LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey

LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey o'xshash dorilari




LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey qo'llanmasi
Shilliq qavatlardan (ayniqsa halqum va nafas yo'llaridan) tez so'riladi, preparatning so'rilish darajasi shilliq qavatning qon bilan ta'minlanish darajasi, preparatning umumiy dozasi, soha lokalizatsiyasi va applikatsiya davomiyligi bilan belgilanadi. Yuqori nafas yo'llari shilliq qavatiga surtilgandan so'ng qisman yutiladi va me'da-ichak traktida inaktivatsiyalanadi.
Og'iz bo'shlig'i va yuqori nafas yo'llari shilliq qavatiga surtilganda plazmada maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti (TSmax) - 10-20 daqiqa. Oqsillar bilan bog'lanishi preparat konsentratsiyasiga bog'liq va preparat konsentratsiyasi 1-4 mkg/ml (4,3-17,2 mkmol/l) bo'lganda 60-80% ni tashkil qiladi. Tez taqsimlanadi (taqsimlanish fazasining yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 6-9 daqiqa), avval qon bilan yaxshi ta'minlangan to'qimalarga (yurak, o'pka, miya, jigar, taloq), so'ngra yog' va mushak to'qimasiga tushadi. Gematoensefalik va yo'ldosh to'siqlari orqali o'tadi, ona suti bilan sekretsiyalanadi (ona plazmasidagi konsentratsiyaning 40% i).
Jigarda (90-95% ga) mikrosomal fermentlar ishtirokida aminoguruhning dezalkillanishi va amid bog'ining uzilishi yo'li bilan lidokainga nisbatan kam faol metabolitlar (monoetilglitsinksilidin va glitsinksilidin) hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi, ularning Т1/2 i mos ravishda 2 soat va 10 soatni tashkil qiladi. Jigar kasalliklarida metabolizm intensivligi pasayadi va normal qiymatning 50% dan 10% gachasini tashkil qiladi. Safro va buyraklar orqali (10% gacha o'zgarmagan holda) chiqariladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligida metabolitlarning to'planishi mumkin. Siydikni kislotalash lidokain ajralishining oshishiga yordam beradi.
Preparat surtilgan joyda: anesteziya boshlangandan keyin (1 daqiqa ichida) to‘xtaydigan kuchsiz achishish, eritema, shish, sezuvchanlikning buzilishi.
Allergik reaksiyalar: allergik kontakt dermatit (surtilgan joyda giperemiya, teri toshmasi, eshakemi, qichishish), angionevrotik shish, anafilaktik shok bo‘lishi mumkin.
Har qanday allergik reaksiya yuzaga kelganda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Lidokain aerozoli qo‘llanilgandan keyin tizimli reaksiyalar tez-tezligi juda kam, chunki qon oqimiga tushishi mumkin bo‘lgan faol preparatning juda oz miqdori surtiladi.
Katta dozalar surtilganda, shuningdek tez so‘rilganda, o‘ta yuqori sezuvchanlikda, idiosinkraziyada, preparat yomon o‘zlashtirilganda markaziy nerv tizimi va yurak-qon tomir tizimi tomonidan quyidagi nojo‘ya ta'sirlar kuzatilishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan tizimli reaksiyalar kuzatilishi mumkin: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, talvasalar, tremor, ko‘rishning buzilishi, quloqlarda shovqin, qo‘zg‘alish va/yoki depressiya, qo‘rquv hissi, eyforiya, bezovtalik, isitma, sovuq hissi, nafas olishning susayishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: qon bosimining oshishi, qon bosimining pasayishi, bradikardiya, aritmiya, miokard funktsiyasining susayishi.
Boshqalar: uretrit (mahalliy surtilgandan keyin).
Foydalanishda flakonni vertikal holatda ushlash kerak.
Ko'zga va nafas yo'llariga tushishidan (aspiratsiya xavfi) saqlanish kerak. Preparatni halqumning orqa devori sohasiga purkash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Yonoq shilliq qavatiga purkash disfagiya va keyinchalik aspiratsiya xavfi bilan kechadi, ayniqsa bolalarda.
Til va yonoq shilliq qavati sezgirligi buzilganda ularni tishlab olish xavfi ortadi.
Lidokain shilliq qavatlar (ayniqsa traxeyada) va shikastlangan teri orqali yaxshi so'riladi. Buni hisobga olish kerak, ayniqsa bolalarda to'qimaning katta sohalariga ishlov berishda.
Sprey halqum yoki burun-halqumdagi jarrohlik operatsiyalarida qo'llanilganda, lidokain yutish refleksini bostirib, hiqildoq va traxeyaga tushishi va yo'tal refleksini bostirishi mumkinligini hisobga olish kerak, bu bronxopnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa bolalarda muhimdir, chunki ularda yutish refleksi tez-tez chaqiriladi. Shu munosabat bilan sprey 8 yoshgacha bo'lgan bolalarda tonzilektomiya va adenotomiya oldidan mahalliy anesteziya uchun tavsiya etilmaydi.
Lidokainni shikastlangan shilliq qavatga va/yoki infektsiyalangan zonalarga purkashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparatni epilepsiyasi bo'lgan bemorlarda, shuningdek bradikardiya, yurakda o'tkazuvchanlik buzilishi, jigar funktsiyasi buzilishi va og'ir shokda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, ayniqsa to'qimaning katta sohalariga yuqori dozalar bilan ishlov berishda preparatning katta miqdori so'rilishi kutilsa.
Holsizlangan va keksa bemorlarda, o'tkir kasalliklarda, shuningdek bolalarda - yoshi va umumiy holatiga muvofiq pastroq dozalarni qo'llash kerak.
2 yoshgacha bo'lgan bolalarda Lidokain spreyini preparat shimdirilgan paxta tampon bilan surtish tavsiya etiladi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
- Lidokainga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- 8 yoshgacha bo'lgan bolalarda tonzillektomiya va adenotomiyada sprey ko'rinishidagi lidokainni qo'llash.
Ehtiyotkorlik bilan:
- Gemorroidal qon ketishi bo'lgan bemorlarda instrumental tekshiruvlar (rektoskopiya);
- qo'llash sohasida mahalliy infektsiya;
- qo'llash sohasida shilliq qavat yoki teri qoplamalarining jarohati;
- og'ir somatik patologiya;
- epilepsiya;
- bradikardiya, yurak o'tkazuvchanligining buzilishi;
- jigar funksiyasining buzilishi;
- og'ir shok;
- yondosh o'tkir kasalliklar;
- zaiflashgan bemorlar;
- homiladorlik, ko'krak suti bilan emizish davri;
- kichik bolalar yoshi;
- keksa yosh.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homilador ayollarda nazorat qilingan klinik tadqiqotlar natijalari yo'q.
Mahalliy anesteziya qo'llash zarurati bo'lganda va xavfsizroq davolash bo'lmaganda, preparatni homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin.
Lidokain ko'krak sutiga ajralib chiqadi, ammo oddiy terapevtik dozalar qo'llanilgandan so'ng sut bilan ajralib chiqadigan uning miqdori emizikli bolaga qandaydir zarar yetkazish uchun juda oz.
Vazokonstriktorlar (epinefrin, fenilefrin, metoksamin) lidokainning mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sirini uzaytiradi.
Simetidin va propranolol lidokainning jigar klirensini pasaytiradi (mikrosomal oksidlanish ingibirlanishi va jigar qon oqimi pasayishi oqibatida metabolizmning pasayishi) va toksik ta'sirlar (shu jumladan karaxtlik holati, uyquchanlik, bradikardiya, paresteziyalar va boshqalar) rivojlanish xavfini oshiradi.
Barbituratlar, fenitoin, rifampitsin (jigar mikrosomal fermentlari induktorlari) lidokain samaradorligini pasaytiradi (dozani oshirish talab etilishi mumkin).
Aymalin, fenitoin, verapamil, xinidin, amiodaron bilan tayinlanganda manfiy inotrop ta'sir kuchayishi mumkin.
Beta-adrenoblokatorlar bilan birga tayinlash bradikardiya rivojlanish xavfini oshiradi.
Yurak glikozidlari kardiotonik samarani susaytiradi, kuraresimon preparatlar mushak relaksatsiyasini kuchaytiradi.
Prokainamid markaziy asab tizimi qo'zg'alishi, gallyutsinatsiyalar rivojlanish xavfini oshiradi.
Lidokain va uxlatuvchi va sedativ preparatlar bir vaqtda tayinlanganda ularning markaziy asab tizimiga susaytiruvchi ta'siri kuchayishi mumkin.
Lidokain ta'siri fonida geksobarbital yoki tiopental natriy vena ichiga yuborilganda nafas susayishi mumkin.
Monoaminoksidaza ingibitorlari (furazolidon, prokarbazin, selegilin) ta'siri ostida lidokainning mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'siri kuchayishi mumkin. Monoaminoksidaza ingibitorlarini qabul qilayotgan bemorlarga lidokainni parenteral tayinlamaslik kerak.
Lidokain va polimiksin bir vaqtda qo'llanilganda nerv-mushak o'tkazuvchanligiga susaytiruvchi ta'sir kuchayishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda bemorning nafas olish funktsiyasini kuzatish kerak.
Dozalash ko'rsatmalar va anesteziya qilinadigan sohaning o'lchamiga qarab o'zgarishi mumkin.
Dozalovchi klapanni bosish orqali chiqariladigan spreyning bitta dozasi 4,6 mg lidokain saqlaydi.
Turli qo'llash sohalarida bosishlar soni bo'yicha tavsiyalar:
Qo'llash sohasi Bosishlar soni
Stomatologiya 1-4
Otorinolaringologiya 1-4
Endoskopik va instrumental tekshiruvlar 2-3
Akusherlik 15-20
Ginekologiya 4-5
Dermatologiya 1-3
Preparatni shuningdek unda namlangan paxta tamponi yordamida surtish mumkin.
Preparatning tizimli qon oqimiga so'rilishidan qochish uchun samarani ta'minlovchi minimal dozani qo'llash kerak. Odatda 1-3 marta bosish yetarli; 15-20 yoki undan ortiq bosishlarni qo'llash mumkin (maksimal doza - 70 kg tana vazniga 40 marta bosish).
Bolalarda stomatologik amaliyotda paxta tamponini oldindan shimdirish yo'li bilan surtish ko'rinishida qo'llash afzalroq (purkalganda bolaning qo'rqib ketishidan qochish uchun).Dozani oshirib yuborishBelgilari: ko'p terlash, teri qoplamalarining oqarishi, ko'ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ko'rish idrokining noaniqligi, quloqlarda shovqin, diplopiya, arterial qon bosimining pasayishi, bradikardiya, aritmiya, uyquchanlik, titroq, uvishish, tremor, bezovtalik, qo'zg'alish, tirishishlar, metgemoglobinemiya, yurak to'xtashi.
Davolash: intoksikatsiyaning birinchi belgilari (bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish, eyforiya) paydo bo'lganda bemorni gorizontal holatga o'tkaziladi va kislorod ingalyatsiyasi tayinlanadi; psixomotor qo'zg'alishda - vena ichiga 10 mg diazepam; tirishishlarda - v/i 1% geksobarbital yoki tiopental natriy eritmasi; bradikardiyada - v/i 0,5-1 mg atropin, simpatomimetik vositalar (norepinefrin, fenilefrin). Dializ samarasiz.
Lidokain boshqa chiqarish shakllari


LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey analoglari
















