MULTI PRENATAL kapsulalar N30

MULTI PRENATAL kapsulalar N30 haqida qo'llanma
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
faol modda: A vitamini -800mkg, C vitamin -80mg, D3 vitamin -400 XB, E vitamini -11 XB, tiamin (V1)-1,5 mg, Riboflavin (V2)-1,5mg, Niatsinamid (V3)-18mg, Piridoksin (V6)-2mg, Vitamin V12-2,6mkg, Folat kislotasi(V9)-500mkg, Kal'tsiy-250mg, Temir-25mg, Tsink-10mg.
Yordamchi moddalar: sariq asalari mumi, gidrogenlangan soya moyi I, gidrogenlangan soya moyi II, soya letsitini, rafinatlangan soya moyi, suvsiz limon kislotasi, jelatin, glitserin, sorbitol, temir vI oksidi, sariq N6, temir III oksidi, tozalangan suv.
Сhiqarilish shakli: yumshoq jelatin kapsulalar.
Farmakodinamikasi
Ozuqaga biologik faol qo'shimcha. Majmua homiladorlik vaqtida va emizish davrida ayollar o'suvchi extiyojini qoniqtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
A vitamini turli moddalar sintezida ishtirok etadi (oqsil, yog', mukopolisaxaridlar) va teri, shilliq qavat, shuningdek ko'rish a'zolari normal funktsiyasini ta'minlaydi.
D3 vitamini kal'tsiy muvozanatini va homilador ayollar organizmida fosforni tutib turishda asosiy rol' o'ynaydi.
E Vitamini (tokoferol) tabiat antioksidanti xisoblanadi.
V guruxi vitaminlari organizmda turli moddalar almashinuvini boshqaruvchi barcha fermentlarni xosil bo'lishida ishtirok etadi.
Folat kislotasi qon xujayralarini normal xosil bo'lishi uchun zarur, eritropoezni rag'batlantiradi, aminokislotalar sintezida ishtirok etadi.
Kal'tsiy suyak to'qimalarini shakllanishida, qon quyilishida, nerv impul'slarini o'tishida, skelet va silliq mushaklarni qisqaruvchanligida ishtirok etadi.
Tsink homila skeletini normal shakllanishi va to'qimalar regeneratsiyasi uchun zarur, ayrim gormonlar, shu jumladan insulin tarkibiga kiradi.
S Vitamini — tan olingan immunostimulyatordir. Yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega, erkin radikallarni neytralizatsiya qilishga va o'pka xujayralarini agressiv ta'sirlardan ximoya qilishga yordam beradi.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Ozuqaga biologik faol qo'shimcha dori vositasi xisoblanmaydi.
Dori vositalari qabul qilganda shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Qo'llanilishi
Homiladorlik rejalashtirilganda, homiladorlik davrida, tug'ruqdan keyin va emizish davrida mineral moddalar va vitaminlar yetishmovchiligini o'rnini to'ldirishda qo'llaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning biron bir komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik.
Dozirovkasi
Homiladorlik vaqtida va tug'ruqdan keyin kuniga 1 kapsuladan ovqat vaqtida suv bilan yoki shifokor maslaxati bo'yicha qo'llaniladi.
Preparatni tavsiya etiladigan davomiyligi homiladorlik yuz bergunicha (homiladorlik rejalashtirilgan xollarda), homiladorlik va emizish davrida 1 oyni tashkil qilgan.
MULTI PRENATAL kapsulalar N30 o'xshash dorilari



1

