Ташкент
logo
SavatKirish

LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:«Groteks»
Barcha LinAkva dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 o'xshash dorilari

LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Natriy xloridini (NaCl) 9 g/l saqlovchi, osmolyar ko'rsatkichi 200-400 mosm/kg bo'lgan, izotonik, tabiiy steril dengiz suvi. 

Dengiz suvining barcha faol moddalari va mikroelementlarini: K, Mg, Na, sa, Cl, Se, I, Zn, Cu, Fe va boshqalarni saqlaydi.

Konservantlarni saqlamaydi

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Steril polietilen leek i polipropilen li yunidozlar (tyubik-tomchilagich) 2 ml xajmli.

Farmakologik ta'siri

Qo'llanilish sohasi – Otorinolaringologiya. Vosita 0 yoshdan boshlab bolalar uchun LOR-kasalliklarini oldini olish va majmuaviy davolashda burun va burun-xalqumning shilliq qavatini yuvish uchun mo'ljallangan. 


Tibbiy buyumning xususiyatlari

Yallig'lanishga qarshi va yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi, ta'sirlanishni bartaraf etadi.  

Burun bo'shlig'i va burun-xalqumni bakteriyalar, viruslar, allergenlar, ushoq, shilliq, chang zarralaridan faol tozalab, barcha qismlarini yaxshilab yuvadi. Burun bo'shlig'ining shilliq qavatlarini normal fiziologik holatini bir maromda saqlab turadi, mahalliy immunitetni oshiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatining shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni tiklash qobiliyatiga ega. 

Burun bo'shlig'ining shilliq qavatiga sepiladigan dori vositalarining terapevtik samarasini oshiradi va respirator kasalliklarning davomiyligini qisqartiradi. 

Infektsiyalarni burunoldi bo'shliqlari va quloq bo'shlig'iga tarqalish xavfini kamaytiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatini regenerasiya jarayonlarini tezlashtiradi, burun bo'shlig'i va burunoldi bo'shliqlarida o'tkaziladigan operasiyalaridan so'ng asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Nojo'ya samaralari

Vositani qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq qo'llanganda nojo'ya ta'sirlar aniqlanmagan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Vositani homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin. 

Insonning psixomotor holatiga ta'sir ko'rsatadigan tibbiy buyumlar qatoriga kirmaydi.

Qo'llanilishi

Burun bo'shlig'ini yuvish va chayish uchun "Linakva bebi" yunidozalar vositasini 0 yoshdan boshlab qo'llash mumkin. 

- chaqaloqni hayotining birinchi kunidan burun bo'shlig'ini yumshatish va har kungi gigiena uchun;

- O'RVI va gripp epidemiyasi davrida har kuni qo'llash uchun;

- noxush atrof - muhit, ya'ni yomon iqlim sharoitlarida yashash, kondisioner bilan sovutiladigan va/yoki Markaziy isitiladigan havoli honada bo'lish, ifloslangan havo ta'siridan (chang, bo'yoqlar va boshq) har kuni foydalanish uchun;

- chaqaloq burun bo'shlig'ining o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarini (infektsion, allergik, atrofik) oldini olish va majmuaviy davolash maqsadida har kuni foydalanish uchun:

-o'tkir va surunkali rinitlar; 

-o'tkir va surunkali sinusitlar;

-o'tkir va surunkali adenoiditlar;

-allergik va atrofik rinitlar;

- dori vositalarini qo'llash uchun burun bo'shlig'ini tayyorlash uchun.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- yuvish va chayish uchun vositalarning komponentlarini shaxsiy o'zlashtiraolmaslik;

- burun yo'llarini to'liq berkilib qolishi;

- o'tkir otit va surunkali otit xurujida qo'llash mumkin emas.

Ta'rifi

Burun bo'shlig'ini yuvish va chayish uchun "Linakva bebi" vositasi (keyinchalik – vosita), tiniq, rangsiz, xidsiz, biroz tuzli ta'mli suyuqlik.

Dozirovkasi

Majmuaviy davolashda: 1-2 tomchidan har bir burun bo'shlig'iga kuniga 4 marta. Kuchli tumovda: har bir burun bo'shlig'ini kuniga 4 marta yuvish. 

Profilaktika va har kungi gigiena: burun bo'shlig'ini kuniga 2-3 marta yuvish.

Tibbiy buyumni qo'llash davomiyligi va soni cheklanmagan. 


Yuvish usullari

Boshqalaridan bir yunidozani ajratib qo'ying.


Qopqog'ini burab, uni oching.


Burunni yuvish yarim yotgan holatda amalga oshiriladi. 

Bolaning boshini yon tomonga qaratiladi. 

Yunidozani biroz bosib, yuqorida joylashgan burun yo'llariga eritmani tomizing. 

Bolani o'tkazing va unga burunni qoqishga yordam bering. Zarurati bo'lsa muolajani takrorlang.


Muolajani ikkinchi burun yo'lida o'tkazing. Ishlatilgan yunidozani tashlab yuboring.



Agar eritma qolgan bo'lsa, qopqog'ini sekin bosib, yunidozani yoping, birinchi ochilgandan so'ng 12 soat davomida ishlatilsin.


LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 boshqa chiqarish shakllari

LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 analoglari

LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 savollari

LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida
Гузаль
04.04.2024 14:49
5
Очень удобный и щадящий формат для маленьких деток. Пользуемся с рождения, самое лучшее средство для детских носиков

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil