XILAK FORTE ichga qabul qilish uchun olcha ta’mli tomchilari 2,2ml N30

XILAK FORTE ichga qabul qilish uchun olcha ta’mli tomchilari 2,2ml N30 haqida qo'llanma
Nojo'ya samaralari
Xilak forte barcha yoshdagi bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi.
Hozirgi vaqtgacha nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan.
Allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi); qabziyat, diareya bo'lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Ushbu preparatni sut va sut mahsulotlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Preparat transportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
· Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
· laktaza/izomaltaza yetishmovchiligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.
Homiladorlik va laktatsiya:
Xilak forte preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash xavfsiz hisoblanadi. Biroq preparatni tayinlash to‘g‘risidagi qarorni davolovchi shifokor qabul qiladi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Antatsid preparatlar ta'siri ostida Xilak forte preparati tarkibiga kiruvchi sut kislotasining neytrallanishi mumkin.
Dozirovkasi
Preparat sutkasiga 3 marta tayinlanadi:
· kattalarga: 40-60 tomchi yoki 2,2-3,3 ml dan qabulga;
· bolalarga: 20-40 tomchi yoki 1,1-2,2 ml dan qabulga;
· chaqaloqlarga: 15-30 tomchi qabulga.
Chaqaloqlarga preparatni flakonlarda ishlatish tavsiya etiladi.
Holat yaxshilangandan keyin sutkalik doza yarmigacha kamaytirilishi mumkin.Dozani oshirib yuborishOdatdagi tibbiy kuzatuvdan tashqari hech qanday maxsus choralar talab etilmaydi.
Hajm/og'irlik
XILAK FORTE ichga qabul qilish uchun olcha ta’mli tomchilari 2,2ml N30 o'xshash dorilari


XILAK FORTE ichga qabul qilish uchun olcha ta’mli tomchilari 2,2ml N30 xususiyatlari
Xilak boshqa chiqarish shakllari






