KORVALOL tomchilar 25ml

KORVALOL tomchilar 25ml qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda so'rilish til osti sohasidayoq boshlanadi, tarkibiy qismlarining biokiraolishligi yuqori (taxminan 60-80 %). Og'izda ushlab turilganda (sublingval so'rilish) yoki qand bo'lagida qabul qilinganda samara ayniqsa tez (5-10 daqiqadan so'ng) rivojlanadi. Ta'sir 15-45 daqiqadan so'ng rivojlanadi va 3-6 soat davomida saqlanib turadi. Ilgari barbiturat kislotasi preparatlarini qabul qilgan shaxslarda, barbituratlar fermentlar induktsiyasini keltirib chiqaradigan jigarda fenobarbital metabolizmi tezlashishi hisobiga ta'sir davomiyligi qisqaradi. Keksa yoshdagi odamlarda va jigar sirrozi bilan og'rigan bemorlarda Korvalol® metabolizmi pasaygan, shuning uchun ularda yarim chiqarilish davri uzayadi, bu dozani kamaytirish zaruratini va preparatni qabul qilish oralig'ini uzaytirishni talab qiladi.
Farmakologik ta'siri
Korvalol® – tinchlantiruvchi va spazmolitik preparat, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan belgilanadi.
α-bromizovalerian kislotasining etil efiri asosan og‘iz bo‘shlig‘i va burun-halqum retseptorlarining ta’sirlanishi, nerv tizimining markaziy bo‘limlarida reflektor qo‘zg‘aluvchanlikning pasayishi va bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalari neyronlarida tormozlanish hodisalarining kuchayishi, shuningdek markaziy tomir harakatlantiruvchi markazlar faolligining pasayishi va tomirlar silliq mushaklariga bevosita mahalliy spazmolitik ta’sir bilan bog‘liq reflektor tinchlantiruvchi va spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi.
Fenobarbital o‘rta va uzunchoq miya retikulyar formatsiyasi markazlarining katta yarim sharlar po‘stlog‘iga faollashtiruvchi ta’sirini bostiradi, shu bilan bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalariga qo‘zg‘atuvchi ta’sir oqimlarini kamaytiradi. Faollashtiruvchi ta’sirning kamayishi dozaga qarab tinchlantiruvchi, trankvilizatsiya qiluvchi yoki uxlatuvchi samaralarni chaqiradi. Korvalol® tomir harakatlantiruvchi markazlarga, koronar va periferik tomirlarga qo‘zg‘atuvchi ta’sirni kamaytiradi, umumiy arterial bosimni pasaytiradi, tomirlar, ayniqsa yurak tomirlari spazmlarini yo‘qotadi va oldini oladi.
Yalpiz moyi ko‘p miqdorda efir moylarini, shu jumladan taxminan 50% mentol va 4-9% mentol efirlarini saqlaydi. Ular og‘iz bo‘shlig‘ining «sovuq» retseptorlarini ta’sirlashga va reflektor ravishda asosan yurak va miya tomirlarini kengaytirishga, silliq mushaklar spazmlarini yo‘qotishga, tinchlantiruvchi va yengil o‘t haydovchi ta’sir chaqirishga qodir. Yalpiz moyi antiseptik, spazmolitik ta’sirga, meteorizm hodisalarini bartaraf etish qobiliyatiga ega. Me’da va ichak shilliq qavati retseptorlarini ta’sirlab, ichak peristaltikasini kuchaytiradi.
Nojo'ya samaralari
Korvalol®, odatda, yaxshi o'zlashtiriladi. Alohida hollarda nojo'ya ta'sirlar kuzatilishi mumkin:
- ovqat hazm qilish trakti tomonidan: oshqozon va ichak sohasida noqulaylik, ko'ngil aynishi;
- asab tizimi tomonidan: uyquchanlik, yengil bosh aylanishi, diqqatni jamlashning pasayishi;
- immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar;
- yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak ritmining sekinlashishi.
Bu holatlar dozani kamaytirish bilan bartaraf etiladi.
Uzoq muddat qo'llanilganda preparatga qaramlik va bromizm belgilari paydo bo'lishi mumkin. Simptomlari: markaziy asab tizimining susayishi, depressiya, apatiya, rinit, kon'yunktivit, akne, gemorragik diatez, koordinatsiyaning buzilishi, ongning chalkashishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat 58 hajmiy % spirt, shuningdek fenobarbital saqlaydi, ular koordinatsiya va psixomotor reaksiyalar tezligi buzilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun preparatni qabul qilishda mexanizmlar bilan ishlaydigan shaxslar, avtotransport haydovchilari va h.k. ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— Preparat komponentlariga, bromga yuqori sezuvchanlik;
— jigar va/yoki buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari;
— jigar porfiriyasi;
— og'ir yurak yetishmovchiligi;
— homiladorlik va emizish davri.
QO'LLASHDA XAVFSIZLIKNING ZARURIY CHORALARI:
Bir vaqtda spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Preparatga qaramlik shakllanishi mumkinligi sababli uzoq muddat qo'llash tavsiya etilmaydi.
Arterial gipotenziyada preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Markaziy susaytiruvchi ta’sirga ega preparatlar Korvalol® ta’sirini kuchaytiradi. Preparat tarkibida fenobarbital mavjudligi jigar fermentlarini induksiyalashi mumkin, bu esa uni jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalari (kumarin hosilalari, grizeofulvin, glyukokortikoidlar, peroral kontraseptiv vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llashni nomaqbul qiladi, chunki ularning samaradorligi metabolizm darajasining oshishi natijasida pasayadi. Korvalol® mahalliy og‘riqsizlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va uxlatuvchi vositalar ta’sirini kuchaytiradi, bu barbiturat kislotasi hosilalari saqlanishi bilan bog‘liq.
Valproat kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanilganda uning ta’siri kuchayadi.
Metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanilganda uning toksik ta’siri kuchayadi.
Alkogol preparat ta’sirini va uning toksikligini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Korvalol® ichga, ovqatlanishdan qat'i nazar, kuniga 2-3 marta 15-30 tomchidan suv bilan yoki qand bo'lagida qabul qilinadi. Zarurat bo'lganda (yaqqol taxikardiya va koronar tomirlar spazmi) bir martalik dozani 40-50 tomchigacha oshirish mumkin.
Preparatni qo'llash davomiyligini shifokor klinik samara va preparatning o'zlashtirilishiga qarab belgilaydi.
Hajm/og'irlik
KORVALOL tomchilar 25ml o'xshash dorilari


Korvalol boshqa chiqarish shakllari

KORVALOL tomchilar 25ml analoglari

KORVALOL tomchilar 25ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 60595,
"stores_apteka_id": 315104,
"slug": "korvalol-kapli-25-ml",
"stores_apteka_slug": "korvalol-kapli-25ml",
"name": "KORVALOL tomchilar 25ml",
"brand_name": "KORVALOL",
"image": "uploads/iblock/a13/a132aaeb90a7c18cee1ea9b78787458e.webp",
"atx_code": "N05CM",
"drug_form_id": 10,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Farmak, PAO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1584,
"slug": "snotvornye-i-sedativnye-sredstva",
"name": "Uyqu dorisi va sedativlar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 6330,
"slug": "korvalol",
"name": "Korvalol"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 7,
"slug": "ukraina",
"name": "Ukraina"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5990,
"slug": "fenobarbital",
"name": "Fenobarbital"
},
{
"id": 9915,
"slug": "etilovyy-efir-alfa-bromizovalerianovoy-kisloty",
"name": "Etiloviy efir alfa-bromizovalerianovoy kisloti"
},
{
"id": 9937,
"slug": "efirnoe-maslo-myaty",
"name": "Efirnoe maslo myati"
}
],
"tags": []
}
}








