MAKSIKOL ichga qabul qilish uchun tomchilar 15g N1

MAKSIKOL ichga qabul qilish uchun tomchilar 15g N1 qo'llanmasi
Har bir ml (taxminan 20 tomchi) quyidagi faol moddalarni saqlaydi:
Simetikon 40 mg
Ukrop yog'i 0,005 ml
Fenxel yog'i 0,0007 ml
Yordamchi moddalar: saxaroza, natriy metilparaben, natriy propilparaben, natriy benzoati, limon kislotasi monogidrati, sorbitol eritmasi 70%, ksantan saqichi, apelsin xushbo'yi, natriy karboksimetilsellyuloza, natriy tsitrati, tozalangan suv.
15 ml suyuqlik to'q rang shisha flakonda.
1 flakon preparat va tiqin-tomchilagich va qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan karton qutiga joylangan.
Simetikon. Ichakdan gaz haydovchi vosita. Fazalar atrofidagi tashqi yaralarning bitishini kamaytirib, me'da-ichak yo'llaridagi ovqat hazm qilish so'lakchalarida gaz pufakchalarining paydo bo'lish jarayonini qiyinlashtiradi va ularning bartaraf etilishiga yordam beradi. Ko'pirishga qarshi bu xususiyati gaz pufakchalarining tashqi zo'rayishini kamaytiradi, va bu bilan ularning engil bartaraf qilinishiga yordam beradi. Ozod bo'lgan gazlar ichak devorchalari bilan yutiladi yoki peristaltika (me'da va ichaklarning to'lqinsimon kerilish yoki siqilish harakatlari) natijasida organizmdan chiqariladi.
Ukrop yog'i va Fenxel yog'i.
Efir yog'i kuchsiz tinchlantiruvchi va spazmatik vosita sifatida ichga qabul qilinadi.
Simetikon. Fiziologik va kimyoviy harakatsizligi natijasida organizmga so'rilmaydi va me'da-ichak yullari orqali o'tib, o'zgarmagan xolatda organizmdan chiqariladi.
Maksikol tomchilari ichaklardan gazlarni haydash xususiyatiga ega bo'lgan simetikonni saqlaydi, shuning uchun u gazlarni haydashda yordam beradi. Ukrop va fenxel yog'i ichaklardan gazni haydash, spazmolitik va balg'am ko'chiruvchi xususiyatlariga ega. Shuningdek sanchib og'rishlar yuzaga kelganda, silliq mushaklarni bo'shashtirib, og'riqni kamaytiradi.
Ukrop yog'i. Dorivor o'simlik, ukropni spazmolitik, ichakdan gaz haydovchi vosita, ya'ni diuretik sifatida ishlatiladi, u me'da-ichak yo'llari faoliyatini tezlashtiruvchi vosita hamdir. U sanchiq og'riklar va uyqusizlikni davolash uchun ham qo'llaniladi, shuningdek ko'krakda sutning kelishini tezlashtiradi.
Fenxel yog'i. Dorivor o'simlik, fenxel spazmolitik va me'da-ichak yo'llari faoliyatini tezlashtiruvchi vositadir. Fenxel yog'i me'da-ichak yo'llari kasalliklarini, jumladan qorin shishi, qabziyat, sanchiq og'riqlari, ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, dispepsiya va xiqichoq kabi kasalliklarni davolash uchun qo'llaniladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Faol moddaning so'rilmasligi sababli homilaga xavf tug'dirish va simetikonning ko'krak sutiga o'tish ehtimolligi kam. Homiladorlik va laktasiya davrida ko'rsatma bo'yicha belgilangan dozalarda qo'llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparat haydovchilarga yoki mexanik qurilmalar bilan ishlovchi shaxslarga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.
Meteorizm, qorin shishi, me'daning sustligi, oshqozonning tutib og'rishlarini engillashtirish uchun hamda go'dak va bolalarda sanchib og'rishlarida qo'llaniladi.
Preparatning istalgan ingredientiga nisbatan yuqori ta'sirchanlik. Ichaklarning berkilib qolishi, me'da-ichak yullarining obstruktiv kasalliklarida qo'llash mumkin emas.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sirining klinik ahamiyati o'rganilmagan.
Simetikon ichga qabul qilinadigan antikoagulyantlarning so'rilishini o'zgartirishi mumkin.
Oq rangli apelsin hidli siropsimon suspenziya.
Bolalar (6 oygacha bo'lgan):
Kuniga 5-10 tomchidan 4 mahal, emizishdan 15 daqiqa oldin.
Bolalar (6 - 12 oylik):
Kuniga 10-20 tomchidan 4 mahal, emizishdan 15 daqiqa oldin.
Bolalar (1 yoshdan yukori):
Kuniga 20-25 tomchidan 4 mahal, emizishdan 15 daqiqa oldin.
MAKSIKOL ichga qabul qilish uchun tomchilar 15g N1 savollari
MAKSIKOL ichga qabul qilish uchun tomchilar 15g N1 fikr-mulohazalari
Ishlab chiqaruvchining dorilar












