Riverton
Riverton chiqarilish shakllari

Riverton haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik;
homiladorlik;
laktatsiya davri;
bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi ta’qiqlanadi.
Buyrak faoliyati buzilishida qo‘llanilishi
Nefrolitiazda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Bolalarda qo‘llanilishi
Bolalarda qo‘llanilishi ta’qiqlanadi.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir etish hususiyati.
Preparat faqat statsionar sharoitlarda qo‘laniladi. Nojo‘ya ta’sir kuzatilganda qo‘llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan
Nefrolitiaz, podagra, giperurikemiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Tarkibi
Faol komponentlar: qaxrabo kislotasi - 5,280 g; N-metilglyukamin (meglyumin) - 8,725 g; riboksin (inozin) - 2,0 g; metionin - 0,75 g; nikotinamid - 0,25 g.
Yordamchi moddalar: natriy xloridi - 6,0 g; kaliy xloridi - 0,30 g; magniy xloridi (suvsiz magniy xloridiga qayta hisoblanganda) - 0,12 g; natriy gidroksidi - 1,788 g; in’eksiya uchun suv - 1,0 l gacha.
Farmakodinamikasi
Riverton - gepatoprotektor ta’sirga ega muvozanatlashtirilgan infuzion eritmadir.
Preparatning ta’siri ostida anaerob jarayonlarni aerob jarayonlarga o‘tishi tezlashadi, gepatotsitlarni energiya bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, makroergik birikmalarni sintezi oshadi, gepatotsitlarning membranalarini lipidlarning perekisli oksidlanishiga chidamliligi oshadi, antioksidant ximoya fermentlarining faolligi tiklanadi. Riverton sitolizni kamaytiradi, bu indikator fermentlar: aspartataminotransferazalar, alaninaminotransferazalarni kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Riverton bilirubin va uning fraksiyalarini kamayishiga yordam beradi, bevosita bilirubinni safroga ekskretsiyasini yaxshilaydi. Gepatotsitlarning ekskretor fermentlari - ishkoriy fosfotaza va gammaglyutamiltranspeptidaza faolligini kamaytiradi, xolesterinni o‘t kislotalariga oksidlanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga sekin tomchilab yuborilganida preparatning tarkibiga kiruvchi tabiiy komponentlari deyarli darhol utilizatsiyalanib, organizm to‘qimalariga tez taqsimlanadi. Metabolizmining mahsulotlari siydik bilan chiqariladi va organizmda to‘planmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar mavjud emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Vena ichiga yuborish uchun boshqa dori vositalari bilan bir flakonda aralashtirish tavsiya etilmaydi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Riverton ni kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq holda, 3-12 kun davomida, 400 ml dan 800 ml gacha dozada, faqat vena ichiga tomchilab yuboriladi. Yuborish tezligi minutiga 40-60 tomchi (2-3 ml).
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












