Apteka.uz
SavatKirish

Natolan eritma 3ml N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:«FERMENT»
Teglar:Jigar uchun
Vakil:Ksealmed
ATX kodi:A05VA
Barcha Natolan dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Natolan eritma 3ml N10 haqida qo'llanma

Sotish shartlari

Retsept bo'yicha

Tarkibi

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: past molekulyar qand moddalari (N-pentoksenial) – 4 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

3 ml dan shpritsga to‘ldirilgan, sindirish nuqtasi va halqasi bilan ampulalarda.
Har bir ampulaga qog‘oz yorliq yopishtiriladi. 5 ampuladan polivinilxloridli va alyuminiy folьgali plyonkadan kontur uyali o‘ramga qadoqlangan. 
2 ta kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillarida tasdiqlangan tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. 
Karton qutichalar karton qutiga joylangan.
Kontur uyali o‘ramlar (karton qutichaga joylanmasdan) teng miqdordagi davlat va rus tilidagi tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomalar bilan birga karton qutiga joylan ruxsat beriladi

Farmakodinamikasi

Natolan yangi toifadagi moddalarga mansub dori vositasi hisoblanib, gepatotsitlar, pankreotsitlar retseptorlariga affin bo‘lgan qand moddalar guruhini o‘zida saqlovchi molekulaga ega. Preparat faqat o‘ziga xos, uning boshqa kimyoviy unsurlariga xos bo‘lmagan farmakologik ta'sir ko‘rsatadi.
Energetik almashinuvga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatib, 5 oksilipoksigenaza bilan o‘zaro ta'sirlashish tufayli yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni bloklaydi, hujayra membranalarining ion-transport tizimini faollashtiradi, himoyaviy antioksidant funktsiyani rivojlantiradi, gepatotsit membranalarining turg‘unlashishiga yordam beradi va o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.  
Preparat jigarning antitoksik faoliyatini kuchaytiradi, oqsillarni sintez qiluvchi va lipidlarni hosil qiluvchi faoliyatlarini yaxshilaydi, surunkali virusli gepatit V va S da serokonversiyaga erishishga imkon beradi, gepatitning klinik belgilarini kamaytirib, jigarning funktsional xolatini yaxshilaydi, jigar funktsiyasining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, gepatotsitlarning shikastlanish markerlari – ALT, AST, IF, GGTP miqdorini kamaytiradi. Gemopoezga ijobiy ta'sir qilib, gemoglobin, letskotsitlar ishlab chiqarilishini, hamda periferik va markaziy gemodinamikani normallashtiradi. 
Jigar fibrozining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. 
Jigar funktsiyasi, jumladan gepatit, sirroz va boshqalarda yo‘qotilgan funktsiyalarning tiklanishiga yordam beradi 
Ta'sir qilishning ushbu spektri jismoniy ishlash qobiliyati va hayot sifatining yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi

Farmakokinetikasi

Preparat mushak ichiga yuborilgandan so‘ng juda qonga tez so‘riladi va uning taqsimlanishini aniqlashning iloji yo‘q, chunki uning tarkibida patsiyentning o‘rtacha 10 kg vazniga hisoblaganda, 0,012 mg qand moddalari mavjud. Preparatning mavjudligi va ta'siri haqida faqat bilvosita belgilar bo‘yicha fikr bildirish mumkin.

Nojo'ya samaralari

Tez-tez:

- ishtahaning oshishi;

Noma'lum: 

- uyqusizlik

- allergik reaktsiyalar (toshma, teri qoplamalarining qichishishi, eshakemi).


Maxsus ko‘rsatmalari

Glikemiya ko‘rsatkichlari dinamikasida salbiy o‘zgarishlarning yo‘qligini tasdiqlovchi klinik ma'lumotlar mavjud bo‘lib, bu uglevodlarga tolerantlikni buzilishlari bo‘lganda preparatni qo‘llash imkonini beradi. 
Surunkali jigar kasalliklarida ishtahaning oshishini jigar funktsiyasining normallashish jarayonlaridan dalolat beruvchi holat deb qarash mumkin.  
Natolan bilan davolanish vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish va chekishdan saqlanish kerak.  
Natolan preparatidan foydalanganda oziq-ovqat maxsulotining mikdorini qat'iy nazorat qilish tavsiya etiladi. Natriy xloridning bir martalik dozadagi tarkibi (preparat bilan 1 ampulada) – 27 mg (460 mmolь); tuzsiz parxezdagi shaxslarga extiyetkorlik bilan buyurish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Natolan 3 yoshdan katta bolalarda turli etiologiya va patogenezli gepatitlarni davolashda qo‘shimcha terapiya tarkibida qo‘llanilishi ko‘rsatilgan. 
Agar kutilayotgan davolash effekti nojo‘ya ta'sirlar kelib chiqish havfidan ustun bo‘lsa, Natolan preparatini 3 yoshga to‘lgan bolalarni davolash uchun shifokor ko‘rsatmasiga asosan qo‘llash mumkin. Preparat dozasini ehtiyotkorlik bilan belgilash lozim, Notaloron® preparatini qo‘llashning eng pastki doza diapazonidan boshlab. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar amaliyotida Natolan preparatini qo‘llanilishi bo‘yicha izlanishlar amalga oshirilmagan

Qo'llanilishi

turli etiologiya va patogenezli gepatitlar 
- jigar sirrozi (terminal bosqichdan tashqari)
- jigarning yog‘li degeneratsiyasi
- homiladorlar toksikozida kompleks terapiya tarkibida 
- 3 yoshdan katta bolalarda turli etiologiya va patogenezli gepatitlarni davolashda qo‘shimcha terapiya tarkibida qo‘llaniladi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparatga yuqori sezuvchanlik;

- asal va asal saqlovchi mahsulotlarga allergik reaktsiyalarda qo‘llash mumkin emas.


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirlashish holatlari kuzatilmagan. Natolan preparatini serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar (klomipramin kabi), shuningdek triptofan saqlovchi o‘simlik va preparatlar bilan birgalikda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Suvda eruvchan barcha preparatlar bilan o‘zaro mutanosib. Immunomodulyatorlar, viruslarga qarshi preparatlar va antibiotiklar ta'sirini kuchaytiradi. Gormonlar bilan, ularni nofaollashtirganligi tufayli,  birgalikda qo‘llanilmaydi

Dozirovkasi

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga preparat mushak ichiga, sutkada ikki marta 3,0 ml dan yuboriladi.

Bolalarga 3 yoshdan boshlab preparat mushak ichiga sutkada bir marta 1,0 ml dan yuboriladi. 

Davolash kursinng davomiyligi 10 kun (60,0 ml), bolalarga 3 yoshidan boshlab (10,0 ml). 

Eng yuqori bir martalik doza – 3,0 ml, sutkalik doza – 6,0 ml. 

Bolalarga 3 yoshidan boshlab maksimal bir martalik doza – 1,0 ml, sutkalik doza – 1,0 ml.

Jigarning surunkali diffuz kasalliklarida, kasallikning faolligi va fazasidan kelib chiqqan holda, davolash kursi takrorlanishi mumkin (davolovchi shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha


Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralar kuchayadi.
Davolash: simptomatik davolash

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Hayvonlarda o‘tkazilgan izlanishlarda Natolan preparatining teratogen hususiyatlari aniqlanmagan. Natolan preparati tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda, hozirgi kungacha uning homiladorlikning o‘tishiga yoki go‘dakning salomatligiga nojo‘ya ta'siri haqida habar berilmagan. Agar kutilayotgan davolash effekti nojo‘ya ta'sirlar kelib chiqish havfidan ustun bo‘lsa, Natolan preparatini shifokor ko‘rsatmasiga asosan homilador ayollarni davolashda qo‘llash mumkin

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Natolan eritma 3ml N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Natolan eritma 3ml N10 o'xshash dorilari

ODESTON tabletkalari 200mg N50
Retseptsiz
ODESTON tabletkalari 200mg N50
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed S.A.
•119 ta dorixonada bor
Narxi
139 000 so'm dan
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar  300mg N90
Retseptsiz
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N90
Germaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
A.Nattermann end Sie GmbX
Narxi
360 000 so'm dan
5
1 отзывов
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar  300mg N30
Retseptsiz
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30
Germaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
A.Nattermann end Sie GmbX
Narxi
134 500 so'm dan

Natolan eritma 3ml N10 xususiyatlari

Analoglar Natolan eritma 3ml N10
Analoglari yo'q

Natolan eritma 3ml N10 haqida savollar

Natolan eritma 3ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil