Ташкент
logo
SavatKirish

Suksinasol

Suksinasol chiqarish shakllari

SUKSINASOL infuziya uchun eritma 250ml
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 250ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
•33 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 400ml
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 400ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 200ml
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 200ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 500ml
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 500ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 100ml
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 100ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
- Suksinasol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Suksinasolning tarkibi
- Suksinasol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Suksinasol narxi Toshkent dorixonalarida

Suksinasol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SUKSINASOL

SUKCINASOLUM

Preparatning savdo nomi: Suksinasol

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Qahrabo kislotasi, natriy xloridi, kaliy xloridi, kalsiy xloridi, magniy xloridi, natriy gidrokarbonati.

Dori shakli: Infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

Qahrabo kislotasi – 2,0 g, natriy xloridi – 6,2 g, kaliy xloridi – 0,3 g, kalsiy xloridi – 0,082 g, magniy xloridi – 0,1 g, natriy gidrokarbonati – 3,0 g, in‘eksiya uchun suv 1 litrgacha.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.

Kod ATX: V05XA

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat bo‘lib, uning ta‘siri tarkibidagi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu komponentlardan eng muhimi qahrabo kislotasidir.

Qahrabo kislotasi Krebs siklining yagona metaboliti bo‘lib, to‘qimalarda kislorodning parsial bosimi pasayganda, NAD – ga bog‘liq substratlarning oksidlanishi to‘xtaganida ham oksidlanish hususiyatiga ega. Qahrabo kislotasining fosforlanish  tezligi NAD – ga bog‘liq substratlarga nisbatan axamiyatli darajada yuqori ekanligini e‘tiborga olib, vaqt birligida qahrabo kislotasining hisobiga ATF ko‘proq sintezlanadi.

Preparat suv – tuz almashinuvida boshqaruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va energiya almashinuvini faollashtiradi, kislota – ishqor holatini faqat qonda to‘lik oksidlanmagan maxsulotlarni passiv neytrallash, hujayralardagi metabolik jarayonlarni me‘yorlashtirish hisobiga xam me‘yorlashtiradi. Turli qon yo‘qotishlarda, shoklarda, jismoniy zo‘riqishlarda mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi. gemodinamik ko‘rsatkichlarni va yurak mushaklari faoliyatini tiklaydi. Siydik haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning ta‘siri yuborilgandan keyin 20-30 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Shoshilinch holatlar: qon ketishlari (operasiya vaqtidagi gipotonik, operasiyadan keyingi, me‘da-ichak, travmatik) va shoklar (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik), qon yo‘qotishlarda (1000 ml gacha) aylanayotgan qon hajmini to‘ldirish, mikrosirkulyasiyani yaxshilash, metabolik asidozni korreksiya qilish va hujayralarda metabolizmni tiklash uchun, shuningdek o‘rtacha va og‘ir darajali temir tanqisligi anemiyasida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Shoshilinch holatlarda: qon ketishlarda (operasiya vaqtidagi gipotonik, me‘da-ichak, operasiyadan keyingi, travmatik), qon yo‘qotishlarida (1000 ml gacha) va shoklarda (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik): 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.

Tayanch-harakat apparatini shikastlanishi va kasalliklari yuzasidan operasiyalardan oldin va keyin: 400 ml dan sutkada bir martda buyuriladi.

Operasiyadan keyingi davrda asidozni bartaraf qilish uchun:200- 400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.

Temir tanqisligi anemiyasida: asosiy davolar fonida 200 ml dan sutkada bir marta yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Doza sezilarli oshirib yuborilganida, kamdan-kam hollarda alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni alkalozda (ayniqsa dekompensasiyalangan), organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin bo‘lmagan barcha hollarda (bosh miya ichki bosimi bilan kechuvchi bosh miya yopiq jarohatida, yurak faoliyatini dekompensasiyasi, o‘pka shishida va shunga o‘xshashlarda) homiladorlik va laktasiya davrida, 18 yoshgacha bo‘lganlarda (bu toifa pasientlarida qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli), shuningdek preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni antibiotiklar, suvda eruvchi vitaminlar va glyukoza eritmasi bilan birga qo‘llash mumkin. Suksinasolni boshqa ishqorlantiruvchi va tuzli eritmalar bilan birga qo‘llash taqiqlanadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni qo‘llash fonida (organizmda aerob jarayonlarning faollashuvi tufayli) qon va siydikda ishqoriy reaksiyani paydo bo‘lishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar taqdim qilinmagan.

 

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan shisha butilkalarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Suksinasol savollari

Suksinasol fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil