Ташкент
logo
SavatKirish

M-GIL tabletkalari 250 mg N20

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Metronidazol
Ishlab chiqaruvchi:Avantika Medex Pvt. Ltd
ATX kodi:J01XD01 
Barcha M-Gil dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

M-GIL tabletkalari 250 mg N20 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Xar bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: metronidazol 250 mg; 

yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, povidon K-30, natriy kroskarmelloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, titan dioksidi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin PVX blisterlarda. 

2 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.  

Farmakodinamikasi

Metronidazol nitro-5-imidazollarga kiradi. Metronidazolning ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va soddalarning hujayra ichki transport proteinlari tomonidanmetronidazolning 5-nitroguruhini biokimyoviy tiklanishi bilan bog'liq. 

Tiklangan 5-nitroguruh mikroorganizmlar hujayrasining DNK si bilan o'zaro ta'sirlashib, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibitsiya qiladi, bu esa bakteriyalarning nobud bo'lishiga olib keladi. Asosiy metaboliti (2-oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi.

Metronidazol mikroblarga qarshi va protozoylarga qarshi keng ta'sir doirasiga ega samarali vositadir. Preparat Trichomonas vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolytica, Lamblia intestinalis ga nisbatan, shuningdek obligat anaeroblar (spora hosil qiluvchi va spora hosil qilmaydigan) Bacteroides spp. (B. fragilis, B. ovatus, B. distasonis, B. thetaiotamicron, B. vulgatus), Fusobacterium spp., Clostridium spp., Peptostreptococcus spp., Peptococcus spp., Eubacterium ning sezgir shtammlariga nisbatan yuqori faollikni namoyish qiladi.

Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida metronidazol tez va deyarli to'liq so'riladi (1 soat davomida taxminan 80%), ovqat qabul qilish preparatning so'rilishiga ta'sir qilmaydi. Biokiraolishligi 100% tashkil qiladi. 500 mg preparat ichga qabul qilinganidan keyin plazmadagi kontsentrasiyasi 1 soatdan keyin – 10 mkg/ml ni, 3 soatdan keyin – 13,5 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Yarimchiqarilish davri 8-10 soatga teng, qon oqsillari bilan bog'lanishi juda kam va 10-20% dan oshmaydi. Preparat to'qimalarga (o'pkalar, buyraklar, jigar, so'lak, teri, safro, orqa miya suyuqligi, qin sekreti, urug'suyuqligi), ko'krak sutiga tez kiradi va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Metronidazolning taxminan 30-60% gidroksil guruxuni birikishi, oksidlanish va glyukuron guruxini birikishi yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2 oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sir qiladi.

Preparatning chiqarilishi 40-70% ga buyraklar orqali (o'zgarmagan holda – qabul qilingan dozaning taxminan 35%) amalga oshiriladi. Buyraklar funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlarda takror yuborilganidan keyin qon zardobida metronidazolning to'planishi kuzatilishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi, og'izda metall ta'mi, og'izni qurishi, ishtahani pasayishi, glossit, stomatit, pankreatit, anoreksiya, epigastriyda og'riqlar, qusish, diareya, qabziyat. 

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, harakat koordinasiyasining buzilishi, ataksiya, ongning chalkashishi, asabiylik, depressiya, yuqori qo'zg'aluvchanlik, holsizlik, uyquchanlik, bosh og'rig'i, tirishishlar, gallyusinasiyalar, periferik neyropatiya (ayniqsa uzoq vaqt qo'llanganida).

Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri toshmasi, terining giperemiyasi, burunning bitishi, isitma, artralgiyalar.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, poliuriya, tsistit, siydikni tutib turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang rangga bo'yalishi mumkin.

Boshqalar:neytropeniya, leykopeniya, EKG da T tishchasining tekislanishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni alkogol bilan bir vaqtda qabul qilganda, disulfiramning samarasiga o'xshash samaralarni (qizish hissi, qusish, taxikardiya) ko'rsatishi mumkinligi tufayli, bemorlarni M-gil bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklar yoki alkogol saqlovchi dorilarni iste'mol qilmasliklari to'g'risida ogohlantirish kerak.

Preparatni uzoq vaqt yuborilishini qon manzarasining nazorati ostida o'tkazgan afzal. Leykopeniyada davolashni davom ettirish imkoniyati infektsion jarayonning rivojlanishi xavfiga bog'liq. 

Trixomoniazni davolashda jinsiy hayotdan saqlanish kerak. Jinsiy sheriklarni albatta bir vaqtda davolash shart. Hayz ko'rish vaqtida davolash to'xtatilmaydi. Trixomoniazni davolagandan keyin uch navbatdagi tsikllar davomida hayz ko'rishdan oldin va keyin nazorat sinamalarini o'tkazish kerak. Lyambliozni davolagandan keyin, agarda simptomlar saqlanib qolsa, 3-4 haftadan keyin bir necha kunlik interval bilan ahlatning 3 tahlilini o'tkazish kerak (ayrim muvoffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o'zlashtiraolmaslik lyambliozning simptomlarini eslatib, bir necha hafta yoki oy davomida saqlanib qolishi mumkin).

Ataksiya, bosh aylanishi paydo bo'lganida, gallyusinasiyalar rivojlanganida, bemorlarning nevrologik holatlari yomonlashganida davolashni to'xtatish kerak.

Metronidazol treponemalarning immobilizasiyasini chaqirshi mumkinligini e'tiborga olish kerak, bu Nelsonning soxtamusbat testiga olib keladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Bosh aylanishi va preparatni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan boshqa nojo'ya samaralarini paydo bo'lishi mumkinligi tufayli, avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Qo'llanilishi

M-gil preparati protozoy infektsiyalari: ichakdan tashqari amebiaz, shu jumladan jigarning amyobali abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, balantidiaz, lyamblioz, teri leyshmaniozi, trixomonadali vaginit, trixomonadali uretrit.

Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaitamicron, Bacteroides vulgatus) chaqirgan infektsiyalar: suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalari, MNT infektsiyalari, shu jumladan meningit, miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o'pkalarning empiemasi va abssessi, sepsis.

Clostridium spp., Peptococcus va Peptostreptococcus chaqirgan infektsiyalar: qorin bo'shlig'i infektsiyalari (peritonit, jigar abssessi), chanoq a'zolarining infektsiyalari (endometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlarning abssessi, qin ravog'ining infektsiyalari).

Soxtamembranoz kolit (antibiotiklarni qo'llanishi bilan bog'liq). 

Nelicobacter pylori bilan bog'liq gastrit yoki 12-barmoq ichak yarasi (majmuaviy davolash).

Operasiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichakdagi, parorektal sohadagi aralashuvlar, apendektomiya, ginekologik operasiyalar) oldini olishda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-imidazollarga yuqori sezuvchanlik;

-MNT ning organik shikastlanishlari;

-qon kasalliklari, shu jumladan anamnezdagi leykopeniya bo'lganida;

-jigar etishmovchiligi (katta dozalar buyurilgan hollarda);

-homiladorlik;

-emizish;

-6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Farmakodinamik: metronidazol aminoglikozid antibiotiklar (neomisin, streptomisin, gentamisin va boshqalar), eritromisin bilan birgalikda peroral qo'llanganida ovqat hazm qilish yo'llaridagi patogen florani susaytiradi, bu yo'g'on va to'g'ri ichakdagi operasiyalardan keyingi asoratlarning ehtimolini kamaytiradi.

Metronidazol ta'siri ostida bilvosita antikoagulyantlarning samarasi kuchayishi mumkin.

Barbituratlar ta'siri ostida metronidazolning samarasini pasayishi mumkin, chunki uning jigarda faolsizlantirilishi tezlashadi.

Metronidazol va etil spirti birgalikda qo'llanganida metronidazol tomonidan aldegiddegidrogenaza fermentining blokadasi oqibatida disulfiraga o'xshash reaktsiyalar (shu jumladan yuzni qizarishi, qusish, qorin og'riqlari) rivojlanishi mumkin.

Metronidazolni disulfiram bilan majmuaviy qo'llash mumkin emas, chunki bu preparatlar o'zaro ta'sirlashganda ong susayishi, ruhiy buzilishlar bo'lishi mumkin.

Farmakokinetik: adsorbentlar, kolestiramin, burishtiruvchi va o'rab oluvchi vositalar metronidazolni me'da-ichak yo'llaridan so'rilishini kamaytiradi.

Tsimetidin metronidazolning metabolizmini susaytiradi, bu uni qon zardobidagi kontsentrasiyasini oshishiga va nojo'ya ko'rinishlarini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. 

Li+ preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida oxirgisining plazmadagi kontsentrasiyasini oshishi va intoksikasiya simptomlarini rivojlanishi mumkin.

Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromid) bilan majmuasi tavsiya qilinmaydi. 

Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi.

Ta'rifi

oq rangdan oqish ranggacha bo'lgan ikki tomonlama qavariq, dumaloq shaklli, ikki tomoni silliq tabletkalar

Dozirovkasi

Ichga, ovqatlanish vaqtida yoki keyin, chaynamasdan qabul qilish buyuriladi.

Amyobiazda - 7 kun davomida kuniga 1,5 g dan 3 marta qabul qilish uchun (kattalar) va kuniga 30-40 mg/kg dan, shuningdek 3 marta qabul qilish uchun (bolalar).

Lyambliozda 5 kun davomida – kattalarga kuniga 750-1000 mg dan, 3-5 yoshli bolalarga kuniga 250 mg dan, 5-10 yoshli bolalarga kuniga 375 mg dan, 10-15 yoshli bolalarga kuniga – 500 mg dan qo'llaniladi. 6 yoshdan kichik bolalarga metronidazolning suspenziya shaklini ishlatish afzalroq. Ovqatdan keyin kuniga 2-3 marta qabul qilinadi.

Ayollardagi trixomoniazda (uretrit va vaginit) M-gil bir marta 2 g dozada yoki kursli davolash ko'rinishida 10 kun davomida 1 tabletkadan (250 mg) kuniga 2 marta buyuriladi. Ichga qabul qilish bilan paralell ravishda kechqurun 1 vaginal suppozitoriy yoki 250 mg metronidazol saqlovchi vaginal tabletkasi buyuriladi. 

Mumkin bo'lgan qayta infektsiyani bartaraf etish uchun jinsiy sheriklarni bir vaqtda davolash kerak.

Zarurati bo'lganida davolash kursi 4-6 haftadan keyin takrorlanadi.

Erkaklardagi trixomoniazda (uretrit) M-gil bir marta 2 g dozada yoki 1 tabletkadan (250 mg) kuniga 2 marta 10 kun davomidagi kursli davolash ko'rinishida buyuriladi. Nospesifik vaginitda metronidazol 500 mg dan kuniga 2 marta 7 kun davomida qo'llanadi.

Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan gastritni va me'da-ichak yara kasalligini davolashda metronidazol 500 mg dan sutkada 3 marta 7 kun davomida (majmuaviy davolash tarkibida, masalan sutkada 2,25 g amoksisillin bilan) buyuriladi. 

Jarrohlik aralashuvlarida anaerob infektsiyalarni oldini olish uchun metronidazol sutkada 750-1500 mg dan 3 marta operasiyadan 3-4 kun oldin buyuriladi. Operasiyadan keyin 1-2 kun o'tgach (ichga qabul qilishga ruxsat beriganidan keyin) sutkada 750 mg dan 7 kun davomida. 

Anaerob infektsiyani davolashda kattalarga metronidazol kuniga 1-1,5 g dan, bolalarga kuniga 20-30 mg/kg hisobidan buyuriladi.

Buyraklar funktsiyasining yaqqol buzilishlarida (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) sutkalik dozani 2 marta kamaytirish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, ataksiya, og'ir hollarda – periferik neyropatiya va tutqanoq hurujlari.

Davolash: simptomatik; spesifik antidotlari yo'q.

M-GIL tabletkalari 250 mg N20 boshqa chiqarish shakllari

M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Realcade Lifescience Pvt. Ltd
•29 ta dorixonada bor
Narxi
28 000 so'm dan

M-GIL tabletkalari 250 mg N20 savollari

M-GIL tabletkalari 250 mg N20 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

KANDIVAG tabletkalari N8
Retseptli
KANDIVAG tabletkalari N8
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
Narxi
40 000 so'm dan
GEPA-L granulalari 5 g N30
Retseptli
GEPA-L granulalari 5 g N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
Narxi
495 000 so'm dan
SUPER DEN I NOCH tabletkalari N10
SUPER DEN I NOCH tabletkalari N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
•24 ta dorixonada bor
Narxi
51 500 so'm dan
Jenagra tabletkalari 50 mg N4
Retseptli
Jenagra tabletkalari 50 mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
RANIT tabletkalari 150 mg N100
RANIT tabletkalari 150 mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
Narxi
27 500 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil