini oldini olish yoki davolash vena ichiga yuborish uchun kaliy xloridi eritmalarining terapevtik samaralari bo'lib hisoblanadi. Kaliyga bo'lgan sutkalik ehtiyoj kg tana vazniga taxminan 1-1,5 mmol' ni tashkil qiladi. Kaliy tanqisligi buyrak orqali chiqarilishini oshishi, me'da-ichak yo'llari orqali yo'qotilishini oshishi, masalan qusish, diareya yoki oqma yaralar orqali, hujayra ichida iste'mol qilinishini oshishi, masalan atsidozni davolash yoki dekstroza va insulinni yuborishda, shuningdek kaliyni yetarli darajada iste'mol qilinmaganligida chiqarilishi mumkin. Gipokaliemiya mushak xolsizligi, me'da-ichak yo'llarining silliq mushaklarini atoniyasi (qabziyatdan ichak tutilishigacha), buyrakning siydikni kontsentratsiyalash qobiliyatini yo'qotilishi, EKG dagi o'zgarishlar va yurak aritmiyalari bilan kechadi.
So'rilishi
Dori preparati vena ichiga yuborilganligi tufayli, uning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Kaliy va xlor ionlari organizmning umumiy qon oqimiga tushadi. Kaliyning kontsentratsiyasi va qon plazmasining kislota-ishqor muvozanati o'zaro bir biri bilan bog'liq. Alkaloz ko'pincha gipokaliemiya bilan atsidoz esa – giperkaliemiya bilan kechadi. Atsidozda kaliyning qon plazmasidagi norma chegarasidagi kontsentratsiyasi kaliy tanqisligini ko'rsatadi. Kaliyning hujayra ichidagi kontsentratsiyasi taxminan 140-150 mmol'/l ni tashkil etadi. Kaliyning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi norma chegarasida 3,5 dan 5 mmol'/l ni tashkil qiladi.
Сhiqarilishi
Kaliy asosan siydik bilan buyraklar orqali (taxminan 90%), taxminan 10% organizmdan me'da-ichak yo'llari orqali chiqariladi. Hatto kaliy tanqisligi holatlarida sutkada 10-50 mmol' kaliy buyraklar orqali chiqariladi.
Mineral preparat
Infuzion eritma tayyorlash uchun konsentrat
Noxush ta'sirlar mutloq yoki nisbiy dozani oshirib yuborilish va/yoki haddan tashqari yuqori tezlikda infuziya qilingan holatdagina giperkaliemiya simptomlari ko'rinishida rivojlanishi mumkin. Noxush reaktsiyalarning rivojlanishtez-tezligi dozaga bog'liq.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlari: arterial bosimini pasayishi, aritmiya, to'liq AV-blokadani paydo bo'lguniga qadar, artrioventrikulyar o'tkazuvchanligini sekinlashishi, yurak urishini to'xtashi (dozani oshirib yuborilganda).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlari: toliqish, mushak kuchsizligi, ongni chalkashishi, paresteziya.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, abdominal og'riq.
Boshqalar: atsidoz, giperxloremiya, giperkaliemiya, allergik reaktsiyalar.
Davolash davrida dori vositasini yuborish vaqtida qon zardobida kaliy kontsentratsiyasini monitoring qilish va dozaga o'z vaqtida tuzatish kiritish kerak. Bundan tashqari (ayniqsa, yurak, buyrak kasalliklari yoki atsidoz bo'lganida), kislota-ishqor muvozanatini, zardob elektrolitlarini, EKG va bemorni klinik ahvolini nazorat qilish tavsiya etiladi. Giperkaliemiya tez rivojlanadi va simptomsiz kechadi, hamda potentsial ichki yurak o'tkazuvchanligini blokadasiga va o'lim holatiga olib kelishi mumkin. Giperkaliemiyaning erta alomatlari – gipotonus va qo'l-oyoqlarni paresteziyasidan iborat. Giperkaliemiyani davolash og'ir giperkaliemiyaga yo'l qo'ymaslik maqsadida kaliy tuzlari va kaliy tejovchi diuretiklarni bir vaqtda yuborish bilan amalga oshirilmasligi kerak. Yurak blokadalari bilan birga kechadigan kasalliklarda kaliy preparatlari bilan davolash o'tkazilmasligi kerak, chunki bu blokada darajasini oshirishi mumkin.
Kislota-ishqor xolatini o'zgarishi qon plamasida kaliy kontsentratsiyasiga ta'sir ko'rsatadi. Qandli diabeti bo'lgan patsientlarda ketoatsidozni kompensatsiyasida, shuningdek dekstroza/qisqa ta'sirli insulinni yuborganda kaliyga bo'lgan extiyoj oshadi.
Davolashning dastlabki bosqichida glyukoza bilan bir vaqtda yuborilishdan saqlanish kerak, chunki bu kaliy kontsentratsiyasining keyingi pasayishiga sabab bo'lishi mumkin. Preparatni faqat vena ichiga yuborilishini ta'minlash kerak, chunki vena atrofiga yuborish to'qimalarni nekrozini chiqarilishi mumkin. Kichik diametrli venaga kaliy xloridi yuborilganda dori vositasi yuborilgan joyda og'riq bilan kechishi mumkin. Eritmani faqat agar u tiniq va ampula shikastlanmagan bo'lsa qo'llash kerak.
Preparatni faqat infuziya uchun mutanosib eritma bilan suyultirilgan holda qo'llanishi kerak.
Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qili qobiliyati
Preparat bilan davolash davrida transportni vositalarini boshqarishda va yuqori diqqat kontsentratsiyasini va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya etish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llanilmasin.
Preparatni bevosita ampula ochilgandan so'ng suyultirish kerak. Dori vositasini suyultirilganda aseptika qoidalariga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Mikrobiologik xavfsizlik nuqtai - nazaridan suyultirilgan, dori vositasi zudlik bilan ishlatilishi kerak. Ampula faqat bir marta qo'llash uchun mo'ljallangan. Preparatning ishlatilmay qolgan qismi yo'q qilinishi kerak.
·Turli genezli gipokaliemiyada, shu jumladan qusish, diareya, giperal'dosteronizm, ayrim dori vositalarini qabul qilish bilan bog'liq;
· aritmiyada, shu jumladan glikozid intoksikatsiyasi;
· gipokaliemik shakldagi paroksizmal mioplegiyada qo'llaniladi.
·preparatning komponentariga o'ta yuqori sezuvchanlik;
· o'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi;
· turli etiologiyali giperkaliemiya yoki giperxloremiya;
· to'liq atrioventrikulyar yoki qoinchalar ichi blokadasi;
· qorinchalar fibrillyatsiyasi;
· buyrak usti bezi yetishmovchiligi;
· adrenogenital sindromi bilan bog'liq gipoal'dosteronizm;
· o'tkir degidratatsiya, giponatriemiya bilan bo'lgan gipovolemiya;
· atsidoz;
· kaliy tuzlari va kaliy tejovchi diuretiklar bilan yondosh davolash;
· to'qimalarni ekstensiv parchalanishi (shu jumladan og'ir kuyishlarda);
· issiq tirishishlar;
· kaliyni yuborilishiga yuqori sezuvchanlik bilan kechadigan xolatlar (shu jumladan nasliy epizodik adinamiya yoki tug'ma paramiotoniya) da qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan:
I-II darajali atrioventrikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi, o'roqsimon hujayrali anemiya, kaliyni chiqarilishini buzilishi bilan birga kechadigan kasalliklar va holatlar, shu jumladan surunkali buyrak yetishmovchiligi, buyrak usti bezini yetishmovchiligi. Yurak glikozidlari, al'dosteron antagonistlari, angiotenzin-o'zgaruvchi fermenti ingibitorlari, takrolimus, tsiklosporin, uzoq ta'sirga ega geparin, suksametoniy yoki potentsial nefrotoksik dori preparatlari (nosteroid yallig'lanishga qarshi dori preparatlari, periferik ta'sir ko'rsatuvchi anal'getiklar) qabul qilayotgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
Kaliy tejovchi diuretiklar (shu jumladan, triamteren, spironolakton, amilorid) bilan bir vaqtda yuborish kaliy ionlarini buyrak ekskretsiyasini pasayishi hisobiga og'ir giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. Angiotenzin-o'zgaruvchi ferment ingibitorlari – giperkaliemiya rivojlanish xavfi mavjud, chunki angiotenzin-o'zgaruvchi ferment ingibitorlari al'dosteron sekretsiyasini pasaytiradi, bu organizmda kaliyni tutilishiga olib keladi. Beta-adrenoblokatorlar shoshilinch vena ichiga kaliyni qon zardobidagi kaliyni maksimal kontsentratsiyasini ham, uning dastlabki darajaga qaytishi uchun kerakli vaqtni ham oshiradi. Nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari bilan – buyraklarda prostaglandinlar sintezini susaytirilgandan so'ng ikkilamchi giperal'dosteronizmni rivojlanishi oqibatida giperkaliemiyani rivojlanishi xavfi mavjud. Geparin al'dosteron sintezini pasaytiradi, bu, ayniqsa, mavjud buyrak yetishmovchiligi yoki organizmdan kaliyni ekskretsiyasini yomonlashtiradigan boshqa holatlarda giperkaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bir vaqtning o'zida yurak glikozidlarini qabul qilayotgan og'ir va to'liq yurak blokadasiga bo'lgan bemorlarda kaliy preparatlarini yuborish tavsiya etilmaydi. Bunday bemorlarda gipokaliemiyani tuzatish uchun kaliy preparatlarini qo'llanilgan holatda sinchkov monitoringini o'tkazish talab qilinadi. Insulin, natriy gidrokarbonat bilan bir vaqtda qo'llash qon zardobida kaliynimiqdorini pasaytiradi. Tarkibida kaliy saqlagan yoki giperkaliemiyani rivojlanishiga moyillik yaratuvchi quyidagi dori vositalari:
· aliskiren,
· angiotenzin II retseptorlari antagonistlari,
· tsiklosporin,
· takrolimuskaliy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda kaliyni to'planib qolishiga olib kelishi mumkin.
Vena ichiga yuborish uchun quyidagi eritmalar bilan farmatsevtik mutanosib:
· Ringer in'ektsiya uchun eritmasi glyukoza (dekstroza) eritmasi bilan majmuada;
· Ringer laktat eritmasi in'ektsiya uchun glyukoza (dekstroza) eritmasi bilan majmuada;
· Ringer laktat in'ektsiya uchun eritmasidagi5% glyukoza (dekstroza) eritmasi;
· natriy xlorid bilan majmuada glyukoza (dekstroza) eritmasi;
· natriy xloridning 0,9% eritmasidagi 5% glyukoza (dekstroza) eritmasi;
· in'ektsiya uchun suvdagi 2,5%, 5%, 10%, 20% glyukoza (dekstroza) eritmalari;
· Ringer in'ektsiya uchun eritmasi;
· Ringer laktat in'ektsiya uchun eritmasi;
· 0,45%, 0,9%, 3% natriy xlorid eritmalari
Tarkibida quyidagilarni saqlagan eritmalar bilan aralashtirilganda farmatsevtik nomutanosib:
· amikatsin sul'fati,
· amfoteritsin V,
· amoksitsillin natriy,
· benzilpenitsillin,
· diazepam,
· dobutamin gidroxloridi,
· ergotamin tartrati,
· tsisilantin va mannitol bilanbo'lgan etopozid,
· metilprednizolon natriy suktsinati,
· fenitoin natriy,
· prometazin gidroxloridi,
· natriy nitroprussidi,
· streptomitsin sul'fati,
· mannitol,
· tarkibida soya moyi va letsitin saqlagan steril yog'li emul'siya (ushbu ro'yxat to'laqonli emas).
Shaffof, rangsiz suyuqlik
Oqim bilan yuborish mumkin emas!
Preparatni vena ichiga tomchilab, faqat kontsentratni izotonik eritma olingunga qadar (kaliy xloridni eritmasi 0,4% dan ko'p emas) suyultirilgandan keyin tomchilab yuboriladi.
Vena ichiga tomchilab yuborish uchun natriy xloridni 500 ml 0,9% li izotonik eritmasida yoki 5% li dekstroza eritmasida kaliy xloridi 2,5 g gacha bo'lgan hisobdagi eritmani tayyorlash mumkin.
Gipokaliemiyani davolashni boshida dekstroza eritmasi qo'llanmaydi, chunki u qonda kaliyni kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bir vaqtda bir infuziyada 100 ml dan ko'p bo'lmagan tayyorlangan eritmani yuboriladi.
Zarur bo'lsa eritmani takroran quyish mumkin, lekin umumiy sutkalik dozadan tayyorlab qo'yilgan kaliy xloridni 0,4% kontsentratsiyali eritmasi 300-500 ml dan oshib ketmasligi kerak. Vena ichiga tomchilab (minutiga 20-30 tomchidan) yuboriladi.
Dozalari:
Kattalarda:
Maksimal yuboriladigan kaliyning kontsentratsiyasi 40 mmol'/l ni (3 g kaliy xloridni) tashkil qiladi.
Maksimal yuborish tezligi:
· soatiga kaliyni 20 mmol' gacha (soatiga 1,5 g kaliy xloridni);
· agar qon plazmasida kaliyni kontsentratsiyasi 2 mmol' kaliy/l dan kam bo'lsa, infuziya tezligi soatiga 40 mmol' (3 g kaliy xlorid) yetishi mumkin.
Maksimal sutkalik doza: kg tana vazniga 2-3 mmol' kaliygacha (kg tana vazniga 0,15-0,22 g kaliy xloridi).
Bolalar:
· yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 10 yoshgacha bo'lgan bolalar: kg/tana vazniga 0,5-1 mmol' (kaliy xloridi kg tana vazniga 0,037-0,075 g), sutkalik maksimal doza: sutkada 30 mmol' kaliy (2,25 g kaliy xloridi);
· 10 yoshdan oshgan bolalar: yuboriladigan kaliyning maksimal kontsentratsiyasi 10-20 mmol'/l ni tashkil etadi, maksimal sutkalik doza sutkada 40 mmol' (3 g kaliy xloridi).
Maksimal yuborish tezligi:
· yangi tug'ilgan chaqaloqlar: soatiga 0,5-1 mmol' kaliy/kg (soatiga 0,037-0,075 g kaliy/kg);
· bolalar: soatiga 0,3-0,5 mmol' kaliy/kg; (soatiga 0,022-0,037 g kaliy/kg).
Kaliy tanqisligini davolash uchun doza qon plazmasida elektrolitlarning amaldagi kontsentratsiyasiga va kislota-asos holati ko'rsatkichlariga muvofiq tanlanishi kerak.
O'rtacha, simptomsiz kaliy tanqisligini davolash uchun doza va qonda kaliyni kontsentratsiyasini aniqlanganda tutib turuvchi terapiyadagi doza:
O'rtacha kaliy tanqisligini tuzatish uchun va tutib turuvchi davolashda kaliyningzaruriy miqdori quyidagi formula bo'yicha hisoblab chiqilishi mumkin:
Talab qilinadigan K+mmol' miqdori = (MT*[kg] x 0,2)** x 2 x (qon plazmasida K+maqsadli kontsentratsiya *** - qon plazmasidagi K+amaldagi kontsentratsiya [mmol'/l])
qaerda: *MT = tana vazni;
** Qiymat hujayra ichidagi suyuqlik hajmini ifodalaydi;
*** qon plazmasida K+maqsadli kontsentratsiyasi 4,5 mmol'/l.ga teng bo'lishi kerak.
Ektopik aritmiyani profilaktika qilish va davolash uchun qutblovchi aralashma qo'llanadi: dekstrozaning 500 ml 5%-10% li eritmasida 2-2,5 g kaliy xloridi bo'lgan eritmaga (3-4 g quruq dekstrozaga glyukozaga) 1 TV hisobida qisqa ta'sirli insulin qo'shiladi. Hosil bo'lgan eritma minutiga 20-30 tomchi tezlik bilan vena ichiga tomchilab yuboriladi. Eritmani yuborish tezligi soatiga 1,5 g dan oshmasligi kerak. Og'ir gipokaliemiya yoki ketoatsidozda eritmani yuqoriroq tezlik bilan yuborish kerak bo'lishi mumkin bo'lib, bu majburiy EKG-monitoring o'tkazilishi bilan birga olib borilishi kerak.
Simptomlari: ekskretor mexanizmi buzilishi yoki kaliyni vena ichiga haddan tashqari tez yuborish fatal giperkaliemiyaga (mushak gipotonusi, oyoq-qo'llarni paresteziyasi, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikni sekinlashishi, aritmiya, yurakni to'xtab qolishi) olib kelishi mumkin. Giperkaliemiyaning erta klinik alomatlari, odatda, qon zardobida kaliy ionlarining kontsentratsiyalari 6 mmol'/ldan yuqori holatlarda paydo bo'ladi: T tishchasini utkirlashishi, eng ko'p v2-v4 ko'krak oraliqlarida, R tishchasini yo'qolishi, ST segmentini pasayishi, QT intervalini uzayishi, QRS kompleksi kengayishi. Giperkaliemiyaning yanada og'irroq simptomlari – mushaklar falajligi va yurak to'xtab qolishi – qon zardobida kaliy ionlari kontsentratsiyalari 9-10 mmol'/l holatlarida rivojlanadi.
Davolash: kaliy xloridi infuziyasini darxol to'xtatish. Ichga yoki vena ichiga – natriy xloridi eritmasi; vena ichiga 300-500 ml 5% dekstroza eritmasi (1 l ga qisqa ta'sirli 10-20 TB insulin bilan); zarur bo'lganda atsidozda gemodializ va peritoneal dializ yordamida
Yurak glikozidlari bilan davolanayotgan bemorlarda giperkaliemiyani davolashda qon zardobidagi kaliy kontsentratsiyasining tez pasayishi digitalis intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishida dozani davolashda uzluksiz EKG-monitoringini o'tkazish, vaqti-vaqti bilan qon zardobidagi kreatinin, mochevina va elektrolitlarni aniqlash, kaliy kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak (zarur bo'lganda, har 2-3 soatda), simptomsiz bemorlarni 6 soat mobaynida kuzatish kerak.
Homilador ayollarga preparatni buyurishda ehtiyot bo'lish kerak. Preparatni qo'llash uchun aniq ko'rsatmalar mavjud bo'lganda, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, qo'llanilishi kerak (agar iloji bo'lsa, kaliy preparatlari og'iz orqali yuborish uchun buyuriladi).
Kaliy ona suti bilan chiqariladi. Preparatni emizikli ayollarga buyurishda ehtiyot bo'lish kerak (agar iloji bo'lsa, og'iz orqali yuborish uchun kaliy preparatlarini buyuring).
KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10 boshqa chiqarish shakllari






KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10 analoglari







