Riverton rastvor dlya infuziy 200 ml

Gepatoprotektor, metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.
Riverton rastvor dlya infuziy 200 ml o'xshash dorilari



Riverton rastvor dlya infuziy 200 ml qo'llanmasi
Faol komponentlar: qaxrabo kislotasi - 5,280 g; N-metilglyukamin (meglyumin) - 8,725 g; riboksin (inozin) - 2,0 g; metionin - 0,75 g; nikotinamid - 0,25 g.
Yordamchi moddalar: natriy xloridi - 6,0 g; kaliy xloridi - 0,30 g; magniy xloridi (suvsiz magniy xloridiga qayta hisoblanganda) - 0,12 g; natriy gidroksidi - 1,788 g; in’eksiya uchun suv - 1,0 l gacha.
100, 200, 250, 400, 500 ml dan shisha flakonlarda.
Riverton - gepatoprotektor ta’sirga ega muvozanatlashtirilgan infuzion eritmadir.
Preparatning ta’siri ostida anaerob jarayonlarni aerob jarayonlarga o‘tishi tezlashadi, gepatotsitlarni energiya bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, makroergik birikmalarni sintezi oshadi, gepatotsitlarning membranalarini lipidlarning perekisli oksidlanishiga chidamliligi oshadi, antioksidant ximoya fermentlarining faolligi tiklanadi. Riverton sitolizni kamaytiradi, bu indikator fermentlar: aspartataminotransferazalar, alaninaminotransferazalarni kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Riverton bilirubin va uning fraksiyalarini kamayishiga yordam beradi, bevosita bilirubinni safroga ekskretsiyasini yaxshilaydi. Gepatotsitlarning ekskretor fermentlari - ishkoriy fosfotaza va gammaglyutamiltranspeptidaza faolligini kamaytiradi, xolesterinni o‘t kislotalariga oksidlanishiga yordam beradi.
Vena ichiga sekin tomchilab yuborilganida preparatning tarkibiga kiruvchi tabiiy komponentlari deyarli darhol utilizatsiyalanib, organizm to‘qimalariga tez taqsimlanadi. Metabolizmining mahsulotlari siydik bilan chiqariladi va organizmda to‘planmaydi.
Gepatoprotektor, metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.
Infuziya uchun eritma
Eritmani tez yuborishda preparatni bekor qilishni talab qilmaydigan nohush reaksiyalar (turli yaqqollik darajasidagi teri giperemiyasi, issiqlik hissi, tomoqni qichishishi, og‘izni qurishi) paydo bo‘lishi mumkin.
Allergik toshma va teri qichishishi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, ularni antigistamin preparatlarni qo‘llash bilan bartaraf qilish mumkin.
Kam uchraydigan nohxush reaksiyalarga ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishini paydo bo‘lishi kiradi.
Preparat tomonidan organizmdagi aerob jarayonlarni faollashishi sababli, qonda glyukoza konsentratsiyasi kamayishi va siydik kislotasining miqdori oshishi mumkin.
Jigarning o‘tkir yoki surunkali shikastlanishi (toksik, alkogolli, dori gepatiti) natijasida uning faoliyatini buzilishi. Virusli gepatitlarni majmuaviy davolashda (etiotrop davolashga qo‘shimcha) qo‘llanadi.
Preparatning komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik;
homiladorlik;
laktatsiya davri;
bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi ta’qiqlanadi.
Buyrak faoliyati buzilishida qo‘llanilishi
Nefrolitiazda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Bolalarda qo‘llanilishi
Bolalarda qo‘llanilishi ta’qiqlanadi.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir etish hususiyati.
Preparat faqat statsionar sharoitlarda qo‘laniladi. Nojo‘ya ta’sir kuzatilganda qo‘llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan
Nefrolitiaz, podagra, giperurikemiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Vena ichiga yuborish uchun boshqa dori vositalari bilan bir flakonda aralashtirish tavsiya etilmaydi.
Tiniq, rangsiz, o‘ziga xos kuchsiz hidli suyuqlik.
Riverton ni kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq holda, 3-12 kun davomida, 400 ml dan 800 ml gacha dozada, faqat vena ichiga tomchilab yuboriladi. Yuborish tezligi minutiga 40-60 tomchi (2-3 ml).
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar mavjud emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.


