KALIYA XLORID POLITVIST eritma 10ml 0,04/ml N10

KALIYA XLORID POLITVIST eritma 10ml 0,04/ml N10 o'xshash dorilari




KALIYA XLORID POLITVIST eritma 10ml 0,04/ml N10 qo'llanmasi
So'rilishi
Dori preparati vena ichiga yuborilganligi sababli, uning biologik kira olishligi 100% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Kaliy va xlor ionlari organizmning umumiy puliga qo'shiladi. Kaliy kontsentratsiyasi va qon plazmasining kislota-asos holati o'zaro chambarchas bog'liq. Alkaloz ko'pincha gipokaliemiya bilan, atsidoz esa - giperkaliemiya bilan kechadi. Atsidozda qon plazmasidagi kaliy kontsentratsiyasi me'yor chegarasida bo'lishi kaliy tanqisligini ko'rsatadi. Hujayra ichidagi kaliy kontsentratsiyasi taxminan 140-150 mmol/l ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi kaliy kontsentratsiyasi me'yor chegarasida 3,5 dan 5 mmol/l gachani tashkil qiladi.
Biotransformatsiyasi
Qo'llanilmaydi.
Chiqarilishi
Kaliy asosan buyraklar orqali siydik bilan chiqariladi (taxminan 90%), taxminan 10% organizmdan me'da-ichak trakti orqali chiqariladi. Hatto kaliy tanqisligi sharoitida ham sutkasiga 10-50 mmol kaliy buyraklar orqali chiqariladi.
Nojo'ya ta'sirlar giperkaliemiya belgilari ko'rinishida faqat mutlaq yoki nisbiy dozani oshirib yuborish va/yoki infuziya tezligi juda yuqori bo'lgan hollarda rivojlanishi mumkin. Nojo'ya ta'sirlarning rivojlanish tezligi dozaga bog'liq.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: allergik reaksiyalar.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: atsidez, giperxloremiya, giperkaliemiya.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar: toliqish, mushak kuchsizligi, ongning chalkashishi, oyoq-qo'llarda og'irlik hissi, mushak tirishishlari, paresteziyalar, ko'tariluvchi falaj.
Yurak tomonidan buzilishlar: bradikardiya, AV blokada, qorinchalar fibrillatsiyasi, yurak to'xtashi. Infuziya tezligi juda yuqori bo'lganda yurak aritmiyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Tomirlar tomonidan buzilishlar: arterial qon bosimining pasayishi, qon aylanishining markazlashuvi.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: ko'ngil aynishi.
Davolash davrida yuborish vaqtida qon zardobida kaliy kontsentratsiyasini monitoring qilish va dozani o'z vaqtida to'g'irlash zarur. Bundan tashqari (ayniqsa yurak, buyrak kasalligida yoki atsidoz mavjud bo'lganda), kislota-ishqor balansi, zardob elektrolitlari, EKG va bemorning klinik holatini nazorat qilish tavsiya etiladi. Giperkaliemiya tez va simptomlarsiz rivojlanadi va potentsial ravishda yurak ichki o'tkazuvchanligi blokadasiga va o'limga olib kelishi mumkin. Giperkaliemiyaning erta belgilari - oyoq-qo'llarning gipotoni va paresteziyasi. Giperkaliemiyani davolash og'ir giperkaliemiyadan saqlanish uchun kaliy tuzlari va kaliyni tejovchi diuretiklarni bir vaqtda yuborish bilan o'tkazilmasligi kerak. Kaliy preparatlari bilan davolash yurak blokadalari bilan kechuvchi kasalliklarda o'tkazilmasligi kerak, chunki bu blokada darajasini oshirishi mumkin. Davolashning boshlang'ich bosqichida glyukoza bilan bir vaqtda yuborishdan saqlanish kerak, chunki bu kaliy kontsentratsiyasining yanada pasayishiga yordam berishi mumkin. Faqat vena ichiga yuborishni ta'minlash zarur, chunki vena atrofiga yuborish to'qimalar nekrozini chaqirishi mumkin. Kaliy xlorid kichik diametrli venalarga yuborilganda, yuborish joyida og'riqlilik bilan kechishi mumkin. Eritmani faqat agar u tiniq bo'lsa va ampula shikastlanmagan bo'lsa ishlatish kerak. Preparatni faqat infuziya uchun mos keluvchi eritmada suyultirilgan holda qo'llash kerak. Preparatni bevosita ampula ochilgandan so'ng suyultirish kerak. Preparatni suyultirishda aseptika qoidalariga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Mikrobiologik xavfsizlik nuqtai nazaridan suyultirilgan preparat darhol ishlatilishi kerak. Ampula faqat bir marta ishlatish uchun. Ishlatilmay qolgan preparat hajmlari yo'q qilinishi kerak.
Transport vositalari va mex. boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, har qanday etiologiyali giperkaliemiya yoki giperxloremiya, to'liq atrioventrikulyar yoki qorinchalar ichki blokadasi, oliguriya yoki azotemiya bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi, qorinchalar fibrillyatsiyasi, Addison kasalligi, adrenogenital sindrom bilan bog'liq giperadrenalizm, to'qimalarning keng ko'lamli parchalanishi (shu jumladan og'ir kuyishlarda), o'tkir degidratatsiya, issiqlik tutqanoqlari, kaliy yuborishga yuqori sezuvchanlik bilan kechuvchi holatlar (shu jumladan irsiy epizodik adinamiya yoki tug'ma paramiotoniya), kaliy tuzlari va kaliy tejovchi diuretiklar bilan yondosh terapiya.
Ehtiyotkorlik bilan:
I-II darajali atrioventrikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi, o'roqsimon hujayrali anemiya, kaliy ekskretsiyasi buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar va holatlar, shu jumladan surunkali buyrak yetishmovchiligi, buyrak usti bezi yetishmovchiligi. Yurak glikozidlari, aldosteron antagonistlari, APF ingibitorlari, takrolimus, tsiklosporin, uzoq ta'sir etuvchi geparin, suksametoniy yoki potentsial nefrotoksik dori preparatlarini (nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, periferik ta'sir etuvchi analgetiklar) qabul qilayotgan bemorlarda.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homilador ayollarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat faqat uni qo'llash uchun aniq ko'rsatmalar mavjud bo'lganda, ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holda qo'llanilishi kerak (imkoni boricha ichish uchun kaliy preparatlari buyuriladi). Kaliy ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Emizikli ayollarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (imkoni boricha ichish uchun kaliy preparatlari buyuriladi).
Kaliy tejovchi diuretiklar (shu jumladan triamteren, spironolakton, amilorid) bilan bir vaqtda yuborish kaliy ionlarining buyrak orqali chiqarilishi kamayishi hisobiga og'ir giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. AOF ingibitorlari - giperkaliemiya rivojlanish xavfi mavjud, chunki AOF ingibitorlari aldosteron sekretsiyasini kamaytiradi, bu esa organizmda kaliy ushlanib qolishiga olib keladi. Beta-adrenoblokatorlar shoshilinch ravishda tomir ichiga kaliyning yuklama dozasi yuborilgan bemorlarda qon zardobidagi kaliyning maksimal konsentratsiyasini ham, uning dastlabki darajaga qaytishi uchun zarur bo'lgan vaqtni ham oshirgan. Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar - buyraklarda prostaglandinlar sintezi ingibitsiya qilinganidan keyin ikkilamchi giperaldosteronizm rivojlanishi oqibatida giperkaliemiya xavfi mavjud. Geparin aldosteron sintezini kamaytiradi, bu esa giperkaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi mavjud bo'lganda yoki organizmdan kaliy chiqarilishini yomonlashtiradigan boshqa holatlarda. Yurakning og'ir va to'liq blokadasi bo'lgan, bir vaqtning o'zida yurak glikozidlarini qabul qilayotgan bemorlarga kaliy preparatlarini yuborish tavsiya etilmaydi. Bunday bemorlarda gipokaliemiyani to'g'irlash uchun kaliy preparatlari qo'llanilganda, sinchkovlik bilan monitoring talab etiladi. Insulin, natriy gidrokarbonat bilan bir vaqtda qo'llash qon zardobida kaliy miqdorini kamaytiradi. Tarkibida kaliy bo'lgan yoki giperkaliemiya rivojlanishiga moyillik yaratadigan quyidagi dori vositalari kaliy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda kaliy kumulyatsiyasiga olib kelishi mumkin: aliskiren, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari, siklosporin, takrolimus. Tomir ichiga yuborish uchun quyidagi eritmalar bilan farmatsevtik jihatdan mutanosib: in'ektsiya uchun glyukoza (dekstroza) bilan kombinatsiyada Ringer eritmasi, in'ektsiya uchun glyukoza (dekstroza) bilan kombinatsiyada Ringer laktat eritmasi, in'ektsiya uchun Ringer laktat eritmasidagi 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasi, natriy xlorid bilan kombinatsiyada glyukoza (dekstroza) eritmasi, 0,9% li natriy xlorid eritmasidagi 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasi, in'ektsiya uchun suvdagi 2,5%, 5%, 10%, 20% li glyukoza (dekstroza) eritmalari, in'ektsiya uchun Ringer eritmasi, in'ektsiya uchun Ringer laktat eritmasi, 0,45%, 0,9%, 3% li natriy xlorid eritmalari. Quyidagilarni saqlagan eritmalar bilan suyultirilganda farmatsevtik jihatdan nomutanosib: amikatsin sulfat, amfoteritsin B, amoksitsillin natriy, benzilpenitsillin, diazepam, dobutamin gidroxloridi, ergotamin tartrat, etopozid sisilantin va mannitol bilan, metilprednizolon natriy suksinat, fenitoin natriy, prometazin gidroxloridi, natriy nitroprussid, streptomitsin sulfat, mannitol, soya moyi va letsitin saqlagan steril yog'li emulsiya (ushbu ro'yxat to'liq emas).
Kaliy tanqisligini davolash uchun doza qon plazmasidagi elektrolitlarning haqiqiy kontsentratsiyasi va kislota-asos holati ko'rsatkichlariga muvofiq tanlanishi kerak.
O'rtacha, simptomsiz kaliy tanqisligini davolash va ushlab turuvchi terapiya uchun doza:
O'rtacha kaliy tanqisligini to'g'irlash va ushlab turuvchi terapiya uchun zarur bo'lgan kaliy miqdorini quyidagi formula bo'yicha hisoblash mumkin:
talab qilinadigan K+ miqdori mmol = (TV*[kg] x 0,2)** x 2 x (qon plazmasidagi K+ ning maqsadli kontsentratsiyasi *** - qon plazmasidagi K+ ning haqiqiy kontsentratsiyasi [mmol/l]
bunda:
*TV = tana vazni;
**Qiymat hujayradan tashqari suyuqlik hajmini ifodalaydi;
*** qon plazmasidagi K+ ning maqsadli kontsentratsiyasi 4,5 mmol/l ga teng bo'lishi kerak.
Yurak ritmi buzilishlari bilan kechuvchi gipokaliyemiyada - 1-1,5 g dan sutkasiga 4-5 marta; yurak ritmi tiklangandan keyin dozani kamaytiradilar.
Paroksizmal taxikardiya xurujlarini bartaraf etish uchun birinchi kuni 8-12 g, keyinchalik 3-6 g gacha kamaytirish bilan.
Eritma vena ichiga tomchilab yuboriladi - 500 ml 0,9 % li natriy xlorid izotonik eritmasida yoki 5 % li dekstroza eritmasida 2,5 g gacha kaliy xlorid hisobidan.
Dekstroza eritmasi gipokaliyemiya terapiyasi boshida qo'llanilmaydi, chunki u qonda kaliy kontsentratsiyasining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Miokard infarktida ektopik aritmiyalarni profilaktikasi va davolash uchun qutblovchi aralashma qo'llaniladi: 500 ml 5 %-10 % li dekstroza eritmasida 2-2,5 g kaliy xlorid eritmasi (3-4 g quruq dekstrozaga 1 TB hisobidan qisqa ta'sirli insulin qo'shiladi). Olingan eritma vena ichiga tomchilab daqiqasiga 20-30 tomchi tezlikda yuboriladi. Yuborish tezligi soatiga 1,5 g dan oshmasligi kerak. Og'ir gipokaliyemiya yoki ketoatsidozda yuqoriroq yuborish tezligi talab qilinishi mumkin, bu majburiy EKG-monitoringi bilan birga olib borilishi kerak.
Tana vazni 25 kg dan kam bo'lgan bolalar va yangi tug'ilgan chaqaloqlarga yuboriladigan sutkalik doza tana vazniga 0,225 g/kg dan oshmasligi kerak. Tana vazni 25 kg dan ortiq bo'lgan bolalar uchun dozalar kattalarnikiga mos keladi.
Polimer ampula bilan ishlash tartibi:
- Ampulani oling va uni bo'ynidan ushlab silkiting.
- Ampulani qo'l bilan siqing, bunda preparat ajralib chiqmasligi kerak va aylanma harakatlar bilan klapanni burang va ajratib oling.
- Hosil bo'lgan teshik orqali darhol shpritsni ampula bilan ulang.
- Ampulani to'ntaring va uning tarkibini asta-sekin shpritsga tortib oling.
- Shpritsga ignani taqing.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: chiqarish mexanizmining buzilishi yoki vena ichiga juda tez yuborish o'limga olib keluvchi giperkaliyemiyaga olib kelishi mumkin (mushak gipotonusi, oyoq-qo'l paresteziyalari, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikning sekinlashishi, aritmiyalar, yurak to'xtashi). Giperkaliyemiyaning erta klinik belgilari odatda qon zardobida kaliy ionlari kontsentratsiyasi 6 mekv/l dan oshganda paydo bo'ladi: T tishchasining o'tkirlashishi, P tishchasining yo'qolishi, ST segmentining pasayishi, QT intervalining uzayishi, QRS kompleksining kengayishi. Giperkaliyemiyaning og'irroq simptomlari - mushaklar falaji va yurak to'xtashi - kaliy ionlari kontsentratsiyasi 9-10 mekv/l bo'lganda rivojlanadi.
Davolash: Kaliy xlorid infuziyasini to'xtatish. Ichga yoki vena ichiga - natriy xlorid eritmasi; vena ichiga 300-500 ml 5 % li dekstroza eritmasi (1 l ga 10-20 TB qisqa ta'sirli insulin bilan); zarurat bo'lganda natriy gidrokarbonatni vena ichiga yuborish yordamida atsidozni (agar mavjud bo'lsa) to'g'irlash - gemodializ va peritoneal dializ.
Aritmiya yoki 6,5 mmol/l dan yuqori zardob kaliy kontsentratsiyasi talab qiladi
Xususiyatlar KALIYA XLORID POLITVIST eritma 10ml 0,04/ml N10
Kaliy xlorid boshqa chiqarish shakllari






KALIYA XLORID POLITVIST eritma 10ml 0,04/ml N10 analoglari








