LIVSON
LIVSON chiqarilish shakllari

LIVSON haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik bo'lganida qo'llash mumkin emas.
Farmakologik ta'siri
Gepatoprotektor ta'siri preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq. “Essentsial fosfolipidlar” – fosfatid va to'yinmagan yog' kislotalarining (asosan, olein va linolin) diglitseridli efirlaridan iborat murakkab moddalardir. Xujayra membranalari va gepatotsitlar organellalarining membranalarining muhim tarkibiy elementlari hisoblanadi. Fosfolipidlar membranalarni o'tkazuvchanligi, oksidlanish fosforlanishning normal jarayonlarini ta'minlab, membranalar bilan bog'langan fermentlarning faolligini boshqaradi. Preparat gepatotsitlarni turli etiologiyali shikastlanishida fosfolipidlar biosintezi va umumiy lipidlar almashinuvini normallashtiradi. Tarkibiy regeneratsiya va oksidlanish jarayonlarini raqobatli ingibirlash yo'li bilan gepatotsitlarning membranasini tiklaydi: membranalar lipidlari o'rniga to'yinmagan yog' kislotalari toksikogen ta'sirlarni o'ziga qabul qilish qobiliyatiga ega. Jigar xujayralari regeneratsiyasiga yordam beradi, safroning fizik-kimyoviy xususiyatlarini turg'unlashtiradi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatish mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga, ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.
Kichik va o'rta yoshli bolalarga 1 choy qoshiq (5 ml) dan kuniga 2-3 marta yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha buyuriladi. Davolash davomiyligi kasallikning turi, klinik kechishi va bemorning yoshiga bog'liq.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
















