Apteka.uz
SavatKirish

Essensiale

Essensiale chiqarilish shakllari

ESSENSIALE FORTE N kapsulalar  300mg N90
Retseptsiz
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N90
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
A.Nattermann end Sie GmbX
•1 ta dorixonada bor
Narxi
360 000 so'm dan
ESSENSIALE N eritma 250mg/5ml 5ml N5
Retseptli
ESSENSIALE N eritma 250mg/5ml 5ml N5
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis Grup, Fransiya proizvedeno: Famar Xels Kea Servisiz Madrid, S.A.U.
•42 ta dorixonada bor
Narxi
172 500 so'm dan
5
1 отзывов
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar  300mg N30
Retseptsiz
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
A.Nattermann end Sie GmbX
•27 ta dorixonada bor
Narxi
139 900 so'm dan
- Essensiale qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Essensialening tarkibi
- Essensiale ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Essensiale narxi Toshkent dorixonalarida

Essensiale qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya,
Ispaniya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — jigarning yog'li degeneratsiyasi (sh.j. qandli diabetda); — o'tkir va surunkali gepatitlar; — jigar tsirrozi; — jigar hujayralari nekrozi; — jigar komasi va prekomasi; — jigarning toksik shikastlanishlari; — homiladorlik toksikozi; — operatsiyadan oldingi va keyingi davolash, ayniqsa gepatobiliar zona sohasidagi operatsiyalarda; — psoriaz; — radiatsion sindrom.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. V/i in’eksiyalar uchun eritmani 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas (uning tarkibiga kiruvchi benzil spirti tufayli).

Tarkibi

  • soya loviyalaridan olingan, 93% (3-sn-fosfatidil) xolin ("essentsial" fosfolipidlar, EPL®) saqlaydigan quritilgan fosfatidilxolin substantsiyasi 250 mg Yordamchi moddalar: benzil spirti (45 mg), dezoksixol kislotasi (115 mg), natriy xlorid (12 mg), natriy gidroksidi (11.5 mg), riboflavin (0.5 mg), ?-tokoferol (0.75 mg), etanol (16.304 mg), in'ektsiya uchun suv (4543.68 mg). soya loviyalaridan olingan, 76% (3-sn-fosfatidil)-xolin (sinonimlar: EPL, essentsial fosfolipidlar) saqlaydigan fosfolipidlar – 300 mg; yordamchi ingredientlar: qattiq yog‘ – 57,000 mg, soya loviyasi moyi – 36,000 mg, gidrogenlangan kanakunjut moyi – 1,600 mg, etanol 96% – 8,100 mg, etilvanilin – 1,500 mg, 4-metoksiatsetofenon – 0,800 mg, alfa-tokoferol – 0,750 mg.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingan fosfolipidlarning 90% dan ortig‘i ingichka ichakda so‘riladi. Ularning katta qismi fosfolipaza A tomonidan 1-atsil-lizofosfatidilxolingacha parchalanadi, uning 50% ichak shilliq qavatida so‘rilish jarayonidayoq darhol ko‘p to‘yinmagan fosfatidilxolingacha qayta asetillanishga uchraydi. Ushbu ko‘p to‘yinmagan fosfatidilxolin limfa oqimi bilan qonga tushadi va u yerdan, asosan, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar bilan bog‘langan holda jigarga kelib tushadi. Odamlarda farmakokinetika tadqiqotlari radioaktiv nishonlangan (3H va 14C) dilinoleilfosfatidilxolin yordamida o‘tkazilgan. Xolin qismi 3H bilan nishonlangan, linolen kislotasi qoldig‘i esa nishon sifatida 14C ga ega bo‘lgan. 3H ning maksimal konsentratsiyasi yuborilgandan so‘ng 6-24 soatdan keyin erishiladi va tayinlangan dozaning 19,9% ini tashkil qiladi. Xolin komponentining yarim chiqarilish davri 66 soatni tashkil qiladi. 14C ning maksimal konsentratsiyasi yuborilgandan so‘ng 4-12 soatdan keyin erishiladi va tayinlangan dozaning 27,9% ini tashkil qiladi. Ushbu komponentning yarim chiqarilish davri 32 soatni tashkil qiladi. Axlatda yuborilgan 3H dozasining 2% va 14C dozasining 4,5% aniqlanadi, siydikda - 3H ning 6% va 14C ning faqat minimal miqdori. Ikkala izotop ham 90% dan ortiq ichakda bog‘lanadi.

Farmakologik ta'siri

Essentsial fosfolipidlar jigar hujayra qobig'i va hujayra organellalari tuzilishidagi asosiy elementlar hisoblanadi. Jigar kasalliklarida doimo jigar hujayralari qobiqlari va ularning organellalari shikastlanishi kuzatiladi, bu ular bilan bog'liq fermentlar va retseptorlar tizimlari faolligining buzilishiga, jigar hujayralari funktsional faolligining yomonlashishiga va regeneratsiya qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Essentsiale® forte N preparati tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar kimyoviy tuzilishi bo'yicha endogen fosfolipidlarga mos keladi, ammo ularda ko'p to'yinmagan (essentsial) yog' kislotalari miqdori yuqoriligi hisobiga faolligi bo'yicha endogen fosfolipidlardan ustun turadi. Ushbu yuqori energiyali molekulalarning gepatotsitlar hujayra membranalarining shikastlangan joylariga joylashishi jigar hujayralarining butunligini tiklaydi, ularning regeneratsiyasiga yordam beradi. Ularning ko'p to'yinmagan yog' kislotalarining sis-qo'sh bog'lari hujayra qobiqlari fosfolipidlarida uglevodorod zanjirlarining parallel joylashishiga to'sqinlik qiladi, gepatotsitlar hujayra qobiqlarining fosfolipid tuzilishi "yumshaydi", bu ularning oquvchanligi va elastikligining oshishini ta'minlaydi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Hosil bo'lgan funktsional bloklar membranalarda fiksatsiyalangan fermentlar faolligini oshiradi va eng muhim metabolik jarayonlarning normal, fiziologik yo'l bilan kechishiga yordam beradi. Essentsiale forte N preparati tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar lipoproteinlar metabolizmini tartibga soladi, neytral yog'lar va xolesterinni oksidlanish joylariga tashiydi, bu asosan yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning xolesterin bilan bog'lanish qobiliyatini oshirish hisobiga sodir bo'ladi. Shu tariqa, lipidlar va oqsillar metabolizmiga; jigarning dezintoksikatsion funktsiyasiga; jigar hujayra tuzilishi va fosfolipidga bog'liq ferment tizimlarini tiklash va saqlashga normallashtiruvchi ta'sir ko'rsatiladi, bu oxir-oqibat jigarda biriktiruvchi to'qima shakllanishiga to'sqinlik qiladi va hujayralarning tabiiy tiklanishiga yordam beradi. Fosfolipidlar safraga ekskretsiya qilinganda litogen indeksning pasayishi va safroning barqarorlashuvi sodir bo'ladi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Essensiale® forte N odatda bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Nojo'ya ta'sirlar tez-tezligini baholash maqsadida quyidagi ta'riflar qo'llaniladi: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100,

Dozirovkasi

  • 250 mg/5 ml 300 mg

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtda preparatning dozasi oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Vena ichiga yuborish uchun eritma tiniq, sariq rangli. Qattiq jelatin shaffof emas kapsulalar №1 jigarrang rangli, ichida sarg'ish-jigarrang moyli pastasimon massani saqlaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatning dorilar bilan o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ESSENSIALE® N

ESSENTIALE® N

 

Preparatning savdo nomi: Essensiale® N.

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fosfolipidlar.

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma.

Tarkibi:

5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: soya dukkakdoshlarining quritilgan substansiyasidan olingan, 93% (3-sn-fosfatidil) xolin saqlovchi fosfatidilxolin, sinonimlari – “essensial fosfolipidlar”, “EPL®”-250 mg.

yordamchi moddalar: 126,50 mg dezoksixolat kislotasi; 13,40 mg natriy gidroksidi;     45,00 mg  benzil spirti; 12,00 mg – natriy xloridi;  0,50 mg  riboflavin, in‘eksiya uchun suv – 5 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq sariq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruxi: gepatoprotektor vosita.

ATX kodi: A05S.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Essensial fosfolipidlar jigarning xujayra qobig‘i va xujayra organellalarining  asosiy struktur elementlaridir. Jigar kasalliklarida hamisha jigar hujayralarining qobig‘i va hujayra organellalarini shikastlanishi o‘rin tutadi, bu ular bilan bog‘liq bo‘lgan fermentlar va reseptorlar tizimi faolligini buzilishiga, jigar hujayralarining funksional faolligini yomonlashishiga va regenerasiya xususiyatini pasayishiga olib keladi.

Essensiale® N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar o‘zining kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen fosfolipidlarga mos keladi, biroq ulardagi ko‘p to‘yinmagan (essensial) yog‘ kislotalarining mikdorini yuqoriligi hisobiga, faolligi bo‘yicha endogen fosfolipidlardan ustundirlar. Bu yuqori energetik molekulalarni gepatositlarning hujayra membranalarini shikastlangan sohalariga tizilib olishi jigar hujayralarining butunligini tiklaydi, ularning regenerasiyasiga yordam beradi. Ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining sis-ikkitalik bog‘lari hujayra qobig‘ining fosfolipidlaridagi uglevodorod zanjirlarini parallel joylashishiga to‘sqinlik qiladi, hujayra qobig‘ining fosfolipid tuzilmasi “yumshab qoladi”, bu ularning oquvchanligi va elastikligini oshishiga olib keladi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Hosil bo‘lgan funksional bloklar membranalarga birikkan fermentlarning faolligini oshiradi va muhim metabolik jarayonlarni normal, fiziologik yo‘l orqali kechishiga yordam beradi.

Essensiale® N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar neytral yog‘lar va xolesterinni oksidlanish jarayonlari kechayotgan joylarga tashib, lipoproteinlar metabolizmini yo‘lga soladi, bu asosan yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlarni xolesterin bilan bog‘lanish xususiyatini oshishi hisobiga yuz beradi.

Shunday qilib, lipidlar va oqsillarning metabolizmiga; jigarning dezintoksikasion faoliyatiga; jigar hujayralariga va fosfolipidlar bilan bog‘liq fermentlar tizimini tiklanishi va saqlanishiga normallashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi; bu oxir-oqibatda jigarda biriktiruvchi to‘qimani shakllanishiga to‘sqinlik qiladi va jigar hujayralarini tabiiy tiklanishiga yordam beradi.

Fosfolipidlarni safroga ekskresiya qilinganida litogen indeksini pasayishi va safroni barqarorlashishi yuz beradi.

Farmakokinetikasi

Fosfatidilxolin yuqori zichlikka ega lipoproteidlar bilan bog‘langan holda jigarga tushadi.

Xolin komponentining yarim chiqarilish davri 66 soatni tashkil qiladi, ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar komponentining yarim chiqarilish davri 32 soatni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Jigarning yog‘li degenerasiyasi (shu jumladan qandli diabetda), o‘tkir va surunkali gepatitlar, jigar sirrozi, jigar hujayralarning nekrozi, jigar komasi va prekoma, jigarni toksik shikastlanishi; homiladorlik toksikozi, operasiya oldi va operasiyadan keyingi davolash, ayniqsa gepatobiliar sohasidagi operasiyalarida, psoriaz, radiasion sindromda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mahalliy reaksiyalarni chaqirish ehtimoli bo‘lgani tufayli mushak ichiga yuborish tavsiya etilmaydi. Shifokorning boshqa tavsiyalari bo‘lmaganida vena ichiga asta-sekin, kuniga 1-2 ampula (5-10 ml) yoki og‘ir holatlarda 2-4 ampuladan (10-20 ml) yuboriladi.

Ikkita ampula ichidagi dori vositasini bir vaqtda yuborish mumkin. Boshqa dori vositalari bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas.

Vena ichiga yuborilayotganda dori vositasini bemor qoni bilan 1:1 nisbatda aralashtirib yuborish tavsiya etiladi.

Preparatni suyultirish zarurati tug‘ilganida, infuzion yuborish uchun faqat 5% va 10% li dekstroza eritmasi ishlatiladi, yuborish vaqtida suyultirilgan eritma tiniq bo‘lishi kerak.

Preparatni elektrolitli eritmalar (izotonik eritma, Ringer eritmasi) bilan suyultirish mumkin emas!

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlarni paydo bo‘lish tez-tezligini baholash maqsadida quyidagi ta‘riflar ishlatiladi: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (> 1/100 – < 1/10); tez-tez emas (≥1/1000, -<1/100); kamdan kam (> 1/10000 – < 1/1000); juda kam (<1/10000), uchrash tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida uchrash tezligini aniqlanishi mumkin emas).

Immun tizimi  tomonidan:

Kamdan kam  hollarda tarkibidagi benzil spirtiga nisbatan yuqori sezuvchanlik kuzatiladi.

Juda kam hollarda – terida allergik toshmalar (toshma, ekzantema yoki toshmalar, eshakemi, qichishish ) kuzatilishщi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning  ingredientlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Preparatni 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Faqat tiniq eritma ishlatilsin!

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda, tarkibida plasentar to‘siqdan o‘tadigan benzil spirti bo‘lgani tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (tarkibida benzil spirti bo‘lgan dori vositalari ta‘sirida tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘limga olib keluvchi hansirash sindromini rivojlanishi kuzatilgan).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

250 mg/5 ml vena ichiga yuborish uchun eritma.

5 ml dan preparat o‘rta qismi siqilgan to‘q shisha ampulalarda.

5 ampuladan PVX kontur o‘ramda.

1 kontur o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

2ºS dan 8ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Essensiale preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Essensiale narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
172 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
172 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
172 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
172 900 so'm
Bron qilish

Essensiale barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Essensiale haqida savollar

Essensiale haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil