MENOVAZIN eritma 50ml
MENOVAZIN eritma 50ml o'xshash dorilari


MENOVAZIN eritma 50ml qo'llanmasi
Sirtqi qo'llash uchun majmuaviy preparat. Benzokain va prokain mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sirga ega. Mentol (ratsementol, d,l-mentol) teri va shilliq qavatlarga surtilganda nerv oxirlarining ta'sirlanishini, terining yuzaki tomirlarining kengayishini keltirib chiqaradi, bu sovuqlik hissi, yengil achishish va chumoli yurishi bilan kechuvchi analgetik samara bilan birga keladi.
Bo‘lishi mumkin: allergik reaksiyalar, kontakt dermatit.
Uzoq muddat qo‘llanilganda: bosh aylanishi, asteniya, AB pasayishi (bu holda davolash to‘xtatiladi).
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; teri qoplamalari butunligining buzilishi; taxmin qilinayotgan surtish joyida terining yallig'lanish kasalliklari.
Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar yoshi.
Muayyan preparatni qo'llash usuli va dozalash tartibi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Dozalashning optimal tartibini shifokor belgilaydi. Qo'llanilayotgan preparatning dori shakli uning qo'llanilishiga ko'rsatmalar va dozalash tartibiga muvofiqligiga qat'iy rioya qilish lozim.
Menovazin boshqa chiqarish shakllari











