logo
SavatKirish

LIDOKAIN sprey 50ml 100mg/ml N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Moldova
Faol modda:Lidokain
Ishlab chiqaruvchi:Flumed-Farm S.R.L
ATX kodi:N01BB02
Barcha Lidokain dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LIDOKAIN sprey 50ml 100mg/ml N1 o'xshash dorilari

OSTATIN inyektsiya uchun eritma 0,1 mg / ml 1ml N5
OSTATIN inyektsiya uchun eritma 0,1 mg / ml 1ml N5
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
"Wuhan Humanwell Pharmaceutical Co., Ltd."
•14 ta dorixonada bor
Narxi
244 000 so'm dan
LONGOKAIN XEVI inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N5
Retseptli
LONGOKAIN XEVI inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N5
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Yuriya-Farm, OOO
•32 ta dorixonada bor
Narxi
169 800 so'm dan
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 0,5% N10
Retseptli
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 0,5% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
•27 ta dorixonada bor
Narxi
3 100 so'm dan
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N10
Retseptli
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus YaTT
•117 ta dorixonada bor
Narxi
3 200 so'm dan

LIDOKAIN sprey 50ml 100mg/ml N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

So'rilishi

Shilliq pardalardan (ayniqsa halqum va nafas yo'llaridan) tez so'riladi. Preparatning so'rilish darajasi shilliq qavatning qon bilan ta'minlanish darajasi, preparatning umumiy dozasi, soha joylashuvi va applikatsiya davomiyligi bilan belgilanadi. Yuqori nafas yo'llari shilliq qavatiga surtilgandan so'ng qisman yutiladi va OSHQ da faolsizlantiriladi. Og'iz bo'shlig'i va yuqori nafas yo'llari shilliq qavatiga surtilganda Сmах ga erishish vaqti - 10-20 daqiqa.

Taqsimlanishi

Oqsillar bilan bog'lanish preparat kontsentratsiyasiga bog'liq va preparat kontsentratsiyasi 1-4 mkg/ml (4,3-17,2 mkmol/l) bo'lganda 60-80% ni tashkil qiladi. Tez taqsimlanadi (Taqsimlanish fazasining Т - 6-9 daqiqa), avval qon bilan yaxshi ta'minlangan to'qimalarga (yurak, o'pka, miya, jigar, taloq), so'ngra yog' va mushak to'qimalariga kiradi. GET va platsenta to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak suti bilan sekretsiyalanadi (ona plazmasidagi kontsentratsiyaning 40%).

Metabolizmi va chiqarilishi

Jigarda (90-95%) mikrosomal fermentlar ishtirokida aminoguruhning dezalkillanishi va amid bog'ining uzilishi yo'li bilan lidokainga nisbatan kamroq faol metabolitlar (monoetilglitsinksilidin va glitsinksilidin) hosil bo'lishi bilan metabollanadi, ularning Т mos ravishda 2 soat va 10 soatni tashkil qiladi.

Safro va buyraklar orqali (10% gacha o'zgarmagan holda) chiqariladi.

Maxsus guruh bemorlarda farmakokinetikasi

Jigar kasalliklarida metabolizm intensivligi pasayadi va normal qiymatning 50% dan 10% gachasini tashkil qiladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida metabolitlarning to'planishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Yuzaki anesteziya uchun mahalliy anestetik. Ta'siri voltajga bog'liq natriy kanallari blokadasi bilan bog'liq bo'lib, bu sezgir nerv oxirlarida impulslar hosil bo'lishiga va nerv tolalari bo'ylab og'riq impulslari o'tishiga to'sqinlik qiladi.

Mahalliy qo'llanilganda tomirlarni kengaytiradi, mahalliy ta'sirlovchi ta'sir ko'rsatmaydi. Analgetik samaraga ega.

Samara shilliq pardalar yoki teriga surtilgandan 1-5 daqiqa o'tgach rivojlanadi va 30-60 daqiqa saqlanib qoladi.

Nojo'ya samaralari

Mahalliy reaksiyalar: yengil sanchish hissi, u anesteziyalovchi ta'sir rivojlanishi bilan (1 daqiqa ichida) yo'qoladi; o'tkinchi eritema, shish va sezuvchanlikning buzilishi kuzatilishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda - eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm; istisno hollarda - anafilaktik shok. Har qanday allergik reaksiya paydo bo'lganda preparatni qo'llashni darhol to'xtatish kerak.

Preparat mahalliy qo'llanilgandan so'ng tizimli ta'sirlar chastotasi juda kam, chunki qon oqimiga faol moddaning juda oz miqdori tushishi mumkin.

MNT tomonidan: juda kam hollarda - asabiy qo'zg'alish, tizimli bosh aylanishi, uyqusizlik, hushdan ketish va nafas falaji.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB pasayishi, miokard faoliyatining susayishi, bradikardiya, yurak to'xtashi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Lidokainning nafas yo'llariga tushishiga yo'l qo'ymaslik muhim (aspiratsiya xavfi). Halqumga surtish alohida e'tibor talab qiladi.

Yonoq shilliq qavatiga surtish disfagiya va keyingi aspiratsiya xavfi bilan kechadi, ayniqsa bolalarda. Til va yonoq shilliq qavati sezgirligi buzilganda ularni tishlab olish xavfi ortadi.

Lidokain shilliq qavatlar (ayniqsa traxeyada) va shikastlangan teri orqali yaxshi so'riladi. Buni hisobga olish kerak, ayniqsa bolalarda to'qimalarning katta sohalariga ishlov berishda.

Sprey halqum yoki burun-halqum sohasidagi jarrohlik operatsiyalarida qo'llanilganda shuni hisobga olish kerakki, lidokain halqum refleksini bostirib, hiqildoq va traxeyaga tushadi va yo'tal refleksini bostiradi, bu bronxopnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Bu bolalarda ayniqsa muhimdir, chunki ularda yutish refleksi tez-tez chaqiriladi. Shu munosabat bilan sprey 8 yoshgacha bo'lgan bolalarda tonzillektomiya va adenotomiya oldidan mahalliy anesteziya uchun tavsiya etilmaydi.

Lidokainni shikastlangan shilliq qavatga va/yoki infeksiyalangan zonalarga surtishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparatni epilepsiyasi bo'lgan bemorlarda, shuningdek bradikardiya, yurakda o'tkazuvchanlik buzilishi, jigar funksiyasi buzilishi va og'ir shokda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, ayniqsa to'qimalarning katta sohalariga yuqori dozalar bilan ishlov berishda preparatning sezilarli miqdori so'rilishi kutilganda.

Preparatni holsizlangan va keksa bemorlarda, o'tkir kasalliklarda, shuningdek bolalarda - yoshi va umumiy holatiga muvofiq pastroq dozalarda qo'llash kerak.

2 yoshgacha bo'lgan bolalarda Lidokain spreyini preparatga namlangan paxtali tampon bilan surtish tavsiya etiladi.

Preparatni surtish vaqtida flakonni imkon qadar vertikal ushlash kerak. Sprey ko'zga tushmasligi kerak. Flakon ochilmasin, isitilmasin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • 8 yoshgacha bo'lgan bolalarda tonzillektomiya va adenotomiya uchun qo'llash;
  • lidokain va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Gemorroydan qon ketishi bo'lgan bemorlarda instrumental tekshiruvlar (rektoskopiya)da, qo'llash sohasidagi mahalliy infeksiyada, qo'llash sohasida shilliq qavat yoki teri qoplamalari jarohatida, og'ir somatik patologiyada, epilepsiyada, bradikardiyada, yurak o'tkazuvchanligi buzilishida, jigar funksiyasi buzilishida, og'ir shokda, kichik yoshdagi bolalarda, keksa yoshdagi bemorlarda, homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Simetidin va propranolol lidokainning jigar klirensini pasaytiradi (mikrosomal oksidlanish ingibitsiya qilinishi va jigar qon oqimining pasayishi oqibatida metabolizmning pasayishi) va toksik samaralar (shu jumladan karaxtlik holati, uyquchanlik, bradikardiya, paresteziyalar va boshqalar) rivojlanish xavfini oshiradi.

Barbituratlar, fenitoin, rifampitsin (jigar mikrosomal fermentlari induktorlari) samaradorlikni pasaytiradi (dozani oshirish talab qilinishi mumkin).

Aymalin, fenitoin, verapamil, xinidin, amiodaron bilan tayinlanganda manfiy inotrop samara kuchayishi mumkin. Beta-adrenoblokatorlar bilan birga tayinlash bradikardiya rivojlanish xavfini oshiradi.

Kuraresimon dori vositalari mushak relaksatsiyasini kuchaytiradi.

Prokainamid MAT qo'zg'alishi, gallyutsinatsiyalar rivojlanish xavfini oshiradi.

Lidokain va uxlatuvchi va sedativ dori vositalari bir vaqtda tayinlanganda ularning MAT ga susaytiruvchi ta'siri kuchayishi mumkin.

Lidokain ta'siri fonida geksobarbital yoki tiopental natriy v/i yuborilganda nafas olishning susayishi mumkin.

MAO ingibitorlari ta'siri ostida lidokainning mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'siri kuchayishi mumkin.

Lidokain va polimiksin B bir vaqtda qo'llanilganda nerv-mushak o'tkazuvchanligiga susaytiruvchi ta'sir kuchayishi mumkin, shuning uchun bunday holda bemorning nafas olish funktsiyasini kuzatish kerak.

Dozirovkasi

Preparat mahalliy, sirtqi qo'llaniladi. Doza ko'rsatmalarga va anesteziya qilinadigan sirt maydoniga bog'liq.

Qon plazmasida lidokainning yuqori konsentratsiyasini oldini olish uchun qoniqarli ta'sirni ta'minlaydigan eng kam dozani qo'llash kerak. Odatda 1-2 purkash yetarli, garchi akusherlikda 15-20 yoki undan ko'proq purkash qo'llanilsa ham (maksimal doza - 70 kg tana vazniga 40 purkash).

Turli ko'rsatmalarda tavsiya etilgan dozalar:

Qo'llash sohasi Doza (purkashlar soni)
Stomatologiya
Og'iz bo'shlig'i jarrohligi
Otorinolaringologiya
Endoskopiya
Akusherlik
Ginekologiya
Dermatologiya

Preparatni shuningdek, unda namlangan paxta tampon yordamida ham surtish mumkin.

Stomatologik muolajalar va operatsiyalarni o'tkazishda bolalarda Lidokain spreyini paxta tampon yordamida surtish afzalroq, bu preparatni purkashdagi qo'rquvni, shuningdek sanchish hissini (odatiy nojo'ya ta'sir) oldini olishga imkon beradi.

Lidokain boshqa chiqarish shakllari

LIDOKAIN eritma 5 ml 10 mg/ml N20
LIDOKAIN eritma 5 ml 10 mg/ml N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 1% N5
Retseptli
LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 1% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
O'zkimyofarm, AO im. S.K. Islambekova
MER LIDOKAINA GIDROXLORID eritma 5 ml 1% N50
Retseptli
MER LIDOKAINA GIDROXLORID eritma 5 ml 1% N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey
LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 2% N10
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 2% N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
LIDOKAIN ko'z tomchilari 1,5ml 2% N5
LIDOKAIN ko'z tomchilari 1,5ml 2% N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Moskovskiy endokrinniy zavod, FGUP
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N20
Retseptli
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N50
Retseptli
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N5
Retseptli
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N5
Retseptli
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 10% N10
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 10% N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10
LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Organika, AO
LIDOKAIN eritma 2 ml 20 mg/ml N5
LIDOKAIN eritma 2 ml 20 mg/ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO

LIDOKAIN sprey 50ml 100mg/ml N1 analoglari

LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey
LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
PROKTO GLIVENOL rektal suppozitorialar N10
PROKTO GLIVENOL rektal suppozitorialar N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Delfarm Uninj SAS
•3 ta dorixonada bor
Narxi
115 000 so'm dan
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 2% N10
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 2% N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
LIDOKAIN 0,02/ML eritma 2ml N10
LIDOKAIN 0,02/ML eritma 2ml N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
LIDOKAIN ko'z tomchilari 1,5ml 2% N5
LIDOKAIN ko'z tomchilari 1,5ml 2% N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Moskovskiy endokrinniy zavod, FGUP
LIDOKAIN POLITVIST 0,02/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10
LIDOKAIN POLITVIST 0,02/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
LIDOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10
LIDOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
LIDOKAIN 0,02/ML eritma 2ml N10
LIDOKAIN 0,02/ML eritma 2ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Organika, AO
LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10
LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Organika, AO
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 10% N10
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 10% N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO

LIDOKAIN sprey 50ml 100mg/ml N1 haqida savollar

LIDOKAIN sprey 50ml 100mg/ml N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil