XILAK FORTE tomchilar 100ml N3

XILAK FORTE tomchilar 100ml N3 o'xshash dorilari




XILAK FORTE tomchilar 100ml N3 qo'llanmasi
Xilak forte barcha yoshdagi bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi.
Hozirgi vaqtgacha nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan.
Allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi); qabziyat, diareya bo'lishi mumkin.
Ushbu preparatni sut va sut mahsulotlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- laktaza/izomaltaza yetishmovchiligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Xilak forte preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash xavfsiz hisoblanadi. Biroq preparatni tayinlash to‘g‘risidagi qarorni davolovchi shifokor qabul qiladi.
Antatsid preparatlar ta'siri ostida Xilak forte preparati tarkibiga kiruvchi sut kislotasining neytrallanishi mumkin.
Preparat sutkasiga 3 marta tayinlanadi:
- kattalarga: 40-60 tomchi yoki 2,2-3,3 ml dan qabulga;
- bolalarga: 20-40 tomchi yoki 1,1-2,2 ml dan qabulga;
- chaqaloqlarga: 15-30 tomchi qabulga.
Chaqaloqlarga preparatni flakonlarda ishlatish tavsiya etiladi.
Holat yaxshilangandan keyin sutkalik doza yarmigacha kamaytirilishi mumkin.Dozani oshirib yuborishOdatdagi tibbiy kuzatuvdan tashqari hech qanday maxsus choralar talab etilmaydi.
Xususiyatlar XILAK FORTE tomchilar 100ml N3
Xilak boshqa chiqarish shakllari








