Ташкент
logo
SavatKirish

ENTEROJERMINA sashe 6 mlrd/2g №9

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Italiya
Farmakoterapevtik guruh:

Diareyaga qarshi preparatlar. Diareyaga qarshi mikroorganizmlar.

Vakil:Sanofi
ATX kodi:A07FA
Barcha ENTEROJERMINA dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ENTEROJERMINA sashe 6 mlrd/2g №9 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Saqlash shartlari

Ushbu dori maxsus saqlash sharoitlarini talab qilmaydi.
Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.

Sotish shartlari

Retseptsiz beriladi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 2 g bitta sashe quyidagilarni saqlaydi: Taʼsir etuvchi moddalar: har bir sashe poliantibiotiklarga chidamli Bacillus clausii ning 6 milliard sporalarini saqlaydi;

Yordamchi moddalar: sorbitol (E420) 2.28 mg, mikrokristalin tsellyuloza, ksilitol, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, apelsin xushbo'ylashtiruvchisi (tarkibida tabiiy xushbo'ylashtiruvchilar, maltodekstrin, akatsiya saqichi (E414), sorbitol (E420), butillangan gidroksianizol (E320) mavjud).

Chiqarish shakli

Polietilen/alyuminiy/polietilen paketchalar.
9, 12, 18 yoki 24 paketchadan iborat quti.

Farmakodinamikasi

Enterojermina – ichakda normal holatda mavjud boʼlgan va patogen boʼlmagan Bacillus clausii sporalarining 4 shtammlari (SIN, O/C, T, N/R) suspenziyasidan tashkil topgan preparat boʼlib hisoblanadi.Peroral yuborilganda Bacillus clausii ning kimyoviy va fizik agentlarga chidamliligi ularga meʼdaning kislotali toʼsigʼini yengib oʼtish va shikastlanishsiz ichak yoʼllariga erishish imkonini beradi. Bu yerda ular metabolik faol vegetativ xujayralarga aylanadi.Oʼzining tabiati tufayli sporalar qizdirish va meʼda kislotalarining taʼsiriga chidamlilikka ega. In vitro sharoitda tekshirilgan Bacillus clausii sporalari ragʼbatlantirilgan meʼda muhitida (pH 1,4-1,5) muhitida tirik qolgan (yashab qolish 96 %). Ichak muhitini imitatsiya qiluvchi modelda (safro va pankreatinning tuzli eritmasi - pH 8) Bacillus clausii sporalari inkubatsiyadan keyin 240 minutdan boshlab statistik ahamiyatli ravishda birlamchi miqdorga (109 dan 1012 gachaKHB – koloniya hosil qiluvchi birlik) nisbatan koʼpayishda davom etgan.
20 nafar tekshiriluvchilarda oʼtkazilgan tadqiqotda Bacillus clausii sporalari bir marta qabul qilingandan keyin 12 kungacha odam ichagida saqlanadi va axlatda aniqlanishi mumkinligi kuzatilan.
Enterojermina preparatini qabul qilish antibiotikoterapiyadan keyin yuzaga keluvchi va diareya, qorinda ogʼriq va ichakda xavo miqdorini oshishi kabi meʼda-ichak simptomlari bilan bogʼliq boʼlishi mumkin boʼlgan disbakterioz, shuningdek disbioz sifatida maʼlum boʼlgan mikrob florasini oʼzgarishini tiklanishiga yordam beradi. 
Аntibiotiklar bilan davolash vaqtida va davolangandan keyin 7-10 kun oʼtgach qoʼllanilganda Enterojermina preparati antibiotiklar bilan davolash bilan bogʼliq qorinda ogʼriq va diareya tez-tezligini pasaytirishi namoyish qilingan. Quyida keltirilgan ikkita asosiy mexanizmlar ichakning bakterial florasini tiklanishida Bacillus clausii ning taʼsiriga yordam beradi.
Patogen bakteriyalar oʼsishini susaytirish
Qoʼllash taxmin qilingan B. Clausii ning uchta taʼsir mexanizmi quyidagilar:
-    Erkin ekologik boʼshliqlar kolonizatsiyasi, ular boshqa mikroorganizmlarni oʼsishi uchun mavjud boʼlmaydi;
-    Epitelial xujayralarga adgeziya uchun raqobat, bu ayniqsa tarqalishning erta va oraliq bosqichlarida sporalar uchun dolzarb;
-    Va ichak muhitida antibiotiklar va/yoki fermentlarni ishlab chiqarilishi.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda Bacillus clausii sporalari Staphylococcus aureus, Clostridium difficile va Enterococcus faecium grammusbat bakteriyalarga qarshi antagonistik faollikka ega klauzin kabi bakteriotsin va antibiotiklar ishlab chiqarishi namoyish qilingan.
Immunomodulyatsiya qiluvchi faollik
In vitro va in vivo sharoitdagi sichqon modellarida Bacillus clausii sporalarini peroral qabul qilish interferon gammani ishlab chiqarilishini ragʼbatlantirishini va TCD4+ limfotsitlar proliferatsiyasini oshirishini namoyish qilgan.
Bundan tashqari, Bacillus clausii V guruhining turli vitaminlarini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega, bu ichak bakterial florasining disbalansi chaqirgan organizmda vitaminlar tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi.
Аntibiotiklarga sunʼiy chaqirilgan geterologik chidamlilikning yuqori darajasi ham antibiotiklarning, ayniqsa keng taʼsir doirasiga ega antibiotiklarning tanlab taʼsiridan keyin ichakning mikrob florasini oʼzgarishini oldini olish uchun yoki florani tiklash uchun terapevtik sharoitlar yaratadi.
Аntibiotikorezistentlik tufayli, Enterojermina preparati antibiotiklarning ikkita ketma-ket dozalari oʼrtasida buyurilishi mumkin.
Аntibiotikorezistentlikka quyidagilar kiradi: penitsillinlar, agar ular beta-laktamazalar ingibitorlari bilan birga qoʼllanilmasa, sefalosporinlar (koʼpgina holatlarda qisman chidamlilik), tetratsiklinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar (gentamitsin va amikatsindan tashqari), xloramfenikol, tiamfenikol, linkomitsin, klindamitsin, izoniazid, sikloserin, novobiotsin, rifampitsin, nalidikson kislotasi va pipemid kislotasi (oraliq chidamlilik) va metronidazol.

Farmakokinetikasi

Enterojermina preparati Bacillus clausii sporalarining 4 shtammlarini saqlaydi, ular soʼrilmaydi, bevosita ichakda taʼsir koʼrsatadi.

Farmakoterapevtik guruh

Diareyaga qarshi preparatlar. Diareyaga qarshi mikroorganizmlar.

Dori shakli

peroral qabul qilish uchun kukun sashelarda.

Nojo'ya samaralari

Ushbu preparat bilan davolash vaqtida quyidagi noxush samaralar kuzatilgan, ular MedDRA tasnifiga muvofiq aʼzolar tizimi va quyidagi tez-tezlik koʼrsatkichlariga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (1/10); tez-tez (1/100,<1/10); tez-tez emas (1/1.000,<1/100); kam xollarda (1/10.000,<1/1.000); juda kam xollarda (<1/10.000); Nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida tez-tezlikni baholab boʼlmaydi). Bakteriemiya, septitsemiya va sepsis (immuniteti susaygan yoki kasallikning ogʼir shakli boʼlgan patsientlarda).Oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan toshma, eshakemi va angionevrotik shish.
Taxmin qilingan nojoʼya reaktsiyalar haqida xabar berish:Tibbiyot hodimlaridan quyidagi manzil boʼyicha hisobotning milliy tizimi orqali har qanday gumon qilgan nojoʼya reaktsiyalar haqida xabar berish soʼraladi:https://www.aifa.gov.it/content/segnalazioni-reazioni-avverse

Maxsus saqlash sharoitlari

Аntibiotikoterapiya vaqtida antibiotikning bitta va keyingi dozasini qabul qilish oʼrtasida buyurish tavsiya etiladi.

Аvtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaktsiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati:

Enterojermina preparati avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir koʼrsatmaydi.

Qo'llanilishi

- Ichak disbakteriozi va keyinchalik endogen avitaminozni davolash va oldini olish.
- antibiotiklar yoki ximioterapiya vaqtida oʼzgargan ichakning mikrob florasini tiklash uchun adʼyuvant davolashda qoʼllanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlikda qoʼllash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Oʼzaro taʼsirlar boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazilmagan.

Dozirovkasi

Dozalash:
Kattalar: kuniga 1 paketcha. 
Qoʼllash usuli
Kukunni bevosita ogʼizda soʼlak bilan eritish mumkin va suv yoki boshqa suyuqlik bilan qabul qilish talab etilmaydi.
Ushbu dori vositasi faqat peroral qoʼllash uchun moʼljallangan.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik davri:

Homiladorlik vaqtida Enterojermina preparati faqat, agar ona uchun potentsial foyda potentsial xavfdan, shu jumladan homila uchun xavfdan yuqori boʼlsagina qoʼllash mumkin.

Emizish davri:

Enterojermina preparati emizish davrida faqat, agar ona uchun potentsial foyda potentsial xavfdan, shu jumladan emizikli bola uchun xavfdan yuqori boʼlgan holatlardagina qoʼllanishi kerak.

Fertillik:

Odam fertilligiga Enterojermina preparatining taʼsiri haqida maʼlumotlar mavjud emas.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmang.

ENTEROJERMINA sashe 6 mlrd/2g №9 boshqa chiqarish shakllari

ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
Retseptsiz
ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi S.p.A.
•121 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
ENTEROJERMINA kapsulalar  2mlrd N12
Retseptsiz
ENTEROJERMINA kapsulalar 2mlrd N12
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis S.p.A., Italiya proizvedeno: Sanofi S.p.A.
Narxi
40 000 so'm dan

ENTEROJERMINA sashe 6 mlrd/2g №9 savollari

ENTEROJERMINA sashe 6 mlrd/2g №9 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil