LIDOKAIN 38,0 sprey 10%

LIDOKAIN 38,0 sprey 10% o'xshash dorilari




LIDOKAIN 38,0 sprey 10% qo'llanmasi
Shilliq qavatlardan (ayniqsa halqum va nafas yo'llaridan) tez so'riladi, preparatning so'rilish darajasi shilliq qavatning qon bilan ta'minlanish darajasi, preparatning umumiy dozasi, soha lokalizatsiyasi va applikatsiya davomiyligi bilan belgilanadi. Yuqori nafas yo'llari shilliq qavatiga surtilgandan so'ng qisman yutiladi va me'da-ichak traktida (MIY) inaktivatsiyalanadi. Og'iz bo'shlig'i va yuqori nafas yo'llari shilliq qavatiga surtilganda maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti (TSmax) - 10-20 daqiqa. Oqsillar bilan bog'lanishi preparat konsentratsiyasiga bog'liq va preparat konsentratsiyasi 1-4 mkg/ml (4.3-17.2 mkmol/l) bo'lganda 60-80% ni tashkil qiladi. Tez taqsimlanadi (taqsimlanish fazasi Т1/2 - 6-9 daqiqa), avval qon bilan yaxshi ta'minlangan to'qimalarga (yurak, o'pka, miya, jigar, taloq), so'ngra yog' va mushak to'qimasiga tushadi. GET va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ona suti bilan sekretsiyalanadi (ona plazmasidagi konsentratsiyaning 40% i).
Jigarda (90-95% ga) mikrosomal fermentlar ishtirokida aminoguruhning dezalkillanishi va amid bog'ining uzilishi yo'li bilan lidokainga nisbatan kam faol metabolitlar (monoetilglitsinksilidin va glitsinksilidin) hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi, ularning Т1/2 i mos ravishda 2 soat va 10 soatni tashkil qiladi. Jigar kasalliklarida metabolizm intensivligi pasayadi va normal qiymatning 50% dan 10% gachasini tashkil qiladi. Safro va buyraklar orqali (10% gacha o'zgarmagan holda) chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida metabolitlarning to'planishi mumkin.
Mahalliy samaralar:
Preparatni surtish vaqtida yengil sanchish hissi; Bu hissiyot samara rivojlangandan keyin (1 daqiqadan so‘ng) o‘tib ketadi.
Preparat surtilgan joyda o‘tkinchi eritema, shish va sezgirlikning buzilishi kuzatilishi mumkin.
Allergik reaksiyalar:
Juda kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin: eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, istisno hollarda sprey shaklidagi Lidokain anafilaktik shokni keltirib chiqarishi mumkin.
Har qanday allergik reaksiya yuzaga kelganda preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak.
Tizimli ta'sir:
Preparat mahalliy qo‘llanilgandan keyin tizimli samaralar tez-tezligi juda kam, chunki qon oqimiga faol moddaning juda oz miqdori tushishi mumkin. Juda kam hollarda markaziy nerv tizimi (MNS) qo‘zg‘alishi yoki susayishi simptomlari yuzaga kelishi mumkin: asabiy qo‘zg‘alish, tizimli bosh aylanishi, uyqusizlik, hushdan ketish va nafas falaji.
Yurak-qon tomir nojo‘ya ta'sirlari: qon bosimining pasayishi, miokard funktsiyasining susayishi, bradikardiya, yurak to‘xtashi.
Mintaqaviy va mahalliy anesteziya tajribali mutaxassislar tomonidan tegishli ravishda jihozlangan xonada, noxush reaktsiyalarni bartaraf etish uchun zarur uskunalar va dori preparatlari mavjud bo'lganda o'tkazilishi kerak. Anesteziyani bajaruvchi xodimlar malakali va anesteziyani bajarish texnikasiga o'qitilgan bo'lishi, tizimli toksik reaktsiyalar, noxush ko'rinishlar va reaktsiyalar hamda boshqa asoratlarni tashxislash va davolash bilan tanish bo'lishi kerak.
Lidokainni nafas yo'llariga tushishiga yo'l qo'ymaslik muhim (aspiratsiya xavfi).
Halqumga purkash alohida e'tiborni talab qiladi.
Yonoq shilliq qavatiga purkash disfagiya va keyinchalik aspiratsiya xavfi bilan kechadi, ayniqsa bolalarda. Til va yonoq shilliq qavati sezgirligi buzilganda ularni tishlab olish xavfi ortadi.
Lidokain shilliq qavatlar (ayniqsa traxeyada) va shikastlangan teri orqali yaxshi so'riladi. Buni hisobga olish kerak, ayniqsa bolalarda to'qimaning katta sohalariga ishlov berishda.
Sprey halqum yoki burun-halqumdagi jarrohlik operatsiyalarida qo'llanilganda, lidokain yutish refleksini bostirib, hiqildoq va traxeyaga tushishi va yo'tal refleksini bostirishi mumkinligini hisobga olish kerak, bu bronxopnevmoniyaga olib kelishi mumkin.
Bu ayniqsa bolalarda muhimdir, chunki ularda yutish refleksi tez-tez chaqiriladi. Shu munosabat bilan sprey 8 yoshgacha bo'lgan bolalarda tonzilektomiya va adenotomiya oldidan mahalliy anesteziya uchun tavsiya etilmaydi.
Lidokainni shikastlangan shilliq qavatga va/yoki infektsiyalangan zonalarga purkashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparatni epilepsiyasi bo'lgan bemorlarda, shuningdek bradikardiya, yurakda o'tkazuvchanlik buzilishi, jigar funktsiyasi buzilishi va og'ir shokda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, ayniqsa to'qimaning katta sohalariga yuqori dozalar bilan ishlov berishda preparatning katta miqdori so'rilishi kutilsa.
Holsizlangan va keksa bemorlarda, o'tkir kasalliklarda, shuningdek bolalarda - yoshi va umumiy holatiga muvofiq pastroq dozalarni qo'llash kerak.
2 yoshgacha bo'lgan bolalarda Lidokain spreyini preparat shimdirilgan paxta tampon bilan surtish tavsiya etiladi.
Preparatni purkash vaqtida flakonni imkon qadar vertikal ushlash kerak. Sprey ko'zga tushmasligi kerak. Flakonni ochish, qizdirish mumkin emas.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Lidokainga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik. 8 yoshgacha bo'lgan bolalarda tonzillektomiya va adenotomiyada sprey ko'rinishidagi lidokainni qo'llash ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Ehtiyotkorlik bilan:
Gemorroidal qon ketishi bo'lgan bemorlarda instrumental tekshiruvlar (rektoskopiya), qo'llash sohasida mahalliy infektsiya, qo'llash sohasida shilliq qavat yoki teri qoplamalarining jarohati, og'ir somatik patologiya, epilepsiya, bradikardiya, yurak o'tkazuvchanligining buzilishi, jigar funksiyasining buzilishi, og'ir shok ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang), kichik bolalar yoshi, keksa yosh, homiladorlik, laktatsiya davri.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homilador ayollarda nazorat qilingan klinik tadqiqotlar natijalari yo'q. Mahalliy anesteziya qo'llash zarurati bo'lganda va xavfsizroq davolash bo'lmaganda, lidokain spreyni homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin.
Lidokain ko'krak sutiga ajralib chiqadi, ammo oddiy terapevtik dozalar qo'llanilgandan so'ng sut bilan ajralib chiqadigan uning miqdori emizikli bolaga qandaydir zarar yetkazish uchun juda oz.
Simetidin va propranolol lidokainning jigar klirensini pasaytiradi (mikrosomal oksidlanish ingibirlanishi va jigar qon oqimi pasayishi oqibatida metabolizmning pasayishi) va toksik ta'sirlar (shu jumladan karaxtlik holati, uyquchanlik, bradikardiya, paresteziyalar va boshqalar) rivojlanish xavfini oshiradi.
Barbituratlar, fenitoin, rifampitsin (jigar mikrosomal fermentlari induktorlari) samaradorlikni pasaytiradi (dozani oshirish talab etilishi mumkin).
Aymalin, fenitoin, verapamil, xinidin, amiodaron bilan tayinlanganda manfiy inotrop ta'sir kuchayishi mumkin. Beta-adrenoblokatorlar bilan birga tayinlash bradikardiya rivojlanish xavfini oshiradi.
Kuraresimon DVlar mushak relaksatsiyasini kuchaytiradi.
Prokainamid MNS qo'zg'alishi, gallyutsinatsiyalar rivojlanish xavfini oshiradi.
Lidokain va uxlatuvchi va sedativ DVlar bir vaqtda tayinlanganda ularning MNSga susaytiruvchi ta'siri kuchayishi mumkin.
Lidokain ta'siri fonida geksobarbital yoki tiopental natriy v/i yuborilganda nafas susayishi mumkin.
Monoaminooksidaza ingibitorlari ta'siri ostida lidokainning mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'siri kuchayishi mumkin.
Lidokain va polimiksin B bir vaqtda qo'llanilganda nerv-mushak o'tkazuvchanligiga susaytiruvchi ta'sir kuchayishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda bemorning nafas olish funktsiyasini kuzatish kerak.
Dozalovchi klapanni bosish orqali chiqariladigan spreyning bitta dozasi 4,6 mg lidokain saqlaydi.
Qon plazmasida preparatning yuqori konsentratsiyalariga erishishdan qochish uchun qoniqarli ta'sir kuzatiladigan eng past dozalarni qo'llash kerak.
Odatda klapanni 1 - 2 marta bosish yetarli, ammo akusherlik amaliyotida 15 -20 yoki undan ortiq dozalar qo'llaniladi (maksimal miqdor 70 kg tana vazniga 1 - 40 doza).
Turli ko'rsatmalarda tavsiya etilgan dozalar
Qo'llash Doza (klapanni bosishlar soni)
Stomatologiya 1-3
Stomatologik jarrohlik 1-4
Otorinolaringologiya 1-4
Endoskopiya 2-3
Akusherlik 15-20
Ginekologiya 4-5
Dermatologiya 1-3
Preparatni shuningdek unda namlangan paxta tamponi yordamida surtish mumkin.
Bolalar
Stomatologik muolajalar va operatsiyalarni o'tkazishda bolalarda Lidokain spreyini paxta tamponi yordamida qo'llash afzalroq, bu preparat purkalganda qo'rqishdan, shuningdek sanchish hissidan (odatiy nojo'ya ta'sir) qochish imkonini beradi.Dozani oshirib yuborishBelgilari: ko'p terlash, teri qoplamalarining oqarishi, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ko'rish idrokining noaniqligi, quloqlarda shovqin, diplopiya, arterial qon bosimining pasayishi, bradikardiya, aritmiya, uyquchanlik, titroq, uvishish, tremor, bezovtalik, qo'zg'alish, tirishishlar, metgemoglobinemiya, yurak to'xtashi.
Davolash: intoksikatsiyaning birinchi belgilari (bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish, eyforiya) paydo bo'lganda keyingi yuborishni to'xtatadilar, bemorni gorizontal holatga o'tkazadilar; kislorod ingalyatsiyasini tayinlaydilar; tirishishlarda - v/i 10 mg diazepam; bradikardiyada - m-xolinoblokatorlar (atropin), vazokonstriktorlar (norepinefrin, fenilefrin). Dializ samarasiz.
Lidokain boshqa chiqarish shakllari


LIDOKAIN 38,0 sprey 10% analoglari
















