Apteka.uz
SavatKirish

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita

Ishlab chiqaruvchi:TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
ATX kodi: С01ЕВ05
Barcha Foskardin dorilari
10 ta dorixonada bor
Narxi 167 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 10 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml haqida qo'llanma

Tarkibi

faol moda:

Kreatin fosfatning natriyli tuzi – 1,0 g 

yordamchi moddalar: 

Sorbitol – 10,0 g

Natriy xloridi – 0,45 g

Natriy gidrofosfat – 0,1 g

In'ektsiya Uchan suv - 50 ml gacha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

50 ml dan yorug'likdan ximoyalangan shisha butilkalarda (flakonlar).

Farmakodinamikasi

Foskardin - miokard va mushak to'qimasining metabolizmini yaxshilovchi preparatdir. Kimyoviy tuzilishi bo'yicha endogen makroergik fosfokreatinga o'xshash. Ishemiyaga uchragan kardiomiositlar va miositlarning sarkolemmasini destruktsiya jarayoniga to'sqinlik qiladi, hujayra ichiga energiya tashilishini ta'minlaydi. Mikrosirkulyasiyani yaxshilashi hisobiga preparat nekroz va ishemiya sohasining o'lchamlarini kamaytiradi. Ishemiyada va postishemik reperfuziyada antiaritmik samara ko'rsatadi, bu qorinchalarning ektopik faolligini kamayishi va Purkine tolalari hujayralarining fiziologik faoliyatini saqlanishi bilan bog'lik

Farmakokinetikasi

Taqsimlanishi: Vena ichiga bir martalik infuziyada preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi 1-3 minut o'tgach aniqlanadi. Preparatning eng ko'p miqdori skelet mushaklarida, miokardda va miyada to'planadi. Jigar va o'pka to'qimasida preparatni to'planishi juda oz.

Chiqarilishi: tez fazadagi yarim chiqarilish davri 30-35 minutni tashkil etadi; sekin fazadagi yarim chiqarilish davri bir necha soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakoterapevtik guruh

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita

Dori shakli

Infuziya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

Preparatga yuqori sezuvchanlik, arterial gipotenziya (v/i tez yuborilganida).

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatni ishemiyaning birinchi belgilari namoyon bo'lgan vaqtdan boshlab maksimal qisqa muddatlarda yuborish lozim.

Qo'llanilishi

Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo'llanadi:

-o'tkir miokard infarkti;

-surunkali yurak etishmovchiligi;

-intraoperasion miokard ishemiyasi;

-qo'l-oyoqlarning intraoperasion ishemiyasi;

-o'tkir insult;

-sport tibbiyotida: jismoniy zo'riqish sindromini rivojlanishini oldini olish va ekstremal jismoniy yuklamalarga moslashishini yaxshilash uchun qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-Preparatga yuqori sezuvchanlik.

-18 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Majmuaviy davolash tarkibida qo'llanganida, Foskardin antiaritmik, antianginal preparatlar, shuningdek miokardning inotrop faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi preparatlarning samaradorligini oshishiga yordam beradi.

Ta'rifi

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish eritma.

Dozirovkasi

O'tkir miokard infarktida:

 birinchi sutkada venaga 2-4 g dan oqim bilan (200-400 ml) dan, keyingi 8-16 g ni (400-800 ml) dan infuziya usuli bilan tomchilab, 2 soat davomida yuboriladi. Ikkinchi sutkada 2-4 g (100-200 ml) dan v/i tomchilab sutkada 2 marta yuboriladi. Zarurati bo'lganida preparatni 2 g (100 ml) dan sutkada 2 marta infuziya kursini 6 kun davomida o'tkazish mumkin.

Surunkali yurak etishmovchiligida:

 10-14 kun davomida 1-2 g dan (50-100 ml) dan sutkada 2 marta v/i tomchilab yuboriladi.

Miokardning intraoperasion ishemiyasida:

 oddiy infuzion eritma tarkibida 1 l dan 3 g gacha (150 ml) miqdorida yuboriladi. Foskardin eritma tarkibiga bevosita ishlatishdan oldin aralashtiriladi. Preparatning infuziya kurslarini 2 g (100 ml) dan operasiyadan oldin 3-5 kun davomida, sutkada 2 marta, shuningdek operasiyadan so'ng 1-2 kun davomida o'tkazish tavsiya etiladi.

Oyoqlarning intraoperasion ishemiyasi rivojlanishi ehtimolida:

operasiyagacha preparatning 2-4 g (100-200 ml) v/i oqim bilan, keyingi operasiya davomida va reperfuziya davrida 8-10 g (400-500 ml) ni infuziya qilish tavsiya etiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Foskardin preparatining dozasini oshirib yuborilishi to'g'risida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan.

Bolalar uchun qo'llanilishi

18 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo'llash to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni xavfsizligi va samaradorligi haqida ma'lumot yo'q. Shunga qaramasdan, fosfokreatinni hayvonlarning reproduktiv xarakteristikalari va ona qornida rivojlanishiga toksik ta'sir ko'rsatmasligi ma'lum. Agar ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, preparatni homiladorlik davrida qo'llash mumkin. Emizish davrida preparatni qo'llash zarurati bo'lgan holda emizishni to'xtatish kerak.

Ehtiyot choralari

Preparatni ishemiyaning birinchi belgilari namoyon bo‘lgan vaqtdan boshlab maksimal qisqa muddatlarda yuborish lozim.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml o'xshash dorilari

Stronner Нео infuziya uchun eritma 100 ml
Stronner Нео infuziya uchun eritma 100 ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
Narxi
83 687 so'm dan
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N10
Retseptli
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus, OOO
•59 ta dorixonada bor
Narxi
2 200 so'm dan
NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 100ml 4%
Retseptli
NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 100ml 4%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus, OOO
•17 ta dorixonada bor
Narxi
4 100 so'm dan
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 250ml
Retseptli
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 250ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
•34 ta dorixonada bor
Narxi
23 100 so'm dan

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml analoglari

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Marjon Farm Trade №2
Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'ch., 109 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
115 000 so'm
A1
Uchtepa tumani, Chilonzor 12 daha, 18 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
156 000 so'm
Toxir Farm №3
Yunusobod tumani, 4 daha, Axmad Donish ko'ch., 26 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
170 000 so'm
Shafran №16
Uchtepa tumani, Lutfi ko'ch., 24A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
175 000 so'm
Shafran №11
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 3B uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
185 000 so'm
Top-Pharm №14
Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 ko'ch., 8A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
194 400 so'm

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml haqida savollar

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil