Apteka.uz
SavatKirish

LinAkva

LinAkva chiqarilish shakllari

5
1 отзывов
LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30
LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
«Groteks»
- LinAkva qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- LinAkvaning tarkibi
- LinAkva ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- LinAkva narxi Toshkent dorixonalarida

LinAkva haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- yuvish va chayish uchun vositalarning komponentlarini shaxsiy o'zlashtiraolmaslik;

- burun yo'llarini to'liq berkilib qolishi;

- o'tkir otit va surunkali otit xurujida qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

Natriy xloridini (NaCl) 9 g/l saqlovchi, osmolyar ko'rsatkichi 200-400 mosm/kg bo'lgan, izotonik, tabiiy steril dengiz suvi. 

Dengiz suvining barcha faol moddalari va mikroelementlarini: K, Mg, Na, sa, Cl, Se, I, Zn, Cu, Fe va boshqalarni saqlaydi.

Konservantlarni saqlamaydi

Farmakologik ta'siri

Qo'llanilish sohasi – Otorinolaringologiya. Vosita 0 yoshdan boshlab bolalar uchun LOR-kasalliklarini oldini olish va majmuaviy davolashda burun va burun-xalqumning shilliq qavatini yuvish uchun mo'ljallangan. 


Tibbiy buyumning xususiyatlari

Yallig'lanishga qarshi va yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi, ta'sirlanishni bartaraf etadi.  

Burun bo'shlig'i va burun-xalqumni bakteriyalar, viruslar, allergenlar, ushoq, shilliq, chang zarralaridan faol tozalab, barcha qismlarini yaxshilab yuvadi. Burun bo'shlig'ining shilliq qavatlarini normal fiziologik holatini bir maromda saqlab turadi, mahalliy immunitetni oshiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatining shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni tiklash qobiliyatiga ega. 

Burun bo'shlig'ining shilliq qavatiga sepiladigan dori vositalarining terapevtik samarasini oshiradi va respirator kasalliklarning davomiyligini qisqartiradi. 

Infektsiyalarni burunoldi bo'shliqlari va quloq bo'shlig'iga tarqalish xavfini kamaytiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatini regenerasiya jarayonlarini tezlashtiradi, burun bo'shlig'i va burunoldi bo'shliqlarida o'tkaziladigan operasiyalaridan so'ng asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Vositani homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin. 

Insonning psixomotor holatiga ta'sir ko'rsatadigan tibbiy buyumlar qatoriga kirmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Intranazal qo'llash uchun barcha vositalar va fizioterapevtik muolajalar bilan mutanosib.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Majmuaviy davolashda: 1-2 tomchidan har bir burun bo'shlig'iga kuniga 4 marta. Kuchli tumovda: har bir burun bo'shlig'ini kuniga 4 marta yuvish. 

Profilaktika va har kungi gigiena: burun bo'shlig'ini kuniga 2-3 marta yuvish.

Tibbiy buyumni qo'llash davomiyligi va soni cheklanmagan. 


Yuvish usullari

Boshqalaridan bir yunidozani ajratib qo'ying.


Qopqog'ini burab, uni oching.


Burunni yuvish yarim yotgan holatda amalga oshiriladi. 

Bolaning boshini yon tomonga qaratiladi. 

Yunidozani biroz bosib, yuqorida joylashgan burun yo'llariga eritmani tomizing. 

Bolani o'tkazing va unga burunni qoqishga yordam bering. Zarurati bo'lsa muolajani takrorlang.


Muolajani ikkinchi burun yo'lida o'tkazing. Ishlatilgan yunidozani tashlab yuboring.



Agar eritma qolgan bo'lsa, qopqog'ini sekin bosib, yunidozani yoping, birinchi ochilgandan so'ng 12 soat davomida ishlatilsin.


Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LinAkva preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

LinAkva haqida savollar

LinAkva haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil