Natriy xlorid

Natriy xlorid qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
Izotonik eritma. Degidratatsiyada organizmdagi suyuqlik tanqisligini to'ldiradi. Natriy va xlor ionlari qon plazmasi va hujayradan tashqari suyuqlikning tegishli osmotik bosimini qo'llab-quvvatlovchi hujayradan tashqari suyuqlikning eng muhim noorganik komponentlari hisoblanadi. Natriy xlorid organizmga ovqat bilan tushadi. Odatda odam sutkada taxminan 10 g (170 mmol) natriy xlorid iste'mol qiladi va bu miqdor organizmdagi elektrolit muvozanatini saqlashga imkon beradi. 0,9% li natriy xlorid eritmasi qon plazmasiga nisbatan izotonik bo'lganligi sababli, tibbiyot amaliyotida keng qo'llaniladi. Izotonik natriy xlorid eritmasi ta'sirlovchi ta'sir ko'rsatmaganligi sababli, uni parenteral yuborish, yaralar va shilliq pardalarni yuvish uchun ishlatish mumkin. Natriy xlorid eritmasi qon plazmasiga nisbatan izotonik bo'lganligi sababli, u tezda qon oqimidan chiqariladi va faqat vaqtincha tomirlardagi suyuqlik hajmini oshiradi, shu munosabat bilan katta qon yo'qotishlar va shokda preparat samaradorligi yuqori emas.
Dozirovkasi
Yuborishdan oldin flakonni vizual ko'zdan kechirish kerak. Eritma shaffof bo'lishi, zarrachalar va cho'kmani saqlamasligi kerak. Flakon butunligi va germetikligi saqlangan taqdirda preparatni foydalanish uchun yaroqli deb hisoblash mumkin. Odatda natriy xlorid izotonik eritmasi vena ichiga tomchilab yuboriladi. Yuborishdan oldin eritma solingan flakon 35-370C gacha isitiladi. Yuboriladigan eritma hajmi bemorning holati, suyuqlik yo'qotilishi, qon plazmasidagi natriy va xlor ionlari miqdoriga bog'liq. Infuziya tezligi individual ravishda tanlanadi. Kichik hajmdagi 0,9% natriy xlorid izotonik eritmasini yuborish zarurati bo'lganda preparatni oqim bilan yuborish mumkin. Katta hajmdagi eritmani yuborishda bemor vazni 70 kg bo'lganda preparat soatiga 500-600 tomchi tezlikda vena ichiga tomchilab yuboriladi. Ko'p miqdordagi suyuqlik yo'qotilganda, zaharlanishlarda sutkasiga 3000 ml gacha natriy xlorid izotonik eritmasini yuborish mumkin. 0,9% natriy xlorid izotonik eritmasini teri ostiga, bo'shliqlarga va to'g'ri ichakka yuborish mumkin. Shuningdek 0,9% natriy xlorid izotonik eritmasi yaralar va shilliq qavatlarni yuvish uchun ishlatiladi.
Natriy xlorid o'xshash dorilari
Natriy xlorid boshqa chiqarish shakllari




Natriy xlorid analoglari







{
"data": {
"id": 64488,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "natriy-khlorid",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "Natriy xlorid",
"brand_name": "Natriy xlorid",
"image": "uploads/iblock/356/35606d3264cea97312a3eeb72a6938e0.webp",
"atx_code": "B05BB01",
"drug_form_id": null,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": {
"id": 14377,
"slug": "dentafill-plyus-chp",
"name": "Dentafill Plyus YaTT"
},
"manufacturer_plain": "CHP «Dentafill Plyus»",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 511,
"slug": "infuzionnye-rastvory",
"name": "Infuzion eritmalar",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 8260,
"slug": "natriya-khlorid",
"name": "Natriy xlorid"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 8194,
"slug": "natriya-khlorid",
"name": "Natriya xlorid"
}
],
"tags": []
}
}











