Ташкент
logo
SavatKirish

KLINLAK sirop 120ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ATX kodi:A06AD11
Barcha KLINLAK dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KLINLAK sirop 120ml o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•107 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
BIOVITAL-FORTE suspenziya 200 ml
Retseptsiz
BIOVITAL-FORTE suspenziya 200 ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Vivalia Remedies Pvt. Ltd.
Narxi
92 000 so'm dan

KLINLAK sirop 120ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har 5 ml (1 choy qoshiq) sirop saqlaydi:
Laktuloza USP 3,35 g;
Laktoza USP 0,30 g;
Galaktoza USP 0,55 g.

Farmakologik ta'siri

Laktuloza sintetik saxarid bo'lib, ingichka ichakda gidrolizlanmaydi va o'zgarmagan holda chambar ichakka tushadi, u yerda yo'g'on ichakning florasi ta'sirida past molekulyar organik kislotalargacha parchalanadi, bu ichakning ichidagi rN ni pasayishiga olib keladi. Shu bilan birga axlat massalarining hajmi oshadi. Bu axlatni yumshashiga olib keladi, preparatning samarasi quyidagi ta'sir mexanizmlari hisobiga erishiladi:
proteolitik bakteriyalarni bostirilishi;
atsidofil bakteriyalar (masalan, laktobaktsillalar) miqdorini oshishi;
rN ko'rsatkichi past bo'lganligi sababli, ichakni tozalanishi;
osmotik samarasi;
oqsilni sintezi jarayonlarida ammiakni bog'lovchi bakteriyalarni rag'batlanishi yo'li bilan azot saqlovchi zaharli moddalarni kamayishi.

Nojo'ya samaralari

Laktulozani qabul qilishni birinchi kunlarida meteorizm bo'lishi mumkin. Odatda u bir necha kundan keyin o'tib ketadi. Jigar entsefalopatiyasini davolashda, yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo'llash hollarida patsiyentlarda diareya oqibatida elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar:
meteorizm, qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish. Juda yuqori dozalarda ishlatilganida – diareya kuzatiladi.
Boshqa buzilishlar:
diareya oqibatida elektrolitlar muvozanatini buzilishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Bir necha kundan so'ng terapevtik samara kuzatilmaganida shifokor bilan maslahatlashish kerak. Laktozani o'zlashtirolmasligi bo'lgan patsiyentlarga laktulozani ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Preparat bog'lanmagan qandlarni (masalan, laktoza, galaktoza, epilaktoza) oz miqdorda saqlashi mumkinligini hisobga olish kerak. Odatda qabziyatni davolash uchun qo'llanadigan dozasini qandli diabet bilan xastalangan bemorlar uchun to'g'rilash talab qilinmaydi. Jigar komasi (koma oldi holati) ni davolashda odatda preparatning yuqoriroq dozalari buyuriladi, buni qandli diabeti bo'lgan patsiyentlarda hisobga olish kerak. Bolalarni davolashda surgi vositalari kamdan-kam hollarda va shifokor nazorati ostida qo'llanishi kerak. Davolash vaqtida bo'shanish refleksini buzilishlari ro'y berishi mumkin.
Galaktozani o'zlashtirolmaslik, Lapp laktazasi tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi kabi kam uchraydigan tug'ma buzilishlari bo'lgan patsiyentlar ushbu dori preparatini ishlatishlari mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi:
Zarurat bo'lganida laktulozani homiladorlik vaqtida va emizish davrida buyurish mumkin.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo'llash avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki juda oz ta'sir qiladi. .
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Qo'llanilishi

qabziyat;
jigar entsefalopatiyasi;
axlatni yumshatish zarurati bo'lganda;
(shu jumladan, gemorroyda, yo'g'on ichak va anal teshikda jarrohlik aralashuvlarini o'tkazish zarurati bo'lganida).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatni galaktozemiya, ichak tutilishi, preparatning komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Dozirovkasi

Qabziyatni davolashda Klinlak kuniga bir marta ertalab ovqat vaqtida qabul qilinadi.
Kattalar – 15-45 ml;
7-14 yoshdagi bolalar – 15 ml;
3-6 yoshdagi bolalar – 5-10 ml;
3 yoshgacha bo'lgan bolalar – 5 ml.
Jigar entsefalopatiyasini davolashda Klinlak 30 dan 50 ml gacha miqdorda kuniga uch marta qabul qilinadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: haddan tashqari yuqori dozalar qabul qilinganida qorinda og'riq va diareya ro'y berishi mumkin.
Davolash: dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak. Diareya yoki qusish oqibatida ko'p miqdorda suyuqlik yo'qotilganida elektrolit disbalansini to'g'rilash kerak.

Analoglar KLINLAK sirop 120ml
Analoglari yo'q

KLINLAK sirop 120ml savollari

KLINLAK sirop 120ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil