Ташкент
logo
SavatKirish

MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Pokiston
Kategoriya:Vitaminlar
Ishlab chiqaruvchi:Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
ATX kodi:A11AA01
Barcha Multikal dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10 o'xshash dorilari

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•106 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
Narxi
103 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
115 000 so'm dan

MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har bir paket quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
Vitamin V1 (tiamin gidroxloridi) 15 mg;
Vitamin V2 (riboflavin natriy 5-fosfati) 15 mg;
Vitamin RR (nikotinamid) 50 mg;
Vitamin V6 (piridoksin gidroxloridi) 10 mg;
Vitamin S (askorbin kislotasi) 100 mg;
Kalьtsiy D-pantotenati 15 mg;
Kalьtsiy glitserofosfati 373,3 mg;
Kalьtsiy karbonati 156,7 mg;
Yordamchi moddalar: suvsiz dekstroza, aspartam, natriy bikarbonati, suvsiz limon kislotasi, apelьsin hushbo'yi (kukuni), to'q sariq rangga bo'yovchi, kolloid kremniy dioksidi.

Farmakokinetikasi

Mulьtikal Plyus preparatining ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar ta'sirini yig'indisi bilan aniqlanadi. Kinetik kuzatuvlarni o'tkazish imkoni yo'q, chunki majmuaviy komponentlarni markerlar va biokinetik tekshiruvlar yordamida nazorat qilish mumkin emas. Shu sababli preparatning metabolitlarini aniqlash mumkin emas.

Farmakologik ta'siri

Mulьtikal plyus vitaminlar va mineral moddalarning majmuasi bo'lib, organizmning hayot faoliyati va normal faoliyati uchun zarur. Turli kasalliklar va tashqi muxitni noxush omillariga organizmning qarshiligini oshiradi. V1 vitamini ketokislotalarning dekarboksillanishi uchun koenzimning tarkibiy qismi sifatida uglevodlar almashinuvining muhim komponenti hisoblanadi; uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvida muhim rol o'ynaydi, sinapslar orqali nerv qo'zg'aluvchanligini o'tishida ishtirok etadi. Aqliy va jismoniy mexnat faoliyatini oshiradi, detoksikatsion ta'sir ko'rsatib, nerv to'qimalarida metabolizmni yaxshilaydi. V2 vitamini hujayra nafasi va ko'rish jarayonlarini muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, DNK shakllanishida asosiy rolь o'ynaydi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, to'qimalar (shu jumladan, teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlarida, hujayralarda trofik buzilishlarni to'g'rilashda ishtirok etadi. RR vitamini hujayra nafasi va oqsillar almashinuvida ishtirok etuvchi, yuqori nerv faoliyati va ovqat xazm qilish faoliyatini boshqaruvchi, fermentlarning tarkibiga kiradi. V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qondagi glyukozaning darajasini boshqaradi, qaoqonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to'qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustaxkamlaydi, neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi, antidepressiv ta'sir ko'rsatadi. S vitamini kuchli tiklanuvchi xususiyatlarga ega, hususan, atrof muhitning zaharli moddalarini zararsizlantiradigan fermentlarni tiklaydi. Kollagen (qon-tomirlar devori, pay, bog'lam va suyaklarning struktur komponentlaridan biri) ni sintezi uchun, xolesterinni, yog'larni hazm bo'lishi uchun xizmat qiladigan, hamda ichaklar harakatini kuchaytiradigan, o't kislotalariga aylantirish uchun zarur. Kalьtsiy pantotenati (V5 vitamini) A kofermentining (fermentlarning faolligini namoyon qilish uchun zarur bo'lgan, oqsil bo'lmagan organik birikma) tarkibiga kiradi. Atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rolь o'ynaydi. Uglevodlar va yog'lar almashinuvida va atsetilxolinni sintezida ishtirok etadi. Kalьtsiy suyak moddasini shakllanishi, qonni ivishi, nerv impulьslarini o'tkazish jarayonlarini amalga oshishi, skelet va silliq mushaklarni qisqarishi, miokardni normal ish faoliyati uchun zarur.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaktsiyalar kutilishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Tavsiya etilgan dozalardan oshirish mumkin emas.
Siydik to'q sariq rangga bo'yalishi mumkin, bu preparatni tarkibidagi riboflavin bilan bog'liq.
Allergik reaktsiyalar paydo bo'lganida preparatni bekor qilish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Mulьtikal Plyus avtotransportni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiyada qo'llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida Mulьtikal Plyus preparatini qo'llash mumkinligi xaqidagi masala individual hal etiladi. Homiladorlikda va laktatsiya davrida vitaminlar va minerallarga bo'lgan talab oshadi.
Pediatriyada qo'llanilishi
Preparatni 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

kattalarda gipovitaminozlar va kalьtsiy tanqisligini oldini olish uchun;
vitaminlarga va kalьtsiyga bo'lgan talabni oshishi bilan kechuvchi holatlarda (shu jumladan, tuliq bo'lmagan va tartibsiz ovqatlanish, antibiotiklar bilan uzoq vaqt davolanish, astenik holatlar, aqliy va jismoniy ish faoliyati oshganida) qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
gipervitaminozda qo'llash mumkin emas.
Qandli diabet bilan xastalangan va qon bosimi yuqori bo'lgan patsiyentlar preparatni shifokor maslahati bilan qabul qilishlari kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatning tarkibiga kiruvchi V6 vitamini levodopaning samarasini kamaytiradi.
Ftoruratsil, vinblastin, bleomitsin, sisplatin V1 i V6 vitaminlarining o'zlashtira olinishini kamaytiradi.
Penitsillamin, izoniazid V1 vitaminini chiqarilishini kuchaytirib, uning samaradorligini kamaytiradi.
Izoniazid piridoksinning samaradorligini kamaytiradi..
Mulьtikal Plyus preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi, sulьfanilamidlar guruxi mansub bo'lgan mikroblarga qarshi vositalarning farmakologik ta'siri va nojo'ya samarasini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

Mulьtikal Plyus bir sashedan kuniga bir yoki ikki marta ichga qabul qilinadi. Bir sashe bir stakan suvda eritiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi bexosdan oshirib yuborilganida, shifokorga murojaat qilish kerakligi haqida patsiyent ma'lumot olgan bo'lishi kerak. Davolash: zarur bo'lganida simptomatik davolash o'tkazish kerak.

Analoglar MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10
Analoglari yo'q

MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10 savollari

MULTIKAL PLYUS poroshok 10g N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil