Multi
Multi chiqarilish shakllari
Multi haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
12 yoshgacha bo'lgan bolalarga
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi
Farmakodinamikasi
Ozuqaga biologik faol qo'shimcha.
Mul'ti Deyli 14 asosiy vitaminlar va minerallar saqlaydi, ular yetishmovchiligida qo'shimcha o'rnini to'ldirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
A vitamini turli moddalar sintezida ishtirok etadi (oqsil, yog', mukopolisaxaridlar) va terini, shilliq qavati, shuningdek ko'rish a'zolarining normal faoliyatini ta'minlaydi.
D3 vitamini fosfor-kal'tsiy almashinuvi asosiy boshqaruvchisi xisoblanadi, suyak to'qimalarini shakllanishi va yoshga qarab so'rilishida ishtirok etadi.
E vitamini (tokoferol) tabiiy antioksidant xisoblanadi.
V gurux vitaminlari turli fermentlarni xosil bo'lishida ishtirok etadi, ular organizmda turli modda almashinuvlarini boshqaradi.
S vitamini —immunostimulyator deb tan olingan. Yallig'lanishga qarshi xususiyatga ega, erkin radikallarni neytralizatsiya qilish va o'pka xujayralarini agressiv ta'sirlardan ximoyalashga yordam beradi.
Folat kislotasi qon xujayralarini normal xosil bo'lishi uchun kerak, eritropoezni rag'batlantiradi, aminokislotalar sintezida ishtirok etadi.
Temir gemoglobin molekulasini qismi xisoblanadi, organizmda kislorodni tashilishida ishtirok etadi va anemiyani rivojlanishini ogoxlantiradi.
Kal'tsiy suyak to'qimalarini shakllanishida, qon ivuchanligi, nerv impul'slarini o'tishida, skelet va silliq mushak qisqaruvchanligida ishtirok etadi.
Tsink almashtirib bo'lmaydigan mikroelement xisoblanadi. Antitelalar xosil bo'lishi uchun zarur, ular yot tanalarni aniqlaydi va bartaraf qiladi (masalan, bakteriyalar va viruslar), xamda infektsiya kirishida immun javobni amalga oshiruvchi T-limfotsitlar yetilishiga javobgardir.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homilador va emizikli ayollarga kelishuv bo'yicha va shifokor kuzatuvi ostida qabul qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalari
Ozuqaga biologik faol qo'shimcha dori vositasi xisoblanmaydi.
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kuniga 1 -2 marta ovqat bilan yoki ovqatdan keyin darxol yetarlicha miqdordagi suv bilan yoki shifokor tavsiyasi bo'yicha qo'llaniladi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
faol modda: A vitamini -2000XB, C vitamin -60mg, D3 vitamin -400 XB, E vitamini - 30 XB, tiamin (V1)-1,5 mg, Riboflavin (V2)-1,5mg, Niatsinamid (V3)-20 mg, Piridoksin (V6)-2mg, Vitamin V12-2,4mkg, Folat kislotasi(V9)-400mkg, Pantonen kislotasi (Vit.V5)-10mg, Kal'tsiy-250mg, Temir-10mg, Tsink-15mg.
Yordamchi moddalar: kolloid kremni dioksid; rafinatlangan soya moyi; sariq mum; butilgidroksianizol; butilgidroksitoluol; jelatin; gidrogenlangan soya moyi; EDTA; letsitin; soya; suvsiz limon kislotasi; glitserin; sorbitol; titan oksidi; temir Iv oksidi, temir III oksidi; Yellow No6 bo'yovchisi; tozalangan suv.
Сhiqarilish shakli: yumshoq jelatin kapsulalar
Nojo'ya samaralari
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)














