Korinfar
Korinfar chiqarilish shakllari
Korinfar haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — surunkali stabil stenokardiya (zo'riqish stenokardiyasi); — vazospastik stenokardiya (Printsmetal stenokardiyasi, variantli stenokardiya); — arterial gipertenziya.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm sim. ust. dan past); — kardiogen shok, kollaps; — dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi; — yaqqol aortal stenoz; — beqaror stenokardiya; — o‘tkir miokard infarkti (birinchi 4 hafta); — rifampitsin bilan birga qo‘llash; — homiladorlik (I trimestr); — laktatsiya davri; — nifedipin va 1,4-digidropiridinning boshqa hosilalariga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: mitral klapan stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, yaqqol bradikardiya yoki taxikardiya, sinus tugunining zaifligi sindromi, xavfli arterial gipertenziya, gipovolemiya, miya qon aylanishining og‘ir buzilishlari, chap qorincha yetishmovchiligi bilan miokard infarkti, oshqozon-ichak trakti tutilishi, buyrak va jigar yetishmovchiligi, gemodializ (arterial gipotenziya yuzaga kelish xavfi tufayli), homiladorlik (II va III trimestrlar)
Tarkibi
- nifedipin 10 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, povidon K25, magniy stearati. Qobiq tarkibi: gipromelloza, makrogol 6000, makrogol 35000, bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), titan dioksidi (E171), talk. nifedipin 10 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, povidon K25, magniy stearati. Qobiq tarkibi: gipromelloza, makrogol 6000, makrogol 35000, bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), titan dioksidi (E171), talk. nifedipin 20 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, povidon K25, magniy stearati. Qobiq tarkibi: gipromelloza, makrogol 6000, makrogol 35000, bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), titan dioksidi (E171), talk. nifedipin 20 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, povidon K25, magniy stearati. Qobiq tarkibi: gipromelloza, makrogol 6000, makrogol 35000, bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), titan dioksidi (E171), talk. nifedipin 40 mg Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza, gipromelloza 4000 mPa.s, magniy stearati, kolloid kremniy oksidi angidridi. Qobiq tarkibi: gipromelloza 15 mPa.s, makrogol 6000, makrogol 400, temir oksidi qizil (E172), titan dioksidi (E171), talk. nifedipin 10 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, povidon K25, magniy stearati. Qobiq tarkibi: gipromelloza, makrogol 6000, makrogol 35000, bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), titan dioksidi (E171), talk. nifedipin 40 mg Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza, gipromelloza 4000 mPa.s, magniy stearati, kolloid kremniy oksidi angidridi. Qobiq tarkibi: gipromelloza 15 mPa.s, makrogol 6000, makrogol 400, temir oksidi qizil (E172), titan dioksidi (E171), talk nifedipin 40 mg Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza, gipromelloza 4000 mPa.s, magniy stearati, kolloid kremniy oksidi angidridi. Qobiq tarkibi: gipromelloza 15 mPa.s, makrogol 6000, makrogol 400, temir oksidi qizil (E172), titan dioksidi (E171), talk.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yuz terisiga qon «oqib kelishi», yuz terisi giperemiyasi, issiqlik hissi, taxikardiya, aritmiya, periferik shishlar (to'piq, oyoq panjasi, boldir), arterial qon bosimining (AB) haddan tashqari pasayishi, sinkope, yurak yetishmovchiligi, ba'zi bemorlarda, ayniqsa davolash boshida, stenokardiya xurujlari paydo bo'lishi mumkin, bu preparatni bekor qilishni talab qiladi. Miokard infarkti rivojlanishining yagona holatlari tasvirlangan. Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, tez charchash, uyquchanlik, paresteziyalar. Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda - ekstrapiramidal (parkinsonik) buzilishlar (ataksiya, «niqobsimon» yuz, sudralib yurish, qo'l va oyoq harakatlarining cheklanishi, qo'l panjalari va barmoqlari tremori, yutishning qiyinlashishi), depressiya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz qurishi, ishtahaning oshishi, dispepsiya (ko'ngil aynishi, diareya yoki qabziyat), milklar giperplaziyasi, preparat bekor qilingandan so'ng butunlay yo'qoladi. Uzoq muddat qabul qilinganda jigar funktsiyasining buzilishi (jigar ichki xolestazi, «jigar» fermentlari faolligining oshishi) bo'lishi mumkin. Tayanch-harakat aparati tomonidan: artrit, mialgiya, kamdan-kam hollarda - artralgiya, bo'g'imlar shishi. Allergik reaktsiyalar: qichishish, eshakemi, ekzantemalar, eksfoliativ dermatit, fotodermatit, autoimmun gepatit, o'tkir allergik generalizatsiyalangan reaktsiyalar, masalan, shilliq qavatlar shishi, hiqildoq shishi, hayot uchun xavf soluvchi hansirash rivojlanishigacha bo'lgan bronxial muskulatura spazmi
Dozirovkasi
- 10 mg 20 mg 40 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Parda qobiq bilan qoplangan uzaytirilgan ta'sirga ega tabletkalar Modifikatsiyalangan ajralib chiqishga ega qobiq (parda) bilan qoplangan tabletkalar Modifikatsiyalangan ajralib chiqishga ega qobiq (parda) bilan qoplangan tabletkalar k Modifikatsiyalangan ajralib chiqishga ega, qizil-jigarrang rangli qobiq (parda) bilan qoplangan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, hidsiz tabletkalar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Og'ir arterial gipotenziyasi (sistolik AB 90 mm sim.ust. dan kam), dekompensatsiya fazasidagi surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga, shuningdek arterial gipertenziyaning og'ir shakllari va qaytmas buyrak yetishmovchiligi hamda gipovolemiyasi bo'lgan, gemodializdagi bemorlarga (AB keskin pasayishi yuqori xavfi tufayli) Korinfarni tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Jigar funktsiyasi buzilishlari bo'lgan bemorlarga Korinfarni sinchkovlik bilan tayinlash kerak. Zarurat bo'lganda preparat dozasini kamaytirish kerak.
Korinfarni asta-sekin bekor qilish kerak, chunki preparatni qabul qilish to'satdan to'xtatilganda (ayniqsa uzoq muddatli davolashdan keyin) bekor qilish sindromi rivojlanishi mumkin.
Korinfar bilan terapiya fonida alkogol iste'mol qilinganda AB pasayishi bilan bog'liq psixomotor reaktsiyalar tezligi sekinlashishi mumkin.
Pediatriyada qo'llanilishi
Bolalarda preparatni qo'llash bo'yicha klinik tajriba yetarli emas.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Korinfar qabul qilinganda, ayniqsa davolash boshida va preparat o'zgartirilganda, AB pasayishi bilan bog'liq psixomotor reaktsiyalar tezligi sekinlashishi mumkin. Buni yuqori diqqatni va tezkor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi shaxslar hisobga olishlari kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Preparat dozasi shifokor tomonidan individual ravishda kasallikning og'irligi va bemorning preparatga sezgirligiga muvofiq tanlanadi. Yondosh og'ir serebrovaskulyar kasalliklari bo'lgan bemorlar va keksa yoshdagi bemorlar uchun doza kamaytirilishi kerak.
Bir vaqtda ovqatlanish ta'sir qiluvchi moddaning oshqozon-ichak traktidan so'rilishini kechiktiradi, ammo kamaytirmaydi.
Kattalar uchun tavsiya etilgan dozalash sxemasi:
Surunkali barqaror va vazospastik stenokardiya:
Preparat 20 mg dan (1 tabletka) kuniga 2 marta tayinlanadi. Klinik ta'sir yetarli darajada namoyon bo'lmaganda preparat dozasini asta-sekin 40 mg gacha (2 tabletka) kuniga 2 marta oshiriladi. Maksimal sutkalik doza – 80 mg (kuniga 4 tabletka).
Essensial gipertenziya:
Preparat 20 mg dan (1 tabletka) kuniga 2 marta tayinlanadi. Klinik ta'sir yetarli darajada namoyon bo'lmaganda preparat dozasini asta-sekin 40 mg gacha (2 tabletka) kuniga 2 marta oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza – 80 mg (kuniga 4 tabletka).
Preparat sutkasiga 2 marta tayinlanganda qabullar orasidagi interval o'rtacha 12 soatni tashkil qilishi kerak. Preparat qabullari orasidagi minimal interval – kamida 4 soat.
Davolash kursi davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
Preparat katta dozalarda va/yoki uzoq vaqt davomida qabul qilingan hollarda, bekor qilish sindromidan qochish uchun davolashni asta-sekin to'xtatish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)






















