Ташкент
logo
SavatKirish

KIDSKOL tomchilar 30 ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Italiya
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Barcha KIDSKOL dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

KIDSKOL tomchilar 30 ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Saqlash shartlari

+25° dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi

1 ml quyidagilar kiradi:

Ovqat hazm qilish fermentlari (Enzimix ® kompleksi 50 мг:

amilaza (1500DU)

proteaza (3000 HUT)

glyukoamilaza (2AGU)

lipaz (112,50 FCC FIP)

tsellyulaz (300 CU)

laktaza (500 ALU)

pektinaza (7endo-PGU)              50 mg;

Arpabodiyon efir moyi                                                                                    6.5 mg;

Helba ekstrakti                                                                                                 33 mg;

Mullen gullarining ekstrakti                                                                             33 mg.

Farmakodinamikasi

Fermentlar va o'simlik tarkibiy qismlarini o'z ichiga olgan kombinatsiyalangan vosita.Kattalar va bolalarda ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilashga yordam beradi.

Oshqozon osti bezi ferment yetishmovchiligi alomatlarini, shu jumladan qorin og'rig'ini, meteorizmni, ich kelishini o'zgarishini va axlatning o'zgarishini kamaytiradi.

Faolmoddalarning xususiyatlari:

Enzimix@ kompleksiga kiritilgan ovqat hazm qilish fermentlari: amilaza, proteaza, glyukoza-milaza, lipaza, sellyulaza, laktaza, pektinaza - uglevodlarni (shu jumladan laktoza), yog'larni, oqsillarni, o'simlik tolalarini hazm qilishni osonlashtiradi, bu ular- ning ingichka ichakdan to'liq so'rilishini osonlashtiradi va ferment yetishmovchiligida belgilarini kamaytiradi. Ferment yetishmovchiligini to'ldirish va ovqat hazm qilish jarayonlarini normallashtirish dispepsiya alomatlarini kamaytirishga yordam beradi, masalan, qorin dam bo'lishda, qorindagi og'irlik, g'uldirash, noqulaylik, ich kelishini buzilishi belgilari (ich qotishi, diareya). O'z ovqat hazm qilish fermentlari va me'da shirasini ishlab chiqarishga, safro sekresiyasiga hissa qo'shadigan tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi. Spazmolitik ta'sirga ega. Tomchi shakli ovqat hazm qilish traktida fermentlarning faol tarqalishini ta'minlaydi, bu esa tezroq va faolroq ta'sirni ta'minlaydi.

Arpabodiyon efir moyi ovqat hazm qilish jarayonlariga faol ta'sir qiladi, meteorizm, ko'ngil aynish, ich qotishini bartaraf etadi.

Helba ekstrakti oshqozon-ichak traktining faoliyatini normallashtiradi.

Yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.

Mullen gullarining ekstrakti ovqat hazm qilish buzilishida ichish ishlatiladi, o'rab oluvchi, yallig'lanishga qarshi, bakteriyaga qarshi, biriktiruvchi ta'sirga ega.

Nojo'ya samaralari

 Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkun. Ich ketishini ko'payishi.

Qo'llanilishi

- ovqat hazm qilishni yaxshilashda va ortiqcha ovqatlanishda;

- oshqozon osti bezining ekzokrin funksiyasining yetishmovchiligi (surunkali pankreatit);

- oshqozon, ichak, jigar, o't pufagining surunkali yallig'lanish kasalliklari, ovqat hazm qilish buzilishi, meteorizm, diareya (kombinatsiyalangan terapiyaning bir qismi sifatida), spazmlarda;

- ovqat hazm qilish fermentlari sintezining tug'ma kasalliklari;

- oshqozon osti bezi shirasining ichakka chiqishini buzadigan holatlar;

- noto'g'ri dietalar, gipovitaminozlar va och qolish ham fermentlar yetishmasligiga olib kelishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davrida, agar ona uchun terapiyadan kutilayotgan foyda homila yoki chaqaloq uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, foydalanish mumkin. Ichakning yallig'lanish kasalliklari. Ich ketish.

Dozirovkasi

3 - 6 yoshgacha                            ovqatdan keyin yoki ovqatga qoshib  20 tomchidan; 

6 - 12 yoshgacha                           ovqatdan keyin yoki ovqatga qoshib  30 tomchidan;

12 yoshdan kattalarga                  ovqatdan keyin yoki ovqatga qoshib 30-40 tomchidan.

Оna suti, kashalar,oziq-ovqat mahsulotlariga 3-4 maxal qo'shib berish mumkin.

Xususiyatlari

Tabiiy ingredientlar bo'lishi ta'mdagi, rangdagi farqlariga va mayda cho'kmaga olib kelishi mumkin.

KIDSKOL tomchilar 30 ml savollari

KIDSKOL tomchilar 30 ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

FERSIKARD tabletkalari N30
FERSIKARD tabletkalari N30
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
166 000 so'm dan
NEFROTON KIDS tomchilar 50ml
NEFROTON KIDS tomchilar 50ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
157 000 so'm dan
Narxi
151 000 so'm dan
LIVARTI KIDS tomchilar 50 ml
LIVARTI KIDS tomchilar 50 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
RINOTIN tabletkalari N30
RINOTIN tabletkalari N30
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
165 000 so'm dan
SINPROJI tomchilar 15 ml
SINPROJI tomchilar 15 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
AMARESINK tomchilar 30 ml
AMARESINK tomchilar 30 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
KIDSKOL tomchilar 30 ml
KIDSKOL tomchilar 30 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil