MIKOSTER
MIKOSTER qo'llanmasi
MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritmani quyidagilarda qo'llamaslik kerak:
- Agar Sizda siklopiroks yoki MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritmasiga allergiya bo'lsa (yuqori sezuvchanlik)
- Agar Siz 18 yoshdan kichik bo'lsangiz qo'llash mumkin emas.
Qo'llashdagi muvofiq extiyotkorlik choralari, maxsus ogoxlantirishlar
MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritmani qo'llashda ogoxlantirish choralarini qo'llang:
- Yutmang.
- MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritma qurimagunicha ko'z va shilliq qavatlar bilan kontaktdan saqlanish kerak.
- MIKOSTER faqat maxalliy qo'llash kerak.
- Tirnoq uchun oddiy lakni va xar qanday boshqa kosmetik lakni ishlov berilgan tirnoqlarga surtmang.
- Agar Sizda biron-bir allergik reaktsiyalar paydo bo'lsa davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.
- agar Sizda bir necha tirnoqlarni davolash kerak bo'lsa, yoki diabet xollarida yoki immun buzilishlarda, bu aqida shifokorga xabar bering, chunki Sizga qo'shimcha peroral davolash kerak bo'ladi.
MIKOSTER ning faol moddasi siklopiroks xisoblanadi, piridonlar guruhiga mansub zamburug'larga qarshi agentdir.
Siklopiroks keng ta'sir doirasiga ega zamburug'larga qarshi vosita xisoblanadi, u dermatofitlarga (Trichophytons, Microsporum canis, Epidermophytons), achitqi (Candida, Torulopsis, Trichosporum, Geotrichum), mog'or (Scopulariopsis, Aspergillus) qarshi va shuningdek ayrim gram-manfiy va gram-musbat bakteriyalarga qarshi faol.
Zamburug'larning biron-bir turi, qabul qilish darajasini aniqlash uchun yuqorida eslatib o'tilgan nasllarning biriga taalluqli bo'lmagani in vitro sharoitida o'rganib chiqilgan bo'lishi kerak.
MIKOSTER – bu lakli asosda 8% siklopiroks saqlovchi preparat. Tirnoqqa surtilgandan keyin erituvchilar (etilatsetat va izopropanol) va plyonka xosil qiluvchi agent (metilvinil efiri va malein kislotasi monobutil efirining sopolimeri) bug'lanadi va siklopiroksni tirnoq bilan ulanishini ta'minlaydi.
Siklopiroksning fungitsid faolligi aloxida moddalarni zamburug' xujayralari tomonidan yutinishini ingibitsiya bo'lishiga asoslangan (metallar, fosfatlar ionlari va kaliy ionlari).
Siklopiroks xujayra membranasi, mitoxondriysi, ribosomalar va mikrosomalar kabi aniq strukturalar bilan qaytuvchan bog'lanuvchi zamburug'lar xujayrasida to'planadi.
in situ sharoitida sog'lom ko'ngillilarda (sog'lom tirnoqlarda) dori vositasini tashilishi.
Siklopiroks tirnoq plastinkasi orqali juda tez diffundiya qiladi:
- fungitsid kontsentratsiyasi xar kungi qo'llashning 7-chi kunidan aniqlanadi,
- tirnoqning distal qismida aniqlanuvchi maksimal kontsentratsiyasi tirnoq plastinkasini to'yinishini ifodalaydi, ular quyidagilar orasidagi davrda olingan:
- 14- va 30- kuni qo'l tirnoqlari uchun qo'llaniladi,
- 30- va 45- kuni oyoq tirnoqlari uchun qo'llaniladi.
Agar davolash bekor qilingan bo'lsa, siklopiroksni qolgan samarasi 7-14 kun davomida saqlanuvchi faol kontsentratsiyalar bilan namoyon bo'ladi.
Siklopiroksni xomilador va emizikli ayollarda qo'llash mumkin.
Shifokor yoki farmatsevt bilan biron-bir dori vositasini qo'llashdan oldin maslaxatlashing.
Agar Siz Mikoster 1% kremni samarasi xaddan tashqari kuchli yoki xaddan tashqari kuchsizligini sezsangiz shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Terida qo'llash. Faqat sirtga qo'llash uchun.
Terini zamburug'li infektsiyalari: sutkada 2 marta o'rtacha 21 kun davomida.
Tirnoqlarni zamburug'li shikastlanishi: kremni bir necha oy davomida sutkada 2 marta surtish kerak.
Yuzni yengildan to o'rtacha yaqqol darajadagi seboreyali dermatitida:
davolashni zarb doza bilan boshlash : 2-4 xafta davomida kuniga ikki marta surtiladi,
so'ngra tutib turuvchi davolash: 28 kun davomida kuniga 1 marta surtish kerak.
Shifokor tavsiyalariga rioya qiling.
Qo'llash usuli
Sirtga qo'llash uchun
Davolashning davomiyligi:
Shifokoringiz tavsiyalariga rioya qiling
Doza oshirib yuborilgandagi simptomlar va qo'llashdagi ta'sirlari
Qo'llanmaydi.
Agar bir yoki bir nechta doza o'tkazib yuborilgan bo'lsa qo'llash kerak bo'lgan xarakatlar
Qo'llanmaydi
Bekor qilish samarasini xavfini aniqlash
Qo'llanmaydi
Agar Sizda ushbu maxsulotni qo'llash bo'yicha qo'shimcha savollar bo'lsa, o'zingizning shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Dozani oshirib yuborilishi xaqida xabarlar bo'lmagan.
Bir yoki bir necha dozalar o'tkazib yuborilgan bo'lganda qabul qilish zarur bo'lgan ta'sirlar:
Agar Siz MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritmani qo'llashni unutgan bo'lsangiz:
Ikki barobar dozani o'tkazib yuborilgan applikatsiyani to'ldirish uchun qo'llamang. Davolashni ushbu yo'riqnomada 3 punktda ko'rsatilgan davolash kabi davom ettiring.
Samaradorlikni pasayish xavfini aniqlash:
Agar siz MIKOSTER 8% flakonda maxalliy qo'llash uchun plyonka xosil qiluvchi eritmani qo'llashni bekor qilsangiz:
Agar Siz davolashni juda erta bekor qilsangiz yoki to'xtatib tursangiz mikoz qaytalanishi mumkin. Agar Sizda tirnoqlaringiz yaxshilanishiga ishonch bo'lmasa iltimos maslaxat uchun shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Agar sizda ushbu dori vositasi bo'yicha qo'shimcha savollar paydo bo'lsa shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Bugungi kunda xech qanday boshqa dori vositalari bilan ma'lum o'zaro ta'sirlar aniqlanmagan.
Agar siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan yoki shu jumladan retseptsiz beriladigan preparatlar yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz iltimos shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.
Faol modda:
Siklopiroks ……………………... 8 g
100 g plyonka xosil qiluvchi eritmaga
Yordamchi moddalar: Etilatsetat, izopropanol, metilvinil efiri va malein kislotasi monobutil efirining sopolimeri.
Agar Sizda qandaydir nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lsa, davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing. Bu xar qanday, shu jumladan ushbu ilova-varaqasida ko'rsatilmagan nojo'ya ta'sirlarga taalluqli. Siz shuningdek nojo'ya samaralar xaqida to'g'ridan to'g'ri milliy ma'lumot tizimi orqali xabar berishingiz mumkin. Medikamentlarni xavfsizligi milliy agentligi va sog'liqni saqlash maxsulotlari (ANSM) va farmakonadzor regional markazi orqali - Internet-sayt: www.ansm.sante.fr.
Nojo'ya ta'sirlar xaqida xabar berib Siz ushbu preparatni xavfsizligi xaqida qo'shimcha ma'lumotni berishga yordam berasiz.
MIKOSTER 8%, flakondagi plenka xosil qiluvchi maxalliy qo'llash uchun eritma oyoq va qo'llar tirnog'ining mikozini (onixomikoz) davolash uchun mo'ljallangan. Siklopiroks faol modda tirnoq to'qimalariga o'tadi va zamburug'larni o'ldiradi.
MIKOSTER barcha rasmlari
















