Apteka.uz
SavatKirish

KORINFAR 0,01 tabletkalari N100

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Xorvatiya
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Nifedipin
Ishlab chiqaruvchi:Pliva Xrvatska d.o.o
Teglar:Yurak og'rig'idan
ATX kodi:C08CA05
Barcha Korinfar dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KORINFAR 0,01 tabletkalari N100 haqida qo'llanma

Nojo'ya samaralari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak urishi, aritmiyalar, periferik shishlar (to‘piq, oyoq panjasi, boldir), haddan tashqari vazodilatatsiya ko‘rinishlari (qon bosimining belgisiz pasayishi, yurak yetishmovchiligining rivojlanishi yoki kuchayishi, yuz terisiga qon «quyilishi», yuz terisi giperemiyasi, issiqlik hissi), qon bosimining yaqqol pasayishi (kam hollarda), sinkope. Ba'zi bemorlarda, ayniqsa davolash boshida yoki doza oshirilganda stenokardiya xurujlari paydo bo‘lishi va yakka hollarda - miokard infarkti rivojlanishi mumkin, bu preparatni bekor qilishni talab qiladi.

MNS tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, yuqori toliqish, uyquchanlik. Preparat yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilinganda - oyoq-qo‘llar paresteziyasi, tremor, ekstrapiramidal (parkinsonik) buzilishlar (ataksiya, "niqobsimon" yuz, sudralib yurish, qo‘l panjalari va barmoqlari tremori, yutishning qiyinlashishi), depressiya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya (ko‘ngil aynishi, diareya yoki qabziyat), og‘iz qurishi, meteorizm, ishtahaning oshishi. Kam hollarda - milklar giperplaziyasi, preparat bekor qilingandan keyin butunlay yo‘qoladi. Uzoq vaqt qabul qilinganda - jigar funktsiyasining buzilishi (jigar ichi xolestazi, jigar transaminazalari faolligining oshishi).

Tayanch-harakat aparati tomonidan: artrit, mialgiya, bo‘g‘imlar shishi, yuqori va pastki oyoq-qo‘llar tirishishi.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda - teri qichishishi, eshakemi, ekzantemalar, autoimmun gepatit, eksfoliativ dermatit, fotodermatit

Maxsus saqlash sharoitlari

Og'ir arterial gipotenziyasi (sistolik AB 90 mm sim.ust. dan kam), dekompensatsiya fazasidagi surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga, shuningdek arterial gipertenziyaning og'ir shakllari va qaytmas buyrak yetishmovchiligi hamda gipovolemiyasi bo'lgan, gemodializdagi bemorlarga (AB keskin pasayishi yuqori xavfi tufayli) Korinfarni tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Jigar funktsiyasi buzilishlari bo'lgan bemorlarga Korinfarni sinchkovlik bilan tayinlash kerak. Zarurat bo'lganda preparat dozasini kamaytirish kerak.

Korinfarni asta-sekin bekor qilish kerak, chunki preparatni qabul qilish to'satdan to'xtatilganda (ayniqsa uzoq muddatli davolashdan keyin) bekor qilish sindromi rivojlanishi mumkin.

Korinfar bilan terapiya fonida alkogol iste'mol qilinganda AB pasayishi bilan bog'liq psixomotor reaktsiyalar tezligi sekinlashishi mumkin.

Pediatriyada qo'llanilishi

Bolalarda preparatni qo'llash bo'yicha klinik tajriba yetarli emas.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Korinfar qabul qilinganda, ayniqsa davolash boshida va preparat o'zgartirilganda, AB pasayishi bilan bog'liq psixomotor reaktsiyalar tezligi sekinlashishi mumkin. Buni yuqori diqqatni va tezkor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi shaxslar hisobga olishlari kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm sim. ust. dan past)

— kardiogen shok, kollaps;

— dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi;

— yaqqol aortal stenoz;

— nostabil stenokardiya;

— o'tkir miokard infarkti (birinchi 4 hafta);

— rifampitsin bilan birgalikda qo'llash;

— homiladorlik (I trimestr);

— laktatsiya davri;

— nifedipinga va 1,4-digidropiridinning boshqa hosilalariga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan: mitral klapan stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, yaqqol bradikardiya yoki taxikardiya, sinus tuguni zaifligi sindromi, xavfli arterial gipertenziya, gipovolemiya, bosh miya qon aylanishining og'ir buzilishlari, chap qorincha yetishmovchiligi bilan kechuvchi miokard infarkti, oshqozon-ichak trakti o'tkazuvchanligining buzilishi, buyrak va jigar yetishmovchiligi, gemodializ (arterial gipotenziya yuzaga kelish xavfi tufayli)

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Korinfar beta-adrenoblokatorlar, diuretiklar, boshqa antigipertenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda Korinfarning gipotenziv ta'siri kuchayishi qayd etiladi.

Korinfar nitratlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda Korinfarning antianginal samarasi kuchayishi qayd etiladi.

Korinfar va tritsiklik antidepressantlar, simetidin, ranitidin bir vaqtda qo'llanilganda Korinfar samarasining kuchayishi mumkin.

Korinfar xinidin bilan bir vaqtda qo'llanilganda alohida hollarda qon plazmasida xinidin kontsentratsiyasining pasayishi qayd etilgan.

Korinfar digoksin va teofillin bilan bir vaqtda qo'llanilganda alohida hollarda qon plazmasida oxirgilarining kontsentratsiyasi oshishi qayd etilgan

Dozirovkasi

DozalashIchga, ovqatdan keyin, chaynamasdan va etarli miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi. Preparat dozasi shifokor tomonidan individual ravishda kasallikning og'irligi va bemorning preparatga sezgirligiga muvofiq tanlanadi. Yondosh og'ir tserebrovaskulyar kasalliklari bo'lgan bemorlar va keksa yoshdagi bemorlar uchun doza kamaytirilishi kerak.

Bir vaqtda ovqatlanish ta'sir qiluvchi moddaning oshqozon-ichak traktidan so'rilishini kechiktiradi, ammo kamaytirmaydi.

Kattalar uchun tavsiya etilgan dozalash sxemasi:

Surunkali barqaror va vazospastik stenokardiya:

Boshlang'ich doza - 10 mg (1 tabletka) kuniga 2-3 marta. Klinik ta'sir etarli darajada namoyon bo'lmaganda preparat dozasini asta-sekin 2 tabletkagacha (20 mg) kuniga 1-2 marta oshiriladi. Maksimal sutkalik doza - 40 mg (4 tabletka).

Essentsial gipertenziya:

O'rtacha sutkalik doza - 10 mg (1 tabletka) kuniga 2-3 marta.

Klinik ta'sir etarli darajada namoyon bo'lmaganda preparat dozasini asta-sekin 20 mg gacha (2 tabletka) kuniga 2 marta oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza - 40 mg (4 tabletka).

2 marta tayinlashda preparat qabullari orasidagi minimal interval kamida 4 soat bo'lishi kerak.

Davolash kursi davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KORINFAR 0,01 tabletkalari N100 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KORINFAR 0,01 tabletkalari N100 o'xshash dorilari

ROZAT tabletkalari 10mg N28
Retseptli
ROZAT tabletkalari 10mg N28
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Pharma S.A. Penkuv, ul. M. Adamkevicha 6A 05-152 Chosnuv, Polsha/Polsha
Narxi
27 800 so'm dan
KO PRENESSA tabletkalari 8mg/2,5mg N30
Retseptli
KO PRENESSA tabletkalari 8mg/2,5mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d.
Narxi
94 900 so'm dan
ROKSERA tabletkalari 15mg N30
Retseptli
ROKSERA tabletkalari 15mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•39 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
TELMISTA tabletkalari 80mg N28
Retseptli
TELMISTA tabletkalari 80mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•38 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan

KORINFAR 0,01 tabletkalari N100 xususiyatlari

KORINFAR 0,01 tabletkalari N100 analoglari

NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30
Retseptli
NIFEKARD XL tabletkalari 30mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek Pharmaceuticals d.d.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
49 000 so'm dan
FARMADIPIN tomchilar 25ml 2%
Retseptli
FARMADIPIN tomchilar 25ml 2%
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•129 ta dorixonada bor
Narxi
32 000 so'm dan
FARMADIPIN tomchilar 5ml 2%
Retseptli
FARMADIPIN tomchilar 5ml 2%
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•123 ta dorixonada bor
Narxi
21 300 so'm dan
NIFEDIPIN tabletkalari 10mg N50
Retseptli
NIFEDIPIN tabletkalari 10mg N50
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Texnolog, CHAO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan

KORINFAR 0,01 tabletkalari N100 haqida savollar

KORINFAR 0,01 tabletkalari N100 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil