Ташкент
logo
SavatKirish

Foskardin

Foskardin chiqarish shakllari

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml
Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
•10 ta dorixonada bor
Narxi
167 000 so'm dan
- Foskardin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Foskardinning tarkibi
- Foskardin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Foskardin narxi Toshkent dorixonalarida

Foskardin qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-Preparatga yuqori sezuvchanlik.

-18 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Tarkibi

faol moda:

Kreatin fosfatning natriyli tuzi – 1,0 g 

yordamchi moddalar: 

Sorbitol – 10,0 g

Natriy xloridi – 0,45 g

Natriy gidrofosfat – 0,1 g

In'ektsiya Uchan suv - 50 ml gacha

Farmakodinamikasi

Foskardin - miokard va mushak to'qimasining metabolizmini yaxshilovchi preparatdir. Kimyoviy tuzilishi bo'yicha endogen makroergik fosfokreatinga o'xshash. Ishemiyaga uchragan kardiomiositlar va miositlarning sarkolemmasini destruktsiya jarayoniga to'sqinlik qiladi, hujayra ichiga energiya tashilishini ta'minlaydi. Mikrosirkulyasiyani yaxshilashi hisobiga preparat nekroz va ishemiya sohasining o'lchamlarini kamaytiradi. Ishemiyada va postishemik reperfuziyada antiaritmik samara ko'rsatadi, bu qorinchalarning ektopik faolligini kamayishi va Purkine tolalari hujayralarining fiziologik faoliyatini saqlanishi bilan bog'lik

Farmakokinetikasi

Taqsimlanishi: Vena ichiga bir martalik infuziyada preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi 1-3 minut o'tgach aniqlanadi. Preparatning eng ko'p miqdori skelet mushaklarida, miokardda va miyada to'planadi. Jigar va o'pka to'qimasida preparatni to'planishi juda oz.

Chiqarilishi: tez fazadagi yarim chiqarilish davri 30-35 minutni tashkil etadi; sekin fazadagi yarim chiqarilish davri bir necha soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Bolalar uchun qo'llanilishi

18 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo'llash to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni xavfsizligi va samaradorligi haqida ma'lumot yo'q. Shunga qaramasdan, fosfokreatinni hayvonlarning reproduktiv xarakteristikalari va ona qornida rivojlanishiga toksik ta'sir ko'rsatmasligi ma'lum. Agar ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, preparatni homiladorlik davrida qo'llash mumkin. Emizish davrida preparatni qo'llash zarurati bo'lgan holda emizishni to'xtatish kerak.

Dozirovkasi

O'tkir miokard infarktida:

 birinchi sutkada venaga 2-4 g dan oqim bilan (200-400 ml) dan, keyingi 8-16 g ni (400-800 ml) dan infuziya usuli bilan tomchilab, 2 soat davomida yuboriladi. Ikkinchi sutkada 2-4 g (100-200 ml) dan v/i tomchilab sutkada 2 marta yuboriladi. Zarurati bo'lganida preparatni 2 g (100 ml) dan sutkada 2 marta infuziya kursini 6 kun davomida o'tkazish mumkin.

Surunkali yurak etishmovchiligida:

 10-14 kun davomida 1-2 g dan (50-100 ml) dan sutkada 2 marta v/i tomchilab yuboriladi.

Miokardning intraoperasion ishemiyasida:

 oddiy infuzion eritma tarkibida 1 l dan 3 g gacha (150 ml) miqdorida yuboriladi. Foskardin eritma tarkibiga bevosita ishlatishdan oldin aralashtiriladi. Preparatning infuziya kurslarini 2 g (100 ml) dan operasiyadan oldin 3-5 kun davomida, sutkada 2 marta, shuningdek operasiyadan so'ng 1-2 kun davomida o'tkazish tavsiya etiladi.

Oyoqlarning intraoperasion ishemiyasi rivojlanishi ehtimolida:

operasiyagacha preparatning 2-4 g (100-200 ml) v/i oqim bilan, keyingi operasiya davomida va reperfuziya davrida 8-10 g (400-500 ml) ni infuziya qilish tavsiya etiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Foskardin preparatining dozasini oshirib yuborilishi to'g'risida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni ishemiyaning birinchi belgilari namoyon bo'lgan vaqtdan boshlab maksimal qisqa muddatlarda yuborish lozim.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Majmuaviy davolash tarkibida qo'llanganida, Foskardin antiaritmik, antianginal preparatlar, shuningdek miokardning inotrop faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi preparatlarning samaradorligini oshishiga yordam beradi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

50 ml dan yorug'likdan ximoyalangan shisha butilkalarda (flakonlar).

Farmakoterapevtik guruh

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita

Dori shakli

Infuziya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

Preparatga yuqori sezuvchanlik, arterial gipotenziya (v/i tez yuborilganida).

Qo'llanilishi

Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo'llanadi:

-o'tkir miokard infarkti;

-surunkali yurak etishmovchiligi;

-intraoperasion miokard ishemiyasi;

-qo'l-oyoqlarning intraoperasion ishemiyasi;

-o'tkir insult;

-sport tibbiyotida: jismoniy zo'riqish sindromini rivojlanishini oldini olish va ekstremal jismoniy yuklamalarga moslashishini yaxshilash uchun qo'llaniladi.

Ta'rifi

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish eritma.

Ehtiyot choralari

Preparatni ishemiyaning birinchi belgilari namoyon bo‘lgan vaqtdan boshlab maksimal qisqa muddatlarda yuborish lozim.

Foskardin barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Foskardin savollari

Foskardin fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil