Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Dermatologik  / MIKOSTER eritma plenkoobrazuyushiy 3ml 8%

MIKOSTER eritma plenkoobrazuyushiy 3ml 8%

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Kategoriya:Dermatologik
Ishlab chiqaruvchi:Pierre Fabre Medicament Production – Cahors
Teglar:Tirnoq qo'ziqorinidan
Vakil:Euromedex
ATX kodi:D01AE14
Barcha MIKOSTER dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MIKOSTER eritma plenkoobrazuyushiy 3ml 8% o'xshash dorilari

BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•128 ta dorixonada bor
Narxi
71 847 so'm dan
BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•132 ta dorixonada bor
Narxi
67 000 so'm dan
SINAFLAN maz 10g 0,025%
SINAFLAN maz 10g 0,025%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
3 280 so'm dan
LAMIZIL DERM gel 15g 1%
Retseptsiz
LAMIZIL DERM gel 15g 1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.

MIKOSTER eritma plenkoobrazuyushiy 3ml 8% qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Faol modda:
Siklopiroks ……………………... 8 g
100 g plyonka xosil qiluvchi eritmaga
Yordamchi moddalar: Etilatsetat, izopropanol, metilvinil efiri va malein kislotasi monobutil efirining sopolimeri.

Farmakodinamikasi

MIKOSTER ning faol moddasi siklopiroks xisoblanadi, piridonlar guruhiga mansub zamburug'larga qarshi agentdir.
Siklopiroks keng ta'sir doirasiga ega zamburug'larga qarshi vosita xisoblanadi, u dermatofitlarga (Trichophytons, Microsporum canis, Epidermophytons), achitqi (Candida, Torulopsis, Trichosporum, Geotrichum), mog'or (Scopulariopsis, Aspergillus) qarshi va shuningdek ayrim gram-manfiy va gram-musbat bakteriyalarga qarshi faol.
Zamburug'larning biron-bir turi, qabul qilish darajasini aniqlash uchun yuqorida eslatib o'tilgan nasllarning biriga taalluqli bo'lmagani in vitro sharoitida o'rganib chiqilgan bo'lishi kerak.
MIKOSTER – bu lakli asosda 8% siklopiroks saqlovchi preparat. Tirnoqqa surtilgandan keyin erituvchilar (etilatsetat va izopropanol) va plyonka xosil qiluvchi agent (metilvinil efiri va malein kislotasi monobutil efirining sopolimeri) bug'lanadi va siklopiroksni tirnoq bilan ulanishini ta'minlaydi.
Siklopiroksning fungitsid faolligi aloxida moddalarni zamburug' xujayralari tomonidan yutinishini ingibitsiya bo'lishiga asoslangan (metallar, fosfatlar ionlari va kaliy ionlari).
Siklopiroks xujayra membranasi, mitoxondriysi, ribosomalar va mikrosomalar kabi aniq strukturalar bilan qaytuvchan bog'lanuvchi zamburug'lar xujayrasida to'planadi.

Farmakokinetikasi

in situ sharoitida sog'lom ko'ngillilarda (sog'lom tirnoqlarda) dori vositasini tashilishi.
Siklopiroks tirnoq plastinkasi orqali juda tez diffundiya qiladi:
- fungitsid kontsentratsiyasi xar kungi qo'llashning 7-chi kunidan aniqlanadi,
- tirnoqning distal qismida aniqlanuvchi maksimal kontsentratsiyasi tirnoq plastinkasini to'yinishini ifodalaydi, ular quyidagilar orasidagi davrda olingan:
- 14- va 30- kuni ​​qo'l tirnoqlari uchun qo'llaniladi,
- 30- va 45- kuni ​​oyoq tirnoqlari uchun qo'llaniladi.
Agar davolash bekor qilingan bo'lsa, siklopiroksni qolgan samarasi 7-14 kun davomida saqlanuvchi faol kontsentratsiyalar bilan namoyon bo'ladi.

Nojo'ya samaralari

Barcha dori vositalari kabi MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritma nodo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin, lekin u xammada xam kuzatilmasligi mumkin.
Allergik kontakt dermatit (ekzema ko'rinishida teri toshmasi), lekin ushbu nodo'ya ta'sirni paydo bo'lish tez-tezligi noma'lum.

Nojo'ya samaralar xaqida xisobot
Agar nojo'ya samaralardan biron-biri yaqqolroq ko'rinishga ega bo'lsa yoki Sizda yo'riqnomada ko'rsatilmagan nojo'ya samaralar paydo bo'lsa iltimos, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Siz nojo'ya samaralar xaqida ma'lumotni xisobot milliy tizimiga to'g'ridan to'g'ri xabar berishingiz mumkin: Milliy nazorat agentligi va ishlab chiqarish boshqarmasi (ANSM) et réseau des Centres Régionaux de Pharmacovigilance - Internet-sayt: www.ansm.sante.fr.
Nojo'ya samaralar xaqida xabar berib Siz ushbu dori vositasi xavfsizligi xaqida qo'shimcha ma'lumotni berishga yordam berasiz.

Qo'llanilishi

MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritma oyoq va qo'llar tirnog'ining mikozini (onixomikoz) davolash uchun mo'ljallangan. Siklopiroks faol modda tirnoq to'qimalariga o'tadi va zamburug'larni o'ldiradi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritmani quyidagilarda qo'llamaslik kerak:
- Agar Sizda siklopiroks yoki MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritmasiga allergiya bo'lsa (yuqori sezuvchanlik)
- Agar Siz 18 yoshdan kichik bo'lsangiz qo'llash mumkin emas.

Qo'llashdagi muvofiq extiyotkorlik choralari, maxsus ogoxlantirishlar
MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritmani qo'llashda ogoxlantirish choralarini qo'llang:
- Yutmang.
- MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritma qurimagunicha ko'z va shilliq qavatlar bilan kontaktdan saqlanish kerak.
- MIKOSTER faqat maxalliy qo'llash kerak.
- Tirnoq uchun oddiy lakni va xar qanday boshqa kosmetik lakni ishlov berilgan tirnoqlarga surtmang.
- Agar Sizda biron-bir allergik reaktsiyalar paydo bo'lsa davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.
- agar Sizda bir necha tirnoqlarni davolash kerak bo'lsa, yoki diabet xollarida yoki immun buzilishlarda, bu aqida shifokorga xabar bering, chunki Sizga qo'shimcha peroral davolash kerak bo'ladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bugungi kunda xech qanday boshqa dori vositalari bilan ma'lum o'zaro ta'sirlar aniqlanmagan.
Agar siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan yoki shu jumladan retseptsiz beriladigan preparatlar yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz iltimos shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.

Dozirovkasi

Фақат сиртга қўллаш учун. Бу препарат уатталарда қўллаш учун мўлжалланган.
Доим МИКОСТЕР 8%, флакондаги пленка хосил қилувчи махаллий қўллаш учун эритмани қўлланг, худди йўриқномада кўрсатилганидек.
Агар Сизни ишончингиз бўлмаса шифокор ва фармацевт билан маслахатлашишингиз керак. Хар қўллагандан кейин сақлаш бўйича йўриқномага риоя қилинг.
МИКОСТЕР 8%, флакондаги пленка хосил қилувчи махаллий қўллаш учун эритмани қўллашни бошлашдан олдин:
• тирноқлар учун қайчи, кесгич ва аррачадан фойдаланган холда шикастланган тирноқни иложи борича кўпроқ қисмини олиб ташланг.
Даволаш бутун даври давомида:
• МИКОСТЕР 8%, флакондаги пленка хосил қилувчи махаллий қўллаш учун эритмани шикастланган тирноққа кечки вақт кунига бир марта суртилади.
• МИКОСТЕР 8%, флакондаги пленка хосил қилувчи махаллий қўллаш учун эритмани суртишдан олдин тирноқ учун лакни олиб ташлаш учун бирон-бир восита билан лакни тирноқдан олиб ташланг.
• Сиз хар сафар иложи борича шикастланган тирноқни кўпроқ қисмини олиб ташлаш керак.
• тирноқ учун косметик лакни қўлламанг.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi xaqida xabarlar bo'lmagan.

Bir yoki bir necha dozalar o'tkazib yuborilgan bo'lganda qabul qilish zarur bo'lgan ta'sirlar:
Agar Siz MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritmani qo'llashni unutgan bo'lsangiz:
Ikki barobar dozani o'tkazib yuborilgan applikatsiyani to'ldirish uchun qo'llamang. Davolashni ushbu yo'riqnomada 3 punktda ko'rsatilgan davolash kabi davom ettiring.

Samaradorlikni pasayish xavfini aniqlash:
Agar siz MIKOSTER 8% flakonda maxalliy qo'llash uchun plyonka xosil qiluvchi eritmani qo'llashni bekor qilsangiz:
Agar Siz davolashni juda erta bekor qilsangiz yoki to'xtatib tursangiz mikoz qaytalanishi mumkin. Agar Sizda tirnoqlaringiz yaxshilanishiga ishonch bo'lmasa iltimos maslaxat uchun shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Agar sizda ushbu dori vositasi bo'yicha qo'shimcha savollar paydo bo'lsa shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Siklopiroksni xomilador va emizikli ayollarda qo'llash mumkin.
Shifokor yoki farmatsevt bilan biron-bir dori vositasini qo'llashdan oldin maslaxatlashing.

Xususiyatlar MIKOSTER eritma plenkoobrazuyushiy 3ml 8%

MIKOSTER eritma plenkoobrazuyushiy 3ml 8% boshqa chiqarish shakllari

5
1 отзывов
MIKOSTER krem 30g 1%
Retseptsiz
MIKOSTER krem 30g 1%
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pierre Fabre Medicament Production
MIKOSTER eritma 3ml 8%
Retseptli
MIKOSTER eritma 3ml 8%
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pierre Fabre Medicament Production
MIKOSTER krem 30g 1%
MIKOSTER krem 30g 1%
Frantsiya
Vakil:
Euromedex
Ishlab chiqaruvchi:
Per Fabr Medikament Prodakshn.
Analoglar MIKOSTER eritma plenkoobrazuyushiy 3ml 8%
Analoglari yo'q

MIKOSTER eritma plenkoobrazuyushiy 3ml 8% savollari

MIKOSTER eritma plenkoobrazuyushiy 3ml 8% fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil