Stronner
Stronner chiqarilish shakllari

Stronner haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni quyidagi patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas:
- Anamnezida ushbu preparatning har qanday ingrediyentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlar.
- Aldosteronizm, miopatiya va gipokaliyemiyasi bo‘lgan patsiyentlar (gipokaliyemiya, gipertenziya va boshqalarni zo‘rayishi xavfi tufayli).
- Gipertenziya (qon bosimi yuqori) yoki yurak kasalligi bo‘lgan bemorlar
Tarkibi
Ta’sir etuvchi moddalar (XPN):Comb. drug. (Monoammonium glycyrrhizinate, glycine, L-cysteine hydrochloride)
Farmakodinamikasi
Yallig‘lanishga qarshi samarasi
Allergiyaga qarshi samarasi
Ushbu preparatning allergiyaga qarshi ta’siri quyonlarda Artyus fenomeni va Shvarsman fenomenini ingibirlashi bilan tasdiqlanadi. Kortizon ta’siriga javoban preparat stress reaksiyasini ingibirlash samarasini kuchaytiradi, antigranulyatsion samara va timusning atrofiyasini induksiyalash samarasining antagonisti sifatida ta’sir qiladi, ammo antiekssudativ samaraga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Araxidon kislotasining almashinishi tizimida enzimlarni ingibirlash
Glitsirrizin kislotasi araxidon kislotasining almashinuvi tizimining boshlang‘ich enzimi - fosfolipaza A2 va yallig‘lanishning kimyoviy mediatorlarini ishlab chiqarilishiga javob beruvchi enzim - lipoksigenaza bilan bevosita bog‘lanadi. Glitsirrizin kislotasi ushbu enzimlarning fosforlanish jarayonlarini tanlab ingibirlaydi.
Immunoreaktiv modulyatsiya
In vitro tajribalar tizimida glitsirrizin kislotasining quyidagi ta’sirlari aniqlangan: a) T-xujayralarining faoliyatini boshkarish samarasi;
b) gamma-interferonni induksiyalash samarasi;
v) NK-hujayralarini faollashtirish samarasi;
g) timusdan tashqaridagi T-limfotsitlarning difforensiatsiyalanishini potensiyalash samarasi va boshqalar.
Shikastlangan gepatotsitlarda eksperimental modullangan ingibirlash samarasi
Kalamush gepatotsitlarining birlamchi kulturalarini ishlatish bilan in vitro tajribalar tizimida glitsirrizin kislotasi uglerod tetraxloridi bilan gepatotsitlarning shikastlanishini ingibirlanishiga yordam bergan.
Gepatotsitlarning proliferatsiyasi samarasi
Kalamush gepatotsitlarining birlamchi kulturalarini ishlatish bilan in vitro tajribalar tizimida glitsirrizin kislotasi va glitsirretin kislotasi kalamush gepatotsitlarining birlamchi kulturalarining proliferatsiyasiga yordam bergan.
Virusni ingibirlash yoki faolsizlantirish samarasi
Sichkon gepatiti virusi (MHV) infeksiyasi bilan o‘tkazilgan tajribalarda glitsirrizin kislotasini qabul kilishdan keyin sichqonlarda hayotini uzayishi kuzatilgan. Quyonlarda virus infeksiyalarini ingibirlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda papulalarning yorilishini ingibirlanishi aniqlangan. Shuningdek in vitro tajribalar tizimida gerpes virusi va boshqalarning o‘sishini ingibirlanishi va faolsizlanishi aniqlangan.
Boshqalar
Glitsin va L-sistein gidroxloridi glitsirrizin kislotasining yuqori dozalari uzoq muddat davomida qabul qilinganidan keyin patologik elektrolit moddalar almashinuvi chaqirgan soxta aldosteronizm ko‘rinishlarini ingibirlaydi va bostiradi.
Farmakokinetikasi
Qondagi preparatning konsentratsiyasi
Sog‘lom odamlarga 100 ml preparat (80 mg glitsirrizin kislotasini saqlovchi) vena ichiga yuborilganida, qonda glitsirrizin kislotasining konsentratsiyasi preparat yuborilganidan keyin 10 soat davomida jadal pasaygan, so‘ngra asta-sekin pasaygan. Glitsirrizin kislotasining gidrolizlangan metaboliti - glitsirretin kislotasi yuborilganidan keyin 6 soat o‘tgach aniqlangan, yuborilganidan keyin 24 soat o‘tgach maksimal konsentratsiyaga erishgan va preparat yuborilganidan keyin 48 soat o‘tgach deyarli yo‘q bo‘lgan.
Ekskretsiyasi (siydik bilan chiqarilishi)
Preparatni sog‘lom kattalarga vena ichiga in’eksiyasidan keyin siydikda glitsirrizin kislotasining konsentratsiyasi vaqt o‘tishi bilan pasaygan, bunda preparat yuborilganidan keyin 27 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida glitsirrizin kislotasining yig‘indi hajmi 1,2% ni tashkil qiladi. Glitsirretin kislotasi preparat yuborilganidan keyin 6 soat o‘tgach paydo bo‘lgan va preparat yuborilganidan keyin 22-27 soatlar oralig‘i davrida maksimal darajaga yetgan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparatni homilador ayollarda, qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Ushbu guruh shaxslarga preparatni kutilayotgan terapevtik samarasi, barcha potensial xavflardan yuqori bo‘lgandagina buyurish kerak. Hayvonlarda (kalamushlar) o‘tkazilgan tadqiqotlarda monoammoniy glitsirrizinatining ahamiyatli dozasini buyurishda buyrak nuqsoni kabi simptomlar aniqlangan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Quyidagi preparatlar bilan birga qo‘llashda extiyotkorlik choralaris
|
Dori vositasining nomi |
Klinik simptomlari va zarur chora-tadbirlar |
Ta’sir mexanizmi va xavf omillari |
|
Halqali diuretiklar, etakrin kislotasi, furosemid va b. Tiazid va shunga o‘xshash gipotenziv diuretiklar Trixlorometiazid, trixlorotalidon va b. |
Gipokaliyemiyani (atonik xissiyotlar, mushaklar kuchsizligi) rivojlanishi ehtimoli sababli patsiyentlarni sinchiklab kuzatish (shu jumladan, zardobdagi kaliy mikdorini aniqlash) asosida zarur choralarni ko‘rish kerak. |
Ushbu diuretiklar ushbu preparat saqlovchi glitsirrizin kislotasining kaliyni chiqarish samarasini kuchaytiradi, bu zardobdagi kaliy miqdorini pasayishiga olib keladi. |
|
Moksifloksatsin gidroxloridi |
Qorinchalar taxikardiyasi (shu jumladan, ikki yunalishli taxikardiya) va QT intervalni uzayishi sindromi paydo bo‘lishi mumkin. |
Ushbu preparat saqlovchi glitsirrizin kislotasining kaliyni chiqarish samarasini kuchayishi chaqirgan zardobdagi kaliyning konsentratsiyasini pasayishi fonida, moksifloksatsin gidroxloridining ta’siri qorinchalar taxikardiyasi (shu jumladan, ikki yo‘nalishli taxikardiya) va QT intervalni uzayishi sindromini chaqirishi mumkin. |
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Vena ichiga in’eksiya qilish kattalar uchun odatdagi doza 100 ml kuniga 1 martani tashkil qiladi. Patsiyentning yoshi va simptomlariga qarab preparatning dozasini o‘zgartirish kerak. Surunkali jigar kasalliklarida har kungi doza (100-200 ml) vena ichiga tomchilab yuborish yordamida kuniga 1 marta yuboriladi. Patsiyentning yoshi va simptomlariga qarab preparatning dozasi o‘zgartirilishi mumkin. Dozani oshirish zarurati bo‘lgan xolda, sutkalik doza 200 mldan oshmasligi kerakligini hisobga olish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)





